Saudiya Arabistoni o‘z dasturidan mustamlakachi kofirni g‘azablantiruvchi narsani olib tashlamoqda, bu xoinlik va malaylik samarasidir

331
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Saudiya Arabistoni o‘z dasturidan mustamlakachi kofirni g‘azablantiruvchi narsani olib tashlamoqda, bu xoinlik va malaylik samarasidir

«Hurra» veb-saytida (hijriy 1442 yil 17 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 30 yanvar shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Vashington Post gazetasidagi bir maqolada aytilishicha, Saudiya rejimi maktab darsliklaridan nojo‘ya (ya’ni, o‘zi nafratlanadigan) materiallarni birma-bir, ohista ravishda olib tashlamoqda.

Maqolaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni gomoseksualistlarga o‘lim jazosini qo‘llashni hamda shahid bo‘lishni maqtovchi va uni Islomning oliy cho‘qqisi, deb hisoblovchi mavzularni ham olib tashlagan.

Olib tashlangan matnlarga o‘ninchi sinf o‘quvchilariga o‘rgatiladigan Muhammad payg‘ambarning «To musulmonlar yahudiylarga qarshi jang qilmagunlaricha va ularni o‘ldirmagunlaricha qiyomat qoim bo‘lmaydi», degan so‘zi ham kiradi.

Maqolada, masalan, bir yahudiy bolakayning Islomni qabul qilgani sababli do‘zaxdan qutulib qolgani to‘g‘risidagi hali o‘chirilmagan mavzularga oid xavotirlar hamon mavjud ekanligi aytilgan.

Shuningdek, maqolada Vashingtondagi Xalqaro masalalar bo‘yicha tuhmatga qarshi kurash assotsiatsiyasi raisi Devid Uaynbergning «xristianlar, yahudiylar va shia musulmonlarini iblis qilib tasvirlangan materiallar ham olib tashlandi yoki ba’zi keskin-qattiq aytilgan joylari yumshatildi», degan so‘zi iqtibos sifatida keltirildi. Shuningdek, Uaynberg «Endi bu kitoblarda gomoseksualistlar, murtadlar, sehrgarlar va zinokorlarning qatl qilinishi kerakligi aytilmaydigan bo‘lgani»ni qo‘shimcha qildi. U «hali ham Isroil va sionizm bilan dushmanlikka katta ahamiyat berilayotganini hamda maktab darsliklari xaritalarida Isroil davlati ko‘rsatilmagani»ni ta’kidladi.

O‘z navbatida, «Maktab ta’limida tinchlik va madaniy bag‘rikenglikni monitoring qilish instituti» ham dekabrda Saudiyaning maktab darsliklaridan boshqa dinlarga nisbatan nafratni targ‘ib qiluvchi matnlarni birinchi marta bekor qilganini ma’lum qildi.

Institut ta’kidlaganidek, bekor qilingan mavzular orasida sionizm xavfi sarlavhali bo‘lim ham, Muhammad payg‘ambarning oxirgi zamon bo‘lganda barcha yahudiylar qirib tashlanishi haqidagi gapi ham bor».

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.