Jeenbekov iste’foga chiqdi

308
0

Jeenbekov iste’foga chiqdi

 Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 15 oktyabr kuni iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Uning bu boradagi murojaati matnini prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

 Murojaatnomada Jeenbekov poytaxt Bishkekda ijtimoiy-siyosiy vaziyat tarangligicha qolayotgani, o‘z iste’fosi haqidagi talablar tinmayotgani, joriy vaziyat ikki tomonlama to‘qnashuvga yaqin ekanini bildirgan.

 O‘zi uchun Qirg‘izistondagi tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalq birligi va jamiyat osoyishtaligi hamma narsadan muhimligini urg‘ulagan Jeenbekov tarixda qon to‘kkan prezident sifatida qolishni istamagani uchun iste’foga chiqish haqida qaror qabul qilganini qayd etgan.

 U bosh vazir S. Japarov va boshqa siyosatchilarni o‘z tarafdorlarini poytaxtdan olib ketib, bishkekliklarga osoyishta hayotni qaytarishga chaqirgan.

 Izoh: Qirg‘izistonda avvval sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishlari va hokimiyat almashishishda asosiy rol o‘ynagan Rossiya hukumati bu safargi houimiyat almashishishda ham o‘zining “yumshoq kuchini” ko‘rsatdi. Ma’lumki, Qirg‘iziston postsovet respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib parlament boshqaruviga o‘tishga qaror qilgan davlatlardan biri. Bu esa Rossiya uchun istalmagan holatdir. Chunki, Rossiya o‘zining sobiq va amaldagi mustamlaka davlatlarda – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston kabi – avtoritar rejim hukm yuritishini, ularda “tinchlik” hukm surib, o‘zining janubiy chegaralaridan ko‘ngli xotirjam bo‘lishini istaydi. “”Demokratiya orolchasi” bo‘lgan Qirg‘iziston esa qator yilllardan beri Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida talash bo‘lib kelayotgan edi. Rossiyaga bu erda ham qattiqqo‘l prezidentlik boshqaruvi bo‘lishi manfaatli bo‘lsa, AQSh va Evropa davlatlari uchun parlament boshqaruvi afzal edi…

 Biroq, Jeenekovning iste’fo berishi Qirg‘izistondagi siyosiy vaziyat o‘z iziga tushganini anglatmaydi, aksincha yangi bosqichga chiqqaniga dalolat qiladi. Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari Natalьya German yaqin vaqt ichida Qirg‘izistonga keladi. Tabbiyki, u tashrifi davomida Jeenbekov bilan ham, Japarov bilan ham uchrashadi. Jeenbekov bilan bo‘ladigan uchrashuvida uni qaroridan qaytishga undab ko‘rishi mumkin. sababi, Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar jarayonida e’lon qilgan bayonotida BMT Qirg‘izistonning qonuniy prezidenti sifatida Jeenbekovni tan olishini ma’lum qilgan edi…

 Biz, Qirg‘iziston musulmonlari mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga xalqaro siyosat va vaziyatdan kelib chiqib baho berishimiz, bilib yoki bilmagan holda biror etakchi kufr davlati qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolish orqali dunyo va oxiratda ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolishdan saqlanishimiz kerak. Har bir xodisaga islomiy pozitsiyadan kelib chiqqan holda yondoshib, Islom va musulmonlar manfaatlarini ko‘tarib chiqishni to‘xtatmasligimiz  zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.