Musulmonlarning jonsiz tanalarini yoqishni to‘xtating

297
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limining ayollar qanoti kampaniya boshladi!

Musulmonlarning jonsiz tanalarini yoqishni to‘xtating

StopMuslimCremation

MüslümanCenazeleriYakmayaSon

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti (hijriy 1442 yil 10 jumodulavval, milodiy 2020 yil 25 dekabr juma kuni) kampaniya boshladi. Ushbu kampaniyadan maqsad, Shri-Lankada musulmonlar duch kelayotgan jiddiy zulm va qonunbuzarliklarga dunyo jamoatchiligi e’tiborini tortish hamda Shri-Lankadan «Kovid-19» qurboni bo‘lgan musulmonlarning jasadlarini majburiy yoqish kabi sharmandali siyosatni bas qilishni hukumatdan talab qilishdir. Gap shundaki, Shri-Lanka joriy yilning aprelidan beri koronavirusga chalinib vafot etgan o‘nlab musulmonlar jasadini yoqib yuborish bilan musulmonlarning islomiy aqidalarini qo‘pol ravishda buzib kelmoqda.

Bu mamlakatda millatchi ekstremistik butparastlik keng avj olgani sababli u erdagi musulmonlar ayirmachilik, olabo‘ji qilib ko‘rsatish va zo‘ravonliklarga duch kelmoqdalar. Taxmin qilingani kabi, musulmon yurtlaridagi zolim rejimlar Shri-Lanka musulmonlaridan voz kechib, ularga yordam berishdan ko‘z yumishmoqda. Ammo biz Islom Ummati Shri-Lankadagi musulmon aka-ukalarimiz va muslima opa-singillarimizdan hargiz qoz kechmaymiz. Alloh Subhanahu va Taolo bunday dedi:

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Agar ular din yo‘lida sizdan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat-yordam berish zimmangizdadir» [Anfol 72]

Ushbu kampaniyani quyidagi elektron manzillar orqali kuzatib borishingiz mumkin:

http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/72352
https://www.facebook.com/WomenandShariaAR/

Roya gazetasining 2020 yil 30 dekabr chorshanba kungi 319-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.