بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Mustamlakachi davlatlar bilan harbiy va xavfsizlik munosabatlarini imzolash ulkan xiyonat va shar’an haromdir
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
«2015 yilda «Tunisni AQShning NATOga a’zo bo‘lmagan ittifoqchisi qilish» to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. O‘shandan buyon Tunis AQShning Shimoliy Afrikadagi birinchi safdagi bazasiga aylandi. Buni Tunis xavfsizlik xizmati xodimlarining «terrorizm»ga qarshi kurashdagi imkoniyatlarini rivojlantirish, degan narsa bilan dastaklandi».
Bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:
«Hammasidan ham yomoni, AQShning Afrika qo‘mondonligi qo‘mondoni general Stiven Taunsendning bayonoti bo‘ldi. U «Amerika brigadasi Rossiyaning Liviyadagi harbiy faoliyati manzarasida Tunis xavfsizlik kuchlariga yordam beradi», dedi. Bu AFRIKOM (AQSh Qurolli kuchlari qo‘mondonligi)ning harbiy va xavfsizlik kuchlari mashqlari, degan niqob ostida Tunisga o‘zining harbiy kuchlarini joylashtirishni ko‘paytirish niyatida ekanini anglatadi».
Bayonotda prezident Qays Said va ayniqsa uning harbiy va «terrorizm»ga qarshi kurash sohasida ikkitomonlama hamkorlik qilish da’vosi bilan mana shu generalni Qartoj saroyida kutib olgani qattiq qoralandi. AFRIKOMning aslida Afrikaga hukmronlik qilish, uning boyliklarini talon-toroj qilib, ahlini mustamlaka qilish va Islomga qarshi kurash maqsadida tuzilgani ta’kidlandi. So‘ng bayonotda quyidagilardan ogohlikka chaqirilib, bunday deyildi:
«Kufr davlatlari, asosan AQSh bilan harbiy va xavfsizlik bitimlari va shartnomalarni imzolash ulkan xiyonat va shar’an haromdir. Chunki bu kofirlarning musulmonlar va ularning yurtlari ustidan hukmron qilishini anglatadi. Shuningdek, bu ularga musulmonlarni o‘ldirishlariga va ular ustidan josuslik qilishlariga yordam berish demakdir».
Bayonot so‘nggida Tunis ahliga murojaat qilindi:
«Malay hukmdorlar harbiy baza o‘rnida mustamlakachilarga taqdim etgan aziz yurtimizning bir bo‘lagida AQSh bayrog‘i hilpirab turishi uchun Amerika Tunisga nisbatan shirinlik va tayoq siyosatini aslo to‘xtatmaydi. Hizb ut-Tahrir siz Tunis ahli himmatingizni, ayniqsa, mufakkirlar va qudrat ahlining g‘ayratini qo‘zg‘aydi: keling, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etib, shu orqali zaminimizni ozod etaylik, qayta o‘z qarorlarimizga ega chiqib, Robbimiz shariatini hukmron qilaylik. Chunki Islom va Xalifalikdan boshqa hargiz xaloskor yo‘q.
Roya gazetasining 2020 yil 16 sentyabr chorshanba kungi 304-sonidan