Omonatdorlikni bilasizmi

619
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Omonatdorlikni bilasizmi

Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تُؤَدُّوا الآمَانَاتِ إِلَى أَهْلِهَا

 „Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga buyuradi“. [4:58]

Omonat – zimmasidagi ishni to‘la, sidqidildan ado qilishdir. Omonat shar’iy takliflardir. U inson zimmasidagi hamma buyruq va taqiqlarni, hamda mas’uliyati bor bo‘lgan har bir insonni o‘z ichiga oladi, ya’ni inson mas’uliyatiga qarab yo omonatdor bo‘ladi yoki xoin bo‘lib qoladi. Xalifa, voliy, hokim, qozi, sho‘ro majlisining a’zosi, lashkar amiri, elchi, namoz o‘qiguvchi, ro‘za tutuvchi, haj qiluvchi, zakot beruvchi, hizb mas’uli, da’vat etuvchi, odamlarga ezgulikni o‘rgatuvchi, tolibi ilm, muftiy, vaqfning mutavallisi, baytul-molning egasi, sotuvchi, chamalovchi, zakotlar bo‘yicha ish yurituvchi, xirojiy erlarning boshqaruvchisi, mujtahid, muhaddis, muarrix, siyosat yozuvchi, o‘ljalar bo‘yicha ish yurituvchi, korxona mudiri, vakolat berish vaziri, ijro etish vaziri, tarjimon, maktabdagi bolalar o‘qituvchisi, oilasini boshqarayotgan erkak, erning uyiga qarab turgan xotin, tabib, doya, dori sotuvchi, emizuvchi, sherikchilik qiluvchi, ijaraga oluvchi, dorul-Xilofatning mudiri, uning qo‘l ostidagi mudirlar – savdo-sotiq mudiri, mehmonxona mudiri, garaj mudiri, oshxona mudiri, qo‘riqlash bo‘limi mudiri, ovlovchi, xotini tarafiga o‘tayotgan kishi, sir saqlovchi, axborotchi, xabarlar teruvchi, ishi taqozosi bilan telefon va internetda odamlarning xabarlarini eshitadigan jurnalist va boshqalarning – hamma-hammasining gardaniga omonat yuklangandir. Demak, omonatning sha’ni ulug‘, maydoni kengdir. Oz yo ko‘p bo‘lsin, katta yo kichik bo‘lsin, mukallafning zimmasi undan xoli bo‘lmaydi.

Masalan: namoz o‘qiguvchi, ro‘za tutuvchi, haj qiluvchilar ibodatlarni shariatda ko‘satilgandek qilishlari bilan omonatdor bo‘ladilar.

 Yoki odamlarga ezgulikni o‘rgatuvchi, tolibi ilm, siyosiy yozuvchi, tarjimon, mujtahid, muhaddis, muarrix, maktabdagi bolalar o‘qituvchisi yoki muftiy kabilar shariatga muvofiq ravishda ta’lim ishiga yondoshsalargina omonatdorlardan hisoblanadilar.

Zakot beruvchi, vaqfning mutavallisi, baytul-molning egasi, sotuvchi, chamalovchi, zakotlar bo‘yicha ish yurituvchi, xirojiy erlarning boshqaruvchisi, o‘ljalar bo‘yicha ish yurituvchi, korxona mudiri, mehmonxona mudiri, garaj mudiri, oshxona mudiri, qo‘riqlash bo‘limi mudiri, erning uyiga qarab turgan xotin, sherikchilik qiluvchi, ijaraga oluvchi, savdo-sotiq mudiri kabilar mulkka aloqador ishdagilarning omonatdorliklari shariatdan chiqmagan hollarida tasarruf qilishlarida ko‘rinadi.

Ammo oilasini boshqarayotgan erkak, tabib, doya, dori sotuvchi, emizuvchi qo‘l ostilaridagi omonatlari insonlarning jonlari, haq-huquqlari ekanini unutmasliklari kerak.

Qozi, xotini tarafiga o‘tayotgan kishi, sir saqlovchi, axborotchi, xabarlar teruvchi, ishi taqozosi bilan telefon va internetda odamlarning xabarlarini eshitadigan jurnalist kabilarning ishi juda nozik bo‘lib, omonatdor bo‘lmasliklari, ya’ni xato yoki noo‘rin bir so‘zlari bilan bir insonning hayoti, obro‘yi yoki mol-mulkiga zarar etib qolishi mumkin. 

 Xalifa, voliy, hokimlar yoki vakolat berish vaziri, ijro etish vaziri shariatni to‘la tadbiq qilsalar omonatdor bo‘ladi, aksincha xoinlar bo‘ladilar.

Yoki da’vatchilar-hizb yigitlari, ayniqsa mas’ullari Payg‘ambarimiz – “Muhammad Amin”(s.a.v) – kabi shariatga rioya qilsalar, xossatan tabanniy qilingan hukmlarni to‘la va to‘g‘ri qabul qilsalar, o‘zlaridagi omonat-Islomni  tushunarli, etarli qilib insonlarga imkon qadar etkazsalar, ayniqsa Amir tomonidan qabul qilingan qarorlarni qanday bo‘lsa o‘shandek ado qilsalargina shariat e’tiborida omonatdor bo‘lishadilar, aksincha Alloh Taologa ham, hizbga ham xoinlardan bo‘ladilar. Islomni hayotga kelishi mas’ullarlarning omonatdorliklarga bog‘liq: Huzayfa(r.a) rivoyat qiladi:

«جَاءَ أَهْلُ نَجْرَانَ إِلَى النَّبِيِّ  فَقَالُوا: ابْعَثْ لَنَا رَجُلاً أَمِينًا, فَقَالَ لأَبْعَثَنَّ إِلَيْكُمْ رَجُلاً أَمِينًا حَقَّ أَمِينٍ, فَاسْتَشْرَفَ لَهُ النَّاسُ, فَبَعَثَ أَبَا عُبَيْدَةَ بْنَ الْجَرَّاحِ»

«Najron ahli Payg‘ambar(s.a.v)ning oldilariga kelishib, bizga bir omonatdor odamni yuboring, deyishdi. Shunda Payg‘ambar(s.a.v) sizlarga haqiqiy omonatdor odamni yuboraman, dedilar. Hamma o‘sha bo‘lishga intilardi. Shunda u kishi Abu Ubayda ibn Jarrohni yubordilar» (muttafaqun alayh).

Islomni ado qilish mas’uliyati muhim va nozik bo‘lganligidan uni ado qilish uchun muomila, ahloq birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun jismonan kuchli bo‘lsa ham muomilada zaif bo‘lgan qo‘pol, insonlarni dardiga quloq solmaydiganlar bunday mas’uliyatni ