Da’vat yukini ko‘tarishda elkadosh bo‘lgan birodarimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar

308
0

Da’vat yukini ko‘tarishda elkadosh bo‘lgan birodarimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar

 Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi da’vat yukini ko‘tarishda elkadosh bo‘lgan birodarimiz Shodiev Dilshodbek vafot etganini chuqur qayg‘u bilan xabar qiladi.

 3 farzandning otasi birodarimiz Shodiev Dilshodbek 1972-yil O‘sh viloyati Bozor-Qo‘rg‘on tumani Arslonbob qishlog‘ida tavallud topgandi. Oliy ma’lumotli, bir necha yillar davomida maktabda matematika va fizikadan dars berib keldi. 2001-yildan buyon Hizb safida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo‘lida faol harakat olib bordi. Birodarimiz da’vat yukinini ko‘tarishda malomatchining malomati, zolimning zulmiga zarracha parvo qilmadi. Ammo har bir ish uchun ajal (muddat) belgilagan Allohning qazosi bilan bugungi kunda insoniyat uchun musibat bo‘lgan koronavirus illati safimizdan yana bir faol, Islom Ummati qayg‘usi bilan yonib yashagan birodarimizni olib ketdi.

 Shu qayg‘u-musibat munosabati bilan birodarimizning oila a’zolariga, yaqinlariga ta’ziya izhor qilamiz, ularga Allohdan sabr, ajr tilaymiz.

 Har narsadan oliy va har ishga qodir Allohdan birodarimizga O‘zining keng jannatidan joy ato etib anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qilishini so‘raymiz. Ularga sherik bo‘lish qanday ham yaxshi. Bizlar Alloh Subhanahu rozi bo‘lgan so‘znigina aytamiz: 

إنا لله وإنا إليه راجعون

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz”

 Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.