Malidagi harbiy to‘ntarish

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Malidagi harbiy to‘ntarish

Savol:

Onado‘li axborot agentligi xabariga ko‘ra, 2020 yil 27 avgust payshanba kuni Mali harbiy kengashi prezident Ibrohim Abu Bakr Keytaning ozod etilganini e’lon qildi. Bundan oldin 2020 yil 18 avgust kechqurun Malida prezident Ibrohim Abu Bakr Keytaga qarshi harbiy to‘ntarish sodir bo‘lganligi va u bilan birga bosh vazir Bubu Sissening hibsga olingani e’lon qilingan edi. Savol: bu to‘ntarish ortida kim turibdi? Uning AQSh-Evropa o‘rtasidagi kurashga aloqasi bormi?

Javob:

Javobimiz tiniq bo‘lishi uchun quyidagilarni bayon qilib o‘tamiz:

1 –          Bugungi kunda sodir bo‘lgan hodisani sakkiz yil muqaddam sodir bo‘lgan hodisaga bog‘laymiz. O‘shanda 2012 yil 22 martda Malida kichik martabali zobitlar tomonidan prezident Amadu (Ahmadu) Tumani Turega qarshi harbiy to‘ntarish sodir etilgan edi. O‘shanda Turening ikkinchi muddati tugashiga ikki oy qolgandi. Bu haqda 2012 yil 24 mart kuni nashr qilgan savolga javob nashramizda inqilob ortida Amerika turganini ma’lum qilib, bunday degandik:

«Biz yuqorida aytib o‘tgan barcha narsalar Malida ro‘y bergan ushbu to‘ntarish ortida Amerika turganini ko‘rsatib turibdi. Amerika ushbu islomiy yurtga kirib borib, u erda hamon o‘z nufuzini saqlab kelayotgan eski mustamlakachi Frantsiyani siqib chiqarmoqchi bo‘lyapti. Malidagi siyosiy doira Frantsiyaga tobe bo‘lgani uchun Amerika saylovlarni buzishni istadi. Bu to‘ntarish orqali Amerika Frantsiyaga malay bo‘lgan va uning siyosatiga muvofiq o‘yinga kirishga rozi bo‘lgan o‘yinchilar o‘yinini barbod qildi. Shu tariqa Amerika harbiylar harakatini amalda o‘z changalida ushlab turish orqali Malini o‘ziga bog‘lab olmoqda».

Bugun ham eng yuqori unvondagisi polkovnik bo‘lgan kichik unvonli ofitserlar prezident Abu Bakr (Bubakar) Keytaga qarshi to‘ntarish uyushtirishdi. Abu Bakr birinchi marta 2013 yil 15 avgustda saylanib, 2018 yil 12 avgustda esa, ikkinchi muddatga qayta saylangan edi. Inqilob qilgan askarlar poytaxtdan 15 kilometr uzoqda joylashgan «Kati» bazasidan yo‘lga chiqishdi. Bu baza 2012 yilda inqilob qilgan askarlar yo‘lga tushgan baza hisoblanadi. O‘sha yilning mart oyidagi to‘ntarishdan so‘ng Frantsiya BMT Xavfsizlik Kengashidan Mali shimoliga aralashish to‘g‘risida qaror chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan edi. 2012 yil sentyabrdagi 2071 sonli va 2012 yil 20 dekabrdagi 2085 sonli o‘sha qarorlar orqali Frantsiya Al-Qoida va ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurash bahonasi bilan o‘zining mustamlakasini himoya qilishni maqsad qilgan! Shunday qilib, xalqaro kuchlar, ayniqsa, Frantsiya va Evropadan soni 15 ming bo‘lgan harbiy kuch tuzildi. Afrika kuchlari esa, Mavritaniya, Mali, Niger, Burkino-Faso va Chad davlatlaridan iborat «Besh Sohil kuchlari», deb nomlangan qo‘shma kuchlardan tashkil topdi. Bu davlatlarda Frantsiya nufuzi kuchli bo‘lib, bu nufuzini u 2012 yilgi inqilobdan so‘ng atigi bir yarim yildayoq qayta tiklab olgan edi. Bunga Abu Bakrning birinchi marta 2013 yil 15 avgustda saylanib, 2018 yil 12 avgustda ikkinchi muddatga qayta saylanishi orqali muvaffaq bo‘ldi! Garchi mashhur doiralarda Amerikaning Frantsiya kabi ta’siri kuchli bo‘lmasa-da, biroq uning harbiylar orasiga kirish imkoniyati katta. Shu orqali u bugun 2012 yildagi birinchi to‘ntarishdan ham kuchliroq to‘ntarish qilishga muvaffaq bo‘ldi! Amerika bundan bir yilcha avval uringan birinchi to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, bugungi to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlash uchun mashhur doiraga ega bo‘lish istagida endi faqat harbiy doiradagina emas, balki Mali siyosiy doirasida va fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida malaylar kasb qilishga harakat qila boshladi.

