Sudandagi qabilalar kurashi va bo‘lib tashlash o‘yini

388
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi qabilalar kurashi va bo‘lib tashlash o‘yini

Ustoz Hasan Ismoil

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatidagi

viloyati majlisi a’zosi

Alloh Subhanahu va Taolo xalqlar va qabilalarni yaratishdan maqsadni, ya’ni, tanishish maqsadini belgilab bergan bo‘lsa-da, biroq qabilalararo kurash hamon Ummat kuchini sindirishda davom etmoqda. Mana shunday kurashlar topilmaydigan birorta ham musulmon yurti deyarli qolmadi.

Sudandagi qabilaviy kurash sabablaridan ayrimlari:

Sudan misolida oladigan bo‘lsak, bu erda ayni kurashlarni keltirib chiqarayotgan ko‘p sabablarni ko‘rishimiz mumkin:

Ba’zi mintaqalarda insonlar manfaati to‘qnashishi. Masalan, Darfur va Kordofanda bo‘lganidek, chorvachilik va qishloq xo‘jalik muammolari kabi.

Johiliyatdan qolgan ayrim tushunchalar. O‘z navbatida bu tushunchalar kurashlarga olib kelyapti. Buni odamlar o‘rtasini rang va irqqa qarab ajratish tushunchasi misolida ko‘rish mumkin. Masalan, Janubiy Darfur mintaqasidagi Fur va Halba avlodi kurashi kabi.

Hukumatlar nufuzining zaifligi va qonun ustuvorligining pastligi, shuningdek, ba’zi poytaxtdan uzoq hududlarda qurol-yarog‘ tarqalganligi.

O‘tish davri hukumati davrida qabilaviy kurashlardan ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz:

Portsudan, Kassala va Qazorifda Nubiya bilan Omir avlodi o‘rtasida.

Nьyala shahrida Raziqot bilan Falota o‘rtasida.

Mistriy qishlog‘ida Raziqot bilan Malsalit o‘rtasida.

Marra tog‘ida Raziqot bilan Fur o‘rtasida.

Halfo shahridagi o‘nta qishloqda xalfoliklar bilan Zag‘oqa o‘rtasida. Bundan tashqari, Kaduqliy shahri hodisasi va Fatabarnu namoyishini bostirish hodisasi kabilar.

«Inqoz» hukumati davridagi ayrim qabilaviy kurashlarning sirlari:

«Inqoz» zamonida ham juda ko‘p muammolar va qabilaviy kurashlar yuz berib, davlatni holdan toydirdi va Sudan janubining bo‘linishida va boshqa viloyatlarni bo‘lishga zamin yaratishda dastak sifatida foydalanildi. Bu ishda Bashir hukumati asosiy rolь o‘ynadi. Chunki u o‘z taqdirini o‘zi hal qilish va avtonomiya, degan narsalarga bo‘ysundi. Misol tariqasida keltiradigan bo‘lsak, Kordofanda Nubiya bilan Havozima o‘rtasida, Abьeyda Masiriya bilan Dinka o‘rtasida, Darfurdagi arab qabilalari bilan «Rizqa» o‘rtasidagi kurashlar ham hamon to‘xtagani yo‘q, faqat eski yo‘nalishida davom etyapti. Bu kurashlar Sudanni bo‘lib tashlamoqchi bo‘layotgan kofir G‘arb rejalariga xizmat qilmoqda.

Britaniyaning Sudanni bo‘lish rejasi:

Inglizlar «mustaqillik»dan oldin o‘zlarining nopok hiyla-nayranglarini ishga solib, kelajakda yurtni parchalab tashlashni osonlashtiruvchi vujudlarni paydo qilishdi, masalan «janub aholisi» kabi. Sizlarning shimol ahliga aloqangiz yo‘q, sizlar alohida vujudsiz, degan yolg‘onga ularni ishontirishdi. O‘shanda rasmiy dam olish kuni juma kundan yakshanba kunga ko‘chirildi-da, hukumat idoralarida arab tilida muomala qilindi, janubda arabcha kiyim kiyish esa, taqiqlandi. Bundan ham yomoni, janub shimol aholisiga yopib qo‘yildi. «Yopiq hududlar», deyilgan bu narsa, janubning bo‘linishi sari tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.

AQSh roli:

Bir-biriga qarshi kurashuvchi AQSh bilan Britaniya juda kichik nuqtada kelishib olishdi. Bu Sudan janubini bo‘lish, keyinchalik qolgan erlarni parchalash kelishuvi bo‘ldi. Bunda Amerikaga tobe Bashir rejimi vositachilik qildi. AQShning dengiz piyoda kuchlaridan ham, kemalaridan ham emas, balki o‘zimizning musulmon farzandlaridan foydalanildi va «tinchlik jarayoni», degan soxta yolg‘on narsa dastaklandi.

