Namoyishchilar Bayrut markazida dor tayyorlab, unga hukmron siyosiy elita suratlarini osish bilan o‘z g‘azablarini ifodalashmoqda

342
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Namoyishchilar Bayrut markazida dor tayyorlab, unga hukmron siyosiy elita suratlarini osish bilan o‘z g‘azablarini ifodalashmoqda

Shanba kuni ommaviy axborot vositalarida Livan parlamenti binosi oldida vaziyat keskinlashgani, norozilik namoyishchilari xavfsizlik kuchlariga qarata toshlar otishayotgani, xavfsizlik kuchlari esa, ularni bir burchakka qamab borish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu namoyish 160 kishining o‘limiga, 6 mingdan ziyodini jarohatlanishiga sabab bo‘lgan Bayrut portidagi portlash ortidan odamlarning hokimiyat rasmiylariga o‘z g‘azablarini ifodasi sifatida shanba kuni asrdan so‘ng boshlandi. Livanning «MTV» kanali Bayrut markaziga xavfsizlik kuchlari tomonidan tortilgan tikon sim olib tashlanishi ortidan ular bilan namoyishchilar o‘rtasida bevosita to‘qnashuv bo‘lganini alohida ta’kidladi. Namoyishchilar Bayrut markazida dorlar tayyorlab, portdagi portlashga javobgar rahbarlarning mana shunday jazolanishlari shart, degan ifoda bilan rahbarlarning suratlarini osishdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali «senlarga hukm o‘qildi», «senlar qotil, qurbonlar odildir», «hammalaringga uyat-rasvolik yog‘ilsin», «rejimdan intiqom olamiz» kabi xabarlar tarqatildi. Ta’kidlash lozimki, namoyishchilar Livan Tashqi ishlar vazirligi binosiga bostirib kirganlaridan so‘ng Livan armiyasi ularni binodan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Namoyishchilar prezident Mishelь Aunning suratini yoqishdi, rasmiylarning javobgarlikka tortilib, sud qilinishini talab qilish yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqishdi. Bu noroziliklar o‘tgan seshanba kuni Bayrut portida sodir bo‘lgan portlashga nisbatan hukumatning tutgan pozitsiyasiga xalqning g‘azabi alanga olishi manzarasida bo‘lmoqda. Namoyishchilar tashqi ishlar vazirligi binosiga «Bayrut qurolsizlantirilgan shahardir», deb yozilgan plakat osishdi. Shuningdek, ular Bayrut markazidagi Iqtisod vazirligi binosiga hamda Atrof-muhit vazirligi binosiga ham bostirib kirishdi hamda «Livan xalqini barcha vazirliklarni bosib olishga chaqirishdi».

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.