MUBORAK OYNI G’ANIMAT BILING

345
0

00

بسم الله الرحمن الرحيم

Sizlarni toatlar oyi, Qur’on oyi, musulmonlar uchun nusrat-g’alabalar oyi bo’lmish muborak Ramazon oyi bilan tabriklaymiz va eslatamiz:

Bu muborak oy shunday davrda kelyapdiki, Ummat har joyda o’z diniga iymon keltirishi, uni mahkam ushlovchi Ummat ekanini e’lon qilayotgan davrda kirib kelmoqda, hatto Tunisdan boshlab, Misr, Liviya, Yaman va Suriya xatto Indoneziyagacha o’z diniga imon keltirishi, uni mahkam ushlovchi Ummat ekani hammaga e’lon bo’ldi. Chunki «Allohu Akbar» nidosi hamma joyda yangramoqda, har bir shahidning jon taslim qilish onida tilidan shahodat kalimasi aytilmoqda, Alloh Taoloni kalimasini oliy qilish uchun yuz minglagan da’vatchilar qamoqlarda har qanday vaxshiyliklarga qaramasdan o’z qastlaridan qaytishmayapdi, bir necha joylarda Xalifalikka bo’lgan nidolar yangrayapdi, u Iordaniya, Suriya, Livan va Yamanda qo’zg’olonchilar og’zidan jarangmoqda, shayx Zindoniy o’zgartirish maydonida «men sizga shu xushxabarni aytamanki, Xalifalik albatta, qaytadi, uning zamoni o’z soyasini yoymoqda, uning vaqti keldi», degan paytda yuz minglab ovozlardan «Allohu Akbar» kalomi yangradi, Hamsda ham namoyishlarning birida «biz Suriyani Xalifalik davlati deb e’lon qilamiz», degan shiorni ko’tarib chiqishib, o’shani aytib qichqirdilar, hatto dunyodagi hamma kofirlar talvasaga tushib, yig’ilishlari Xalifalikni qaytib kelishini to’sish, xech bo’lmaganda kechga surishdan boshqa narsa bo’lmay qolgani ham uni qanchalar yaqin ekanligiga yana bir dalildir. Demak, Xalifalikning boshlanishi juda yaqin, insho Alloh, Allohning izni ila Islom diyori markazi bo’lmish Shom yurtida e’lon qilinsa, ajab emas…

Ahvolimizni yaxshilanishini Alloh Taolo ikki ishga bog’liq qilib qo’ydi:

إِنَّ اللَّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

– „Aniqki, to biron qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o’zgartirmas“. [13:11]

Birinchisi: o’zimizni o’zgartirish. Ummat hatosini tushunib, o’z Islomiga qaytishni shavq-zavq bilan kutayotgan va bu yo’lda jiddiy xarakat qilayotgani xech kimga sir bo’lmay qoldi.

Ikkinchisi: Alloh Taolo ahvolimizni o’zgartishi uchun unga iltijo qilishimiz. Xamma joyda duo qilinayotgan bo’lsada, lekin duolarimizni ijobat bo’lishini sharti bor. Rosululloh(s.a.v) aytadilar: «Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, yaxshilikka buyurasizlar, yomonlikdan qaytarasizlar, aks holda Alloh sizlarning ustingizga o’z dargohidan bir jazo yuborur, keyin duo qilaverasizlar (lekin) duolaringizni ijobat qilmagay». (Ahmad va Termiziy rivoyati.) To’g’ri, amru-ma’ruf, nahiy-munkar ishlari olib borilayotgan bo’lsada, lekin uni mukammal qilish uchun ma’ruf ishni qilmayotganlarga yoki munkar ishni qilayotganlarga nisbatan nafratni izhor qilish ham farzdir. Zotan, Rasululloh(s.a.v)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: «Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo’liqqan paytda: «Ey falonchi, Allohdan qo’rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas», der edi. So’ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o’sha holatda ko’rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga eb-ichishdan, birga o’tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi». So’ngra Rasululloh (s.a.v) ushbu oyatni tilovat qildilar:

لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ -78, كَانُوا لَا يَتَنَاهَوْنَ عَنْ مُنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ -79, تَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَنْ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ -80, وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ

– „Bani Isroildan kofir bo’lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo’lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko’plari kofir bo’lgan kimsalarni do’st tutganlarini ko’rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani – Allohning g’azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg’ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni do’st tutmagan bo’lur edilar. Lekin ulardan ko’plari itoatsiz kimsalardir“. [5:78-81]

So’ngra shunday dedilar: «Yo’q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo’lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog’lab qo’yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so’ngra uni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi».

Ey, musulmonlar! Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizga tavba qilaylik…

Rosululloh(s.a.v) dedilar:

«Kimki ramazonda imondan kelib chiqqan holda va ajrini Allohdan kutgan holda ro’za tutsa uning o’tgan gunohlari kechirilur» (Muttafaqun alayh).

«Kimki ramazon oyida imondan kelib chiqib va ajrini Allohdan kutgan holda kechalari turib namoz o’qisa uning o’tgan gunohlari kechirilur» (Muttafaqun alayh).

Keyin Alloh Taologa iltijo qilib, bu ramazonda zolim-kofirlarni hukumronligini yo’q qilib, roshid Xalifalikni qaytarishini va iydi ramazonni qo’shaloq bayram qilib berishini so’rab duolar qilaylik.

Rosululloh A dedilar:

«Ro’zadorning og’iz ochish paytidagi duosi qaytarilmaydi».

«Men sizlarga Alloh sizga yaxshilik xislatlarini mukammal qilishi uchun yana ushbu besh xislatni vasiyat qilaman: O’zingiz emaydigan narsani to’plamang, yashamaydigan uy-joyni qurmang, ertaga yo’q bo’lib ayriladigan narsani talashib-tortishmang, mahshar kuni tirilib, huzuriga keladigan Allohdan taqvo qiling, oxir-oqibat boradigan va abadiy qoladigan joy borasida rag’bat qiling». (Hokim rivoyati.)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.