Papaning Iroq safari hamda Ibrohimiy dini degan bid’at

487
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Papaning Iroq safari hamda Ibrohimiy dini degan bid’at

Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotda Rim papasining Iroqqa kelishi xususida so‘z yuritilib, quyidagi savollar o‘rtaga tashlandi:

«Papa qanday missiya etkazmoqchi, u nimaga da’vat qilyapti? Buning salbiy oqibatlari qanday?».

Bu savollarga javob sifatida bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:

«Ibrohimiy dini, deyilayotgan bu da’vat, aslida, qarama-qarshiliklarga to‘ladir. Axir, qanday qilib nasroniy shaxs yahudiy shaxs bilan kelishishi mumkin. Vaholanki, nasroniyning e’tiqodi bo‘yicha yahudiylar ularning payg‘ambarini o‘ldirib, xochga osishgan bo‘lsa?! Ular bir-birlarini yolg‘onchiga chiqarishsa?! Musulmon kishi Iso alayhissalomni inson hamda Alloh Subhanahuning boshqa payg‘ambarlari kabi bir payg‘ambari, degan e’tiqodda bo‘lsa-yu, Isoni Alloh yoki Allohning o‘g‘li deydigan yoxud uchlikka e’tiqod qiladigan bu kimsalar bilan qanday qilib kelishishi mumkin?! Qanday qilib musulmon Ibrohim alayhissalomni yahudiy va nasroniy dinlariga manba qilishi mumkin, axir, bu Ibrohim alayhissalomga nisbatan haqorat-ku?! Alloh Subhanahu va Taolo bunday marhamat qiladi:

مَا كَانَ إِبْرَاهِيمُ يَهُودِيًّا وَلاَ نَصْرَانِيًّا وَلَكِنْ كَانَ حَنِيفًا مُسْلِمًا وَمَا كَانَ مِنَ الْمُشْرِكِينَ

«Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham emas, balki haq yo‘ldan toymagan holida (Allohga) itoat qiluvchi kishi bo‘lgan va mushriklardan ham bo‘lmagan» [Oli Imron 67]

Matbuot bayonotida yana quyidagilar ta’kidlandi:

«Papaning da’vati AQSh boshchiligidagi kofir G‘arbning Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan quturgan hujumlari sirasiga kiradi. Uning ayni hujumlari saqofiy va mafkuraviy tus olgan bo‘lib, bu yo‘lda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanilmoqda. Papa da’vatidan Islomni buzib, hayotga aralashmaydigan ruhoniylik diniga aylantirish ko‘zlangan. Bunga bizning aytar so‘zimiz, hayotning barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi shariat faqat yagona Islom dinidadir. Ammo papaning chaqirig‘i bularning barchasini o‘chirib, xuddi yahudiy va nasroniylarning dini ibodatxonalarga cheklangani kabi, Islomni ham masjid va namozxonalar ichiga cheklab, o‘sha erlarga qamashga qaratilgan.

Uning safaridan Iroqdagi abgor hukumatga – xususan, uning aybi ochilib, badbo‘y korruptsiyasidan burunlar jirkanayotgan bir paytda – qonuniylik tusini berish ko‘zlangan bo‘lib, xalq boshiga qatli om va ocharchilik kabi turli halokatlarni yog‘dirayotgan o‘lim talvasasidagi hukumatga jon kiritmoqchi bo‘lyapti. Mana, papa kelib, hukumat olib kelgan shuncha axlatlarni muborakbod etyapti hamda uni yo‘lini to‘g‘rilab olish va vaziyatni isloh etishga chaqiryapti!».

Bayonot quyidagi so‘zlar bilan tamomlandi:

«Kofirlar Xalifalikni va musulmonlar hokimiyatini yiqitish bilan kifoyalanishgani yo‘q. Mana, bugun musulmonlarni aqidalaridan sug‘urib olish va Islomning mustahkam asoslaridan voz kechtirishga harakat qilishmoqda. Papaning bizga Ibrohimiy dini nomidan tiqishtirayotgan va shu din ostida yashashga chaqirayotgan bu da’vati musulmonlarni adashtirish va ularni Islom asoslaridan burishdan boshqa narsa emas. Bas, shunday bo‘lgach, Allohning chaqirig‘ini qabul qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash bilan hokimiyatingizni qaytarib oling. Zero, Xalifalik soyasida musulmon ham, g‘ayrimusulmon ham baxtli hayot kechiradi hamda jonlari, mollari va nomuslari xavfsizligi ta’minlanadi».

Roya gazetasining 2021 yil 17 mart chorshanba kungi 330-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.