بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroq bugungi ahvoldan qutulmog‘i uchun albatta o‘z kuch-qudrati manbaiga qaytmog‘i shart
2020 yil 11 iyun kuni Iroq davlat televideniesi Iroq bilan AQSh o‘rtasida strategik muloqot boshlanganini xabar qildi. «Muloqotning asosiy yo‘nalishi Iroqda AQSh kuchlarining mavjud bo‘lib turishini hamda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni muhokama qilishdan iborat», deyiladi xabarda. «Frans 24» gazetasida bunday xabar tarqaldi: «Ilgari Iroq razvedkasiga direktorlik qilgan va amerikaliklar bilan yaxshi aloqada bo‘lgan Mustafo Kozimiyning hukumat tepasiga kelishi, shuningdek, Eron tarafdori bo‘lgan fraktsiyalarning chekinayotgani, aftidan, mamlakatda qulay imkoniyatlar yaratadigan ko‘rinadi». Gazeta Yaqin Sharq institutidan Robert Fordning quyidagi gaplarini keltiradi: «Fraktsiyalarning chekinishi Kozimiy va amerikaliklar uchun manyovr qilish imkoniyatini beradi. Ushbu strategik muloqot AQSh uchun qurilish va energetika sohasida shartnomalar imzolashiga hamda Fors Ko‘rfazi davlatlaridan yoki Jahon Bankidan yordamlar undirib olishiga imkon berishi mumkin. Amerika bu mablag‘ni bermaydi. Ammo Iroqqa qo‘llanadigan sanktsiyalarni tatbiq qilmaslikka va’da berishi mumkin. Chunki bu sanktsiya agar qo‘llansa Iroqni Erondan oluvchi energiyasidan mahrum qiladi va Kozimiyning ushbu asosiy muammosini hal qilmaydi. Rasmiylar va ekspertlarning aytishicha, ushbu muloqot uzoq vaqt davom etadigan va kelajakda hech qanday tub o‘zgarishga olib bormaydigan amaliyotning boshlanishidir, bundan boshqa narsa emas». Gazeta iroqlik bir rasmiyning gaplarini keltiradi: «Bizda hanuz amerikalik kuchlarning soni haqida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq amerikaliklar kuchlar sonini ozaytirish taklifini kiritishyapti. Shunga qaramay, AQShning o‘z askarlari sonini salmoqli darajada qisqartirishi juda qiyin narsa». Gazetada yana bir diplomatning «Iroqda amerikalik askarlar qolar ekan, alyansdagi amerikalik bo‘lmagan boshqa kuchlar ham Iroqdan chiqib ketmaydi», degan so‘zlari keltirilgan».
Roya gazetasi sharhi:
Biz bunga Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning so‘zlarini izoh sifatida keltiramiz. 2020 yil 2 iyundagi savolga javob nashrasida Abu Roshta hafizahulloh Kozimiyning Amerika bilan qanchalar aloqa qilgani va Iroq bosh vazirligi lavozimiga nima maqsadda tayinlangani to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, jumladan, bunday degan edi: «Ushbu dalillarning barchasidan Amerikaning Kozimiyga qanchalar «marhamat» ko‘rsatgani ayon bo‘lmoqda. Shu bois, Iroq ahli buni anglab etmoqlari darkor. Aks holda, kech qolishlari va pushaymon foyda bermay qolishi mumkin! Javobni bir so‘z bilan tugataman: Iroq bugungi ahvoldan qutulmog‘i uchun albatta o‘z kuch-qudrati va ulug‘ligining manbaiga qaytmog‘i shart. Qachon Iroq o‘z kuch-qudratiga qayta erishsa, o‘z sha’nini tiklaydi va AQSh, Britaniya kabi mustamlakachi davlatlarni ega oladigan buyuk davlatning markaziga aylanadi. Men Iroqning bugungi ahvoldan qutulmog‘i uchun albatta o‘z kuch-qudrati manbaiga qaytmog‘i kerak deganimda, ogoh bo‘lingkim, Islomni nazarda tutdim. Islom esa, albatta Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davtatida qudrat manbai bo‘ladi. Ushbu kalomni aytgan Kuchli va Aziz Alloh haq-rost so‘zladi:
وَلِلّٰهِ العِزَّةُ وَلِرَسُولِه وَلِلمُؤمِنِينَ وَلَكِنَّ الْمُنَافِقِينَ لا يَعلَمُونَ
«Kuch-qudrat Allohniki, Rosuliniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaydilar»
[Munofiqun 8]
Roya gazetasining 2020 yil 17 iyun chorshanba kungi 292-sonidan