Qirg‘iziston Qozog‘istondan moliyaviy yordam so‘radi

361
0

Qirg‘iziston Qozog‘istondan moliyaviy yordam so‘radi

Qirg‘iz hokimiyatiga Rossiya ham, G‘arb o‘lkalari ham, moliyaviy yordam ko‘rsatish (qarz berish)dan bosh tortishyapti. Hokimiyat deyari har yili mamlakat byudjetidan kamomadlar bilan chiqadi va har yili biror narsani bahona qilib tashqi davlat yoki xarqaro tashkilotlardan qarz olish yo‘li bilan byudjet kamomadini to‘ldirib keladi.

Bu yil Qirg‘izistonda yana to‘palon bilan hokimiyat almashdi. Prezident faoliyati majburiy to‘xtatildi. Parlament vaziyatga ko‘ra harakat qilib, siyosiy boshboshdoqlikni ro‘kach qilib, konstitutsiya talablarini buzib kelyapti.

Siyosiy ekspertlar – tashqi davlatlar mamlakatimizda borayotgan o‘tish jarayonidan xavotirlanib, mamlakatda shakllanib borayotgan betayinlik, hokimiyat turuqsizligi sabab tashqi davlatlar bizga ishonchsizlik bildirishyapti, deb baho berishyapti. Ularning ta’kidlashicha, siyosiy barqarorlik paydo qilish orqali bu keskinliklarga barham beriladi.

Lekin vaziyat siyosiy krizis holatida, ya’ni ekspertlar aytayotganidan ko‘ra keng va keskinroq. Muammolar ham, ular aytayotganidan ko‘ra ko‘proq va kuchliroq.

Muammo Qirg‘izistonga ta’sir o‘tkazish quvvatiga ega davlatlarning (Rossiya, Xitoy, G‘arb…) har biri o‘z talablarini ro‘baro‘ qilib, yangi hokimiyatni o‘z manfaati tomon tortishga harakat qilib borishayotganidan kelib chiqmoqda. Ularning har biri har turli maqsad va manfaatlarga ega ekanligi sababli, Qirg‘iz hokimiyati bu tashqi quvvatlarning birini tanlash yoki har birini rozi qilish markazini topa olmayapti.

Demak muammo tashqi davlatlarning Qirg‘iz yangi hokimiyatiga ishona olmayotganida emas, balki mamlakat xalqi boshiga tushib turgan mushkul vaziyatni mumkin qadar o‘z manfaatlari tomon tortishga harakat qilayotganidadir. Ularning manfaatlari har turli jabhalarda ya’ni siyosiy, iqtisodiy kabi strotegik ahamiyatga ega jabhalarda bo‘lishi mumkin.

Qirg‘iz davlatiga ishonchsizlik bo‘layapti degan gap asossiz. Chunki bu tashqi kuchlarning shundoq ham, Qirg‘izistonda ulkan mablag‘lari, investitsiyalari bor va ular o‘z o‘rnida turibdi. Ular biz singari zaif davlatlardan biror manfaatini undira olmay qolishdan hech ham xavotirlanishmaydi.

Barcha manfaatlar mamlakatdagi siyosiy vaziyatga bog‘liq ekani bois, Qirg‘izistonda Rossiya bilan G‘arb o‘rtasidagi keskinlik, mamlakat boshqaruv sistemasi parlament boshqaruv tizimini va prezidentlik boshqaruv tizimini tanlashimizga aloqador bo‘lib qoldi. Hozirda Qirg‘izistonda G‘arb elektorati, saqofatidan kelib chiqqan qadriyatlar xalq ichiga singib, siyosiy elektorat kengayib, kuchayib borayapti.

Shundan kelib chiqib Sadir Japarov hukumati va uning ortida turgan etakchi guruh boshiberk ko‘chaga kirib borayotgandek qiyin tanlovlar oldida turib qoldi. Bir tomonda “Azattыk” bosh bo‘lib olib borilayotgan G‘arb matbuot kurashi, ikkinchi tomonda Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy bosimlari turibdi.

Shundan kelib chiqib yana ta’kidlab ayta olamizki, Qirg‘iziston kabi (agrar, mustamlaka) mamlakatlar mustaqil davlatlar emas! Ular xalqaro boshqaruv sistemasi uchun qullik qilishga mahkum. Qirg‘iziston siyosiy sistemasida deyarli ixtiyor yo‘q va bo‘lgan ham emas. Xalqaro qonunlar uning qo‘llarini kishanlab, yirik davlatlar manfaati va maqsadi uchun xizmat qilishdan boshqa imkon bermaydi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.