Avstriyada “Siyosiy Islom” ta’qib ostiga olindi

394
0

Avstriyada “Siyosiy Islom” ta’qib ostiga olindi

Demokratiyani da’vo qiluvchi Avstriya davlatida siyosiy Islom ta’qib ostiga olinadigan bo‘ldi. Bu haqida bosh vazir Sebastian Kurz ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, siyosiy Islomning terrorizmga aloqasi bo‘lmasa-da, unga zamin tayyorlashi mumkin.

“Siyosiy islomga nisbatan jinoiy unsurni tashkil etuvchi masalalar aniqlanadi va terrorizmga bevosita aloqasi bo‘lmagan, ammo terrorizmning gullab yashnashi uchun zamin tayyorlayotgan shaxslarga yoki guruhlarga qarshi turli sanktsiyalar qo‘llaniladi”, dedi Sebastian Kurz.

Shuningdek, u masjidlarni yopish, imomlarni ro‘yxatga olish, islomiy ramzlar va uyushmalarga ta’qiq qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirish uchun yangi vositalar ishlab chiqilishi haqida ham aytib o‘tdi.

Sebastyan Kurz Avstriya hayot tarzini, asosiy qadriyatlarni va demokratiyani rad etgan kishilarni ekstremistlar deya sifatlar ekan, “Biz jinoyatchilarni, ularning tarafdorlarini va hamfikrlarini qidirib topamiz, ularni tutib javobgarlikka tortamiz”,  dedi.

Kurzning milliy assambleya yig‘ilishida so‘zlagan ushbu; «Zo‘ravonlikka, shuningdek zehniyat jinoyatchilariga va uning ortida turgan mafkuraga qarshi kurashish juda muhimdir. Avstriya zaminida respublikamizdan nafratlanuvchi va konstitutsiyamizga qarshi faol ish olib boruvchi tashkilotlar va parallel jamiyatlarning ish yuritishiga yo‘l qo‘ymaymiz. “Siyosiy Islom hujjatlari markazi”dan tashqari, Federal Konstitutsiyani himoya qilish idorasi va terrorizmga qarshi kurash departamenti ham ekstremistik tashkilotlarni aniqlashda va xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlikda ushbu uyushmalarga barham berishda muhim rol o‘ynaydi”, degan nutqidan so‘ng  900dan ortiq politsiyachilar to‘rt shtatda musulmonlarga qarashli 60dan ortiq uylar, korxonalar va idoralarda tintuv o‘tkazdi.

Izoh: G‘arb davlatlari bugungi kunda Islomiy o‘lkalardagi siyosiy uyg‘onishdan xavotirga tushib qolgani sir emas. Chunki siyosiy uyg‘onish musulmonlarni bitta Xalifa bayrog‘i ostida birlashga etaklaydi. Shuning uchun kufr tunu-kun tinim bilmay bu uyg‘onishning oldini olish uchun harakat olib boryapti.

Joriy yilning yoz oylarida Frantsiya senatidagi kengash ham «Frantsiyada siyosiy Islom tarqalishiga aloqador tashvish» nomli hisobot taqdim etgan edi. Hisobotda siyosiy Islomning «Xalifalikni qayta barpo etish»ga harakat qilayotgani haqida ta’kidlangan va «Bugun harakat qilmasak, ertaga kech bo‘ladi» deyilgan edi.

G‘arb Islomni butunlay yo‘q kila olmasligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun turli uslublar bilan uning siyosiy ???tabiatini yo‘q qilishga urinishlarini kuchaytirib boryapti. Islomning siyosiy yo‘nalishiga barham berish hamda uning boshqaruvga qaytishiga va qayta tatbiq qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Islomga va uning siyosiy harakatlariga tinmay hujum qilyapti. Maqsadlari siyosiy Islomni butunlay maydondan siqib chiqarishdir. Bu borada qanchalik muvaffaqiyatga erishsa, Musulmonlar ustidan hukmron bo‘lish muddati shunchalik uzayib boraveradi. Chunki siyosiy tabiyatidan ajratilgan Islomning yahudiylik va nasroniylik kabi hayot nizomiga ega bo‘lmagan ruhiy dindan farqi qolmaydi. Shuning uchun ham G‘arb mana shunday Islomni musulmonlarga singdirishga harakat qilib kelmoqda. Bunga rozi bo‘lmay, siyosiy Islomga intilgan musulmonlar esa darhol ???ekstremist yo terroristga chiqarilyapti. Achinarli jihati shundaki, Islomiy yurtlardagi musulmon sanalgan matbuot vakillari, yozuvchilar hamda diniy muassasalar vakillari ham, bu ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Ammo G‘arb bu urinishlarida kech qolganini o‘zi ham his qila boshladi. Uning bu harakatlarini o‘lim to‘shagida yotgan qariyaning tinchlantiruvchi dori iste’mol qilishiga o‘xshatish mumkin. G‘arb istasa ham, istamasa ham Alloh Taoloning

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ

 “Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi”.

degan  va’dasi va Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning

«…ثُمَّ تَكُوْنُ خِلَاْفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«…So‘ngra Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi», degan bashorati albatta ro‘yobga chiqadi. Bunga shubha yo‘q. Bu va’da va bashoratning kundan kunga yaqinlashib kelayotganini voqelikning o‘zi isbotlab turibdi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.