Militsiya tarafidan qo’lga olingan Jeti-Oguzliklar qo’yib yuborilmadi

470
0

63357_watermark_12_12_rightbottom

 

Qorako’l-Baliqchi avtoyo’lining Saruu qishlog’idagi qismi yana to’sib qo’yildi. Saruudagi norozilik aktsiyasi ishtirokchilari safidagi oqsoqollar va Qorako’ldagi hukumati vakillari o’rtasidagi muzokara tugadi. Muzokarada hukumat tarafidan hukumatning muxtor vakili o’rinbosari va viloyat IIB boshlig’i ishtirok etishdi.

Xabar qilinishicha, kecha kechqurun Qorako’lda qo’lga olingan 23 kishini xozircha qo’yib yubormaslikka qaror qilingan. Qo’lga olinganlarni mitingni o’tkazishdagi ishtiroki tekshirib ko’riladi, tartibsizliklar vaqtida Qorako’lda tasodifan bo’lib qolganlar esa qo’yib yuboriladi.

Namoyishchilar yo’lni ochib qo’yishdi, ammo tarqab ketishmadi, ertaga ular norozilik aktsiyasini yana davom ettirishni rejalashtirmoqdalar.

Namoyishchilar uchta shart qo’yishdi. Birinchisi – kechagi xodisada qo’lga olingan barchani, shu jumladan davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi (GKNB) hibsxonasida ushlab turilgan Baxtiyor Kurmanov va Ermek Junushbaevni ozod qilishlik. Ikkinchisi – Qumtor bo’yicha memorandumni bekor qilishlik. Uchinchisi – Qumtor va Qirg’iziston o’rtasida daromad 30/70 qilib bo’linishi. Bosh vazir muovini Tokon Mamitov barcha talablar bo’yicha ularga rad javobi berilganini va hukumat tarafidan yo’lni bo’shatib qo’yishlik hamda transport vositalarini erkin qatnovini qayta tiklashlik shartlari qo’yilganini xabar qildi.

Dushanba kuni ertalab Issiq-Ko’l viloyati Jeti-Oguz tumani Sarru qishlog’ida “Qumtor” bo’yicha memorandumga qarshi norozilik namoyishi boshlangan edi. Keyinchalik namoyishchilar Qorako’l viloyat ma’muriyati binosi sari yo’l olishdi. Aktsiya ishtirokchilari “Qumtor” bo’yicha memoradumni qayta ko’rib chiqishni talab qilishdi. Qorako’lda namoyishchilar bilan muzokara o’tkazish uchun Issiq-Ko’l viloyati bo’yicha hukumatni muxtor vakili Emilbek Kaptagaev kelgan edi. Namoyishchilar esa uni garovga olishdi. Dushanba oqshomida militsiya xodimlari norozilik namoyishini tarqatish va Emilbek Kaptagaevni ozod qilish uchun maxsus vositalardan foydalanib amaliyot o’tkazishdi. 23 nafar namoyish ishtirokchilari qo’lga olindi va bu ish bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.