Yamanda Husiylarning hokimiyatga kelishi ortida Saudiya Arabistoni turibdi

111
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yamanda Husiylarning hokimiyatga kelishi ortida Saudiya Arabistoni turibdi

Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farhon bunday dedi: «Husiylar Yamanda harbiy echimni afzal ko‘rishyapti… Ular yurt kelajagining bir qismiga aylanmoqchi bo‘lsalar, muloqotga rozi bo‘lishlari kerak».

Bu xususda doktor Abdulloh Bozib bunday deydi:

«Saud hukmdorlari har doim Husiylar Yamanda bo‘lajak hokimiyatning bir qismi bo‘lishga rozi bo‘lishlari kerak, biz birodarlari va qo‘shnilarimiz, biz ularni yo‘q qilmoqchi emasmiz, yurtdagi siyosiy echimga sherik bo‘ladilar, kabi so‘zlarni tinmay takrorlab kelishdi. Bir vaqtning o‘zida, shia Husiylaridan ozod qilish uchun Yamanga kelganliklarini da’vo qilish bilan yurt ichkarisidagi afkori ommani laqillatishdi. Bu g‘irt dajjollikning o‘zidir. Chunki Saudiyani na Islomni himoya qilish tashvishlantirsin, na sunniylarni. Aksincha, u Amerikaning mintaqadagi manfaatlarini himoya qilishdan o‘zga narsani o‘ylamaydi. Bundan Saudiya Arabistonining Amerikaga Erondan ham sodiqroq ekanini anglash mumkin. Shu bois, etti yildan beri yo‘llagan havo zarbalarining birortasi Husiylarni nishonga olmagan. Aksincha, qator xabarlarga va yamanlik rasmiylar bayonotlariga ko‘ra, Yaman armiyasi San’o tomon qadam tashlagani sari havodan Saudiya koalitsiyasining «xato» zarbalari qurboni bo‘laverdi!… Bugun saudiyalik rasmiyning bu bayonoti Husiylarni kelajakda Yaman hokimiyatiga sherik bo‘lishga undov doirasida yangramoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara ham bo‘lishi mumkin. Xuddi hozirda eronlik xo‘jayinlari bilan muzokara qilishayotgandek.

Qachongacha Yaman ahli Saudiyaning qutqarish uchun kelganiga aldanadilar?! Holbuki, aslida bu mamlakat bir dallol bo‘lib, inglizlarning Abdurobbih Hodiy hukumatini himoya qilishga qaratilgan manfaatlariga qarshi AQSh manfaatlarini himoya qiladi va uning rejalarini amalga oshiradi.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.