Bugungi kunda kurashni ilgari yasalgan vujudlar boshqarmoqda:

•             Sudan Inqilob Fronti: Amerika 2011 yilda janubni bo‘lishni ta’minlagach, Darfurdagi isyonchi siyosiy harakatlarni yangi qurollangan vujud sifatida to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shimol sektorining xalq harakati etakchiligi ostida bo‘lgan bu vujud 2011 yil 11 noyabrda «Sudan Inqilob Fronti», deb nomlandi. Kordofan janubidagi Kavda mintaqasidagi bu vujudga quyidagi harakatlar qo‘shildi:

•             Shimol sektori Xalq harakati;

•             Jibril Ibrohim qanoti hisoblangan Adolat va Tenglik;

•             Mani Arko Munovi etakchiligidagi Tahrir Sudan harakati, hozirda Munovi Inqilob Fronti tashqarisiga chiqib qolgan;

•             Abdulvohid Nur etakchiligidagi Tahrir Sudan harakati;

Bu vujud o‘zini diqqatni jalb qiluvchi harbiy operatsiyani amalga oshirish bilan tanitdi. Bu 2013 yil 27 apreldagi «Samih», «Vallohu Karim», «Abu Karshalon» va «Ummu Ravoba» mintaqalarini ishg‘ol etish operatsiyasi bo‘ldi.

•             Birlashgan Xalq Fronti:

Amerika 2013 yil 8 aprelda Qohirada «Birlashgan Xalq Fronti» nomli vujud ta’sis etdi. Uning tarkibiga Sudan sharqidan o‘n ettita vujud qo‘shildi. Asosiy printsiplar hujjati o‘z-o‘zini boshqarish tizimini konstitutsiyaviy lokalizatsiya qilishdan iborat bo‘ldi.

Vazirlarni tayinlashda qabila va mintaqadan foydalanish:

Sudan tepasiga birin-ketin kelayotgan hukumatlarning eng yomon qilmishlaridan biri vazirlar, viloyat hokimlari va boshqa rahbarlarni qabila va mintaqa asosida tayinlayotganidir. Zotan, «kvotalar», deb atalayotgan bu nopok uslub Inqoz hukumati davrida yanada kuchaydi. O‘tish davri hukumati qobiliyatni da’vo qilgan esa-da, afsuski, u ham suveren kengash va vazirlar kengashida kvotaga amal qildi. Aksar viloyatlarda hokimni boshqa mintaqalik ekan, deya rad etilayotgani bunga yaqqol dalildir.

Sudan ahli janubni bo‘lish o‘yinidan biror foyda ko‘rdilarmi?!

Sudan ahli janubning bo‘linishidan o‘zining eskiyu yangi tarixi davomida hech qanday foyda ko‘rgani yo‘q. Chunki Sudan janubini bo‘lishda sodir bo‘lgan hodisalar hozir Karbun viloyatida bo‘lmoqda. Shuning uchun agar Sudan ahli bundan saboq chiqarmasa, Sudanning qolgan erlari ham bo‘linib-parchalanib ketadi.

Quyidagi rasmiy bayonotlar Sudan janubini bo‘lgan Amerika ekaniga, uning qolgan erlarini ham bo‘lishga harakat qilayotganiga yaqqol dalil:

•             Sobiq prezident Bashir 2017 yil 25 noyabrda Rossiyaga safari chog‘ida «Sputnik»ning rus muxbiriga «Amerikaning sa’y-harakati Sudanni beshta davlatga bo‘lishga qaratilgan», dedi.

•             Sobiq prezident Bashir davrida vitse-prezident bo‘lgan Ali Usmon Toho bunday bayonot berdi: «Ba’zi xalqaro va regional davlatlar Sudanni bo‘lish rejasiga etakchilik qilmoqda». (Shuruq axborot tarmog‘i, 2013 yil 16 may).

•             Sobiq hukumat davrida madaniyat va axborot vaziri bo‘lib ishlagan Ahmalbilol Usmon 2013 yil 17 mayda Sudan radiosiga bergan intervьyusida «Sudanni beshta davlatga bo‘lishga qaratilgan xorijiy reja mavjud, u Janubiy Sudanning ajrab chiqishidan boshlanadi», dedi.

•             Ozodlik va O‘zgarish kuchlarining Qizil dengiz mintaqasi bo‘yicha etakchisi Muhammadnur Hoshim bunday dedi: «Yurt sharqi tashqi davlatlarning ko‘z ostiga tushgan, u erda ayrim razvedka kuchlari ish olib boryapti». (Jarida gazetasi, 2020 yil 11 avgust).

Ushbu bayonotlar Sudanni boshqarayotgan siyosatchilarning bo‘linish rejasidan yaxshi xabarlari bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Biroq afsuski ularning barchasi mustamlakachi kofir G‘arbning qo‘g‘irchoqlari bo‘lib, yurtni shu kimsalar yordamida bo‘lmoqda, shularni zaiflashtirish orqali yurt boyliklarini o‘g‘irlashni ko‘zlamoqda. Bu esa, Sudan ahlidan ushbu musulmon yurtning xolis farzandlari bilan birgalikda G‘arb rejalarini tushunib etishni va ularni barbod qilishni talab qiladi. Bu yurt hargiz bo‘linmasligi kerak, aksincha, uni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasida boshqa islomiy yurtlarga birlashtirmoq darkor.

Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.