2020 yil 19 avgust kuni ushbu to‘ntarish etakchisi polkovnik Qosimiy Kvita o‘zini «Xalqni Qutqarish Milliy qo‘mitasi» raisi ekanini e’lon qildi. U inqilobchilar guruhidan iborat ofitserlar uchrashuvida 2020 yil 8 avgust seshanba kuni televidenieda chiqish qildi. Ushbu inqilobchilar respublika prezidenti Keytani, bosh vazir Sisseni, bir qancha vazirlarni va boshqa 17 nafar rasmiyni qamoqqa olishdi. Keyin harbiylar Keytani armiyadan voz kechganini e’lon qilishi uchun televideniega olib kelishdi. U teleekranlar orqali «hokimiyatda qolishim sababli qon to‘kilishini istamayman», dedi. (Reyter, 2020 yil 19 avgust). Inqilob guruhi matbuot kotibi polkovnik Ismoil Vagi «… Yurtimiz tartibsizlik, anarxiya va xavfsizlikning buzilishini boshdan kechirmoqda va bu ko‘p jihatdan yurt taqdiri uchun javobgar shaxslarning xatosi bilan bog‘liq», dedi. (Reyter, 2020 yil 19 avgust). Shuningdek, Al-Jazira telekanalining 2020 yil 21 avgustdagi xabariga ko‘ra, Ismoil Vagi bunday dedi: «O‘tish davri kengashini tuzamiz. Uning raisi harbiy yoki fuqaroviy shaxs bo‘ladi. Biz o‘tish davrini tartiblashtirish uchun fuqaroviy jamiyat, muxolafat partiyalari, ko‘pchilik va hamma bilan aloqa o‘rnatamiz. O‘tish davri kengashi tomonidan tuzilgan milliy qo‘mita 6 nafar harbiy va 18 nafar fuqaroviy shaxsni o‘z ichiga olib, o‘tish davri qonunchilik hay’ati vazifasini bajaradi va kengash raisini o‘zining a’zolaridan saylaydi».

Ko‘rinib turibdiki, harbiy to‘ntarishni harbiylar uyushtirishdi va ular bilan birga siyosatchilar va muxolafat guruhi,  shu jumladan, kasaba uyushmalari, jamiyatlardan iborat «fuqarolik tashkilotlari» ishtirok etdi. Shu bilan ular siyosiy ishlar bilan shug‘ullanadigan va mustamlakachi davlatlar tomonidan moliyalashtirilib, oralaridan pulga sotqinlar chiqariladigan tashkilotlarga aylanishdi. Bundan Amerikaning Keyta ikkinchi muddatga qudratga kelmasidan oldin uni ag‘darish uchun ko‘plab siyosatchilarni kasb qilishga muvaffaq bo‘lganligi ayon bo‘ladi. Maqsadi, armiyaga asosiy e’tiborni qaratib, ofitserlardan malaylar kasb qilish bilan birga, o‘z malaylarining kelajakdagi muvaffaqiyatlarini kafolatlashdir.

2 –          Aftidan, Amerika bu safargi inqilobida xalq bazasini yaratishga uringan ko‘rinadi. Shu bois, o‘tgan iyun oyidan boshlab shunga zamin yaratdi. Nihoyat, iyun oyi boshidan Mali poytaxti Bamako ko‘chalarida minglab namoyishchilar ishtirokida noroziliklar boshlandi. Namoyishchilar prezident Keytaning iste’fosini talab qilib, unga va hukumatiga qator ayblovlar qo‘yishdi, masalan, korruptsiya, davlat mulkini talon-toroj qilish, davlat xizmatlarini zaiflashtirish, saylovlarni qalbakilashtirish va boshqarish, «ekstremizm va terrorizm»ga qarshi kurashdagi ojizlik kabi. Ma’lum partiyalar «5-iyun» yoki «M5» nomli koalitsiya tuzishdi. Koalitsiyaga rais qilib tayinlangan va namoyishlarga etakchilik qilgan Noxom Tojo bunday so‘zlarni aytdi: «Men hokimiyatni olgan harbiylar bilan faoliyat qildim, «EKOVAS» (G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati)ning sanktsiyalari haddan tashqari reaktsiyadir va bu ba’zi rahbarlarning davlat to‘ntarishi yurtda siyosiy tartibsizliklarga olib keladi, degan qo‘rquvlaridan kelib chiqdi. Yashasin harbiy inqilob! Bu inqilob Mali xalqining harakatlarini hamda demokratik ilmoniy fuqarolik davlatini barpo etish sari intilishlarini takomillashtirdi». (Al-Jazira, 2020 yil 21 avgust).

Bundan ma’lum bo‘lyaptiki, Malidagi norozilik namoyishlari tabiiy kelib chiqmagan, balki ularga demokratiya, fuqarolik va ilmoniylik kabi mustamlakachilar fikrlariga ega malaylar etakchilik qilishgan. Ular bu ishda harbiylar bilan ittifoq tuzib, inqilobni qo‘llab-quvvatlashgan. Demak, Amerika Frantsiya va Britaniyaga tobe bo‘lgan G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi rejimlarni ag‘darish maqsadida Malini qator inqiloblar uchun boshlanish nuqtasi va adovat o‘chog‘iga aylantirmoqchi.

3 –          AQShning Sohil mintaqasi bo‘yicha maxsus vakili J. Piter Fam Malidagi to‘ntarishdan so‘ng Tvitterdagi o‘z sahifasida «Qo‘shma Shtatlar hokimiyatning konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgarishiga qarshi», dedi. Yana quyidagilarni ta’kidladi: «Ofitserlar prezident Ibrohim Keytani ag‘darganidan so‘ng, to Malidagi siyosiy vaziyat oydinlashgunga qadar, AQSh bu yurtning armiyasi bilan harbiy hamkorligini to‘xtatib turadi», «Yaqinda sodir bo‘lgan ayni hodisani davlat to‘ntarishi sifatida rasmiy ravishda tavsiflash ishi qonunan ko‘rib chiqilishi lozim». (Reyter, 2020 yil 22 avgust).

Bundan Amerikaning inqilobni ham, inqilobchilarni ham qoralamayotgani ayon bo‘lmoqda. Uning maxsus vakili og‘zidan Amerika konstitutsiyaga zid o‘zgarishlarga qarshi, degan gapi esa, umumiy gap, inqilobga aloqasi yo‘q. Aksincha, Amerika Misrdagi Sisiy inqilobini ham qo‘llab-quvvatladi, Sudandagi harbiy inqilobni ham. Ularni inqilob deb ham atamadi. Chunki ikkalasining ham ortida o‘zi turdi. Mali inqilobida ham shunday qildi, o‘z vakili og‘zidan hodisani inqilobmi yoki inqilob emasmiligini qonunan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi!! Bu ayni to‘ntarish ortida Amerika turganiga dalolat qiladi. Buni Qatarning Al-Jazira kanali tarqatgan mana bu xabar ham tasdiqlab turibdi: «Amerika Mali askarlari uchun, shu jumladan, Keytaga qarshi to‘ntarishda etakchilik qilgan ayrim ofitserlar uchun muntazam harbiy mashg‘ulotlar bermoqda». Demak, inqilobga Amerikadan mashg‘ulot olgan va malaylar sifatida kasb qilingan kimsalar etakchilik qildi. 2012 yildagi inqilobda ham xuddi shunday bo‘lgandi. Bu haqda biz 2012 yil 24 mart kuni nashr qilgan savolga javob nashramizda bunday degandik: «Asr sayti 2012 yil 24 martda Amerika manbalaridan olib xabar berishicha, ismini aytishni istamagan bir amerikalik diplomat quyidagilarni aytgan: «To‘ntarishga boshchilik qilgan kapitan Ahmadu Xay Sanogo sara zobitlar orasidan Qo‘shma Shtatlarda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha harbiy tajriba olish uchun Amerika elchixonasi tarafidan tanlab olingan». U qo‘shimcha qilib yana bunday dedi: «Sanogo Amerikaga maxsus vazifalar bilan bir necha marta safar qilgan…». Amerika 2012 yilda qilgan harakati bo‘yicha qadam tashlamoqda, o‘shanda u evropaliklarni quvib chiqarib, yurtni yakka o‘zi mustamlaka qilish maqsadida davlat to‘ntarishini amalga oshirgandi. Biroq bu safar ishga avvalgidan ko‘ra ko‘proq diqqat-e’tiborda qaradi. Chunki u siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatlar orasidan Frantsiyaga tobe siyosiy doiraning o‘rnini bosuvchi siyosiy doira topa boshladi.

4 –          Malida nufuz sohibi bo‘lgan Frantsiyaning reaktsiyasi juda kuchli bo‘ldi, esi og‘ib qolayozdi. Frantsiya prezidentlik departamenti «davlat rahbari Makron vaziyatni yaqindan kuzatmoqda va mavjud to‘ntarishni qoralaydi», dedi. (Frans-Press, 2020 yil 18 avgust). Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian «Frantsiya bunday xavfli hodisani keskin so‘zlar bilan qattiq qoralaydi», dedi. Makron 2020 yil 20 avgustda Germaniya kantsleri Merkelь bilan Malidagi o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun o‘tkazgan uchrashuvida bunday dedi: «Frantsiya bilan Germaniya Malida bo‘lgan davlat to‘ntarishini qoralaydi hamda bu yurtning mumkin qadar tezroq fuqarolik boshqaruviga qaytishini istaydilar. Biz Sohildagi islomiy jangarilar tomonidan zo‘ravonliklar bo‘lishini e’tiborimizdan qochirmasligimiz kerak». Frantsiya Mudofaa vazirasi Florans Parli «Mali prezidentining bundan ikki kun muqaddam yuz bergan harbiy inqilobda hokimiyatdan ag‘darilganiga qaramay, Frantsiya bu yurt bilan olib borayotgan o‘z harbiy operatsiyalarini davom ettiradi», dedi. (Reyter, 2020 yil 20 avgust). Bu bayonotlar Frantsiyaning inqilobdan qanchalik xavotirga tushganini ko‘rsatib turibdi. Haqiqatdan ham, bu inqilob Mali va uning qo‘shni davlatlaridagi yirik miqdordagi ko‘plab noyob mineral boyliklarni talayotgan Frantsiyaning nufuzini nishonga oldi. Frantsiya Malidan o‘zining G‘arbiy Afrikadagi nufuzini himoya qiluvchi strategik mavqe sifatida foydalanmoqda. Chunki Sohil davlatlari bilan bu yurt bitta mintaqani tashkil qiladi, bittasiga dard tegsa, qolganlariga ham yuqmay qolmaydi. Frantsiya o‘zining harbiy joylashuvini mustahkamlashga harakat qilyapti, chunki u erda uning evropalik kuchlar bilan birga 5100dan ziyod kuchlari bor. Bu ishda Germaniyadan yordam so‘ramoqda. Germaniya u bilan o‘zining 1100 nafar kuchlari bilan «Barxan» operatsiyasida hamkorlik qilyapti. Frantsiya Afrika mushtarak kuchlarini moliyalashtirishda Fors Ko‘rfazi davlatlariga, jumladan, Amirliklarga ham murojaat qilgan. Operatsiyada Britaniya 250 nafar askari va uchta vertolyoti bilan, Evropa Ittifoqi 620 nafar askari bilan qatnashmoqda. AQSh esa, «Barxan» kuchlarini moliyaviy va texnikaviy qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. U o‘zining uchuvchisiz samolyotlari yordamida razvedka va nazorat ma’lumotlari orqali hissa qo‘shayotganini aytib keladi.

5 –          Afrika Ittifoqi bilan «EKOVAS» hamjamiyati Mali inqilobini qoraladi. Bu haqda Afrika Ittifoqi komissariati raisi Muso Faqiy Muhammad tvitterda bunday dedi: «Men prezident Ibrohim Keytaning, bosh vazir va boshqa Mali hukumati a’zolarining qamoqqa olinishini qattiq qoralayman, ularni zudlik bilan ozod etilishini talab qilaman». O‘n besh davlatdan tashkil topgan G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) Mali bilan bo‘lgan o‘z chegaralarini yopishga hamda u erga barcha moliyasining kirishini to‘xtatishga, hamjamiyatdagi barcha qaror chiqaruvchi organlardan Malini chiqarib yuborishga ittifoq qildi. 2020 yil 22 avgust kuni hamjamiyat delegatsiyasi Maliga safar qilib, inqilob etakchilari bilan uchrashdi. Bir yarim soat davom etishi belgilangan ushbu uchrashuv 20 daqiqadayoq tamom bo‘ldi va bu ayni hamjamiyat missiyasining mavaffaqiyatsiz tugaganini ko‘rsatadi. Xalqaro axborot agentliklariga ko‘ra, bu missiya inqilob etakchilarini Keyta bilan uning hukumatini hokimiyatga qaytarishga ko‘ndirishdan iborat bo‘lgan. Biroq inqilob etakchilari bunga rozi bo‘lmay, inqiloblarida qattiq turishdi hamda «EKOVAS» delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tish davri hukumati davrida o‘tkazilajagini ta’kidlashdi. Ma’lumki, Afrika Ittifoqi bilan «EKOVAS» hamjamiyati asosan Evropaning xususan G‘arbiy Afrikadagi malaylaridan iborat.

6 –          Xulosa: Amerika Evropa bilan, ayniqsa, Frantsiya va Britaniya bilan raqobatlashmoqda. Bu mustamlakachilar Afrikada, xususan u erdagi islomiy yurtlarda, shu jumladan musulmon yurti bo‘lmish Malida o‘zlarining nufuzlarini yoyib, u erdagi boyliklarni talon-toroj qilish maqsadida bir-birlari bilan kurashishmoqda. Darvoqe, Frantsiya Malidagi boyliklardan sher ulushiga ega. Shuningdek, bu mustamlakachilar Mali ustida uning G‘arbiy Afrikadagi strategik joylashuvi uchun ham nizolashishmoqda, chunki bu musulmon yurt Sohil davlatlari bilan bitta mintaqani tashkil qiladi. Ular Malining musulmon aholisini qashshoqlik, muhtojlik va kasallikdan azob chekishga qo‘yib berishgan. Malay hukmdorlar xor-rasvo ahvolda mustamlakachilarga istagan narsalarini muhayyo qilib berishmoqda, buni hokimiyatdagi likillab qolgan stullarga ega chiqish uchun bajarishyapti. Mali mustamlakaga mahkum zaif bir davlat. Uni mustamlakachilar istilosidan himoya qiladigan islomiy kuchlar yo‘qligi tufayli, ular asossiz bahonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvni amalga oshirish qarorlarini qabul qilishmoqda. Malini himoya qiladigan, mustamlakachilar istilosiga qarshi turib, ularga saboq berib qo‘yadigan bunday kuch Allohning izni ila yaqinda barpo etilishi kutilayotgan roshid Xalifalik davlati kuchlaridir. Shuning uchun ham, ushbu davlatni barpo etishga harakat qilish, eng muhim farzlardan biridir. Bas, ushbu farzni ado etish orqali kuch-qudratga, nusratga hamda har bir kofir jobirdan asrovchi himoyaga erishiladi.

Rosululloh ﷺ marhamat qildilar:

«إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». (Imom Muslim rivoyati).

                13 muharram 1442h

                1 sentyabr 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.