Qirg‘izistonliklarning maoshini Rossiya “to‘lab beradi”

256
0

Qirg‘izistonliklarning maoshini Rossiya “to‘lab beradi”

Rossiya Qirg‘izistonga “beg‘araz” maqsadda 20 million dollar ajratishga qaror qildi. Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ Qirg‘iziston byudjetidagi moliyaviy taqchillikni kamaytirish, davlat xodimlarining maoshlari, pensiyalar va kam ta’minlangan oilalar uchun nafaqalarni to‘lash hamda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya ajratadigan mablag‘ 30 dekabrgacha kelib tushadi. Qirg‘iziston ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni 2021 yilning 15 martigacha Rossiyaga taqdim etishi zarur.

 Izoh: 17-dekabr kun Jogorku Kenesh yig‘ilishida Ijtimoiy fondning 2020-yildagi faoliyati va 2021-yilga mo‘ljallangan prognozlari to‘g‘risidagi hisoboti taqdim etildi. Mazkur yig‘ilishda Fond rahbarining o‘rinbosari Gulnura Jumataeva byudjet taqchilligi tufayli ijtimoiy to‘lovlar 2,7 milliard somga kam bo‘lganini, bu o‘z navbatida pensiyalarni to‘lash kechktirilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Ammo, keyinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchi Atryom Novikov hukumat barcha ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida ado etishini ma’lum qildi.

 Ma’lumki, Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan navbatdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng rasmiy Kreml “Qirg‘izistonda hukumat degan narsaning o‘zi yo‘qligi va u erda inqiroz hukm surayotgani”ni  sabab qilib keltirib, moliyaviy yordam ko‘rsatishni noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ygandi. Bu yordamni qayta tiklash uchun prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Moskvaga ketma-ket o‘z maslahatchilarini jo‘nata boshladi. Ammo rasmiy Moskva bu “elchilarga” sovuq munosabatda bo‘ldi, bu “rasmiylarni” hech kim kutib ham olmadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tkach Sadir Japarov Putindan telefon orqali muloqot qilishni iltimos qildi. Ushbu muloqot ortidan Rossiya Qirg‘izistonga moliyaviy yordam berilishini qayta tiklashga rozi bo‘ldi. Moliyaviy yordamni qayta tiklanishida Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov “sababchi” bo‘lgani uchun unga bosh vazirlik  vazifasini bajarish topshirildi.

 Afsuski, qirg‘iz hukumati byudjetdagi taqchillik sababli hatto qariyalar pensiyasi va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga qodir bo‘lmay boshqa davlatlar sadaqasiga ko‘z tikib turgan bo‘lishiga qaramay, kufr bayrami “yangi yilni” nishonlashga byudjetdan millionlab som sarflayapti. Prezident saylovi va referendumni o‘tkazish ham millionlab mablag‘ talab qilish aniq. Rossiya ko‘rsatayotgan yordam garchi “beg‘araz” deb atalayotgan bo‘lsada, buning ortida ma’lum talablar qo‘yilishi tabiiy. Qantdagi rus aviabazasining uchish-qo‘nish maydoni Rossiya mulkiga o‘tkazib berilgani kabi Rossiya kompaniyalari tadqiqot olib borgan, biroq, xalq noroziligi sababli vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan Qizil-Ompolda uran qazib olish ishlarini qayta tiklash shartini qo‘yishi ehtimoldan uzoq emas. Hech bo‘lmaganda, qirg‘iz hukumatining – “egan og‘iz uyaladi” deganlaridek – kelajakda Rossiya qo‘yadigan barcha talablarga rozi bo‘lishdan boshqa chorasi qolmaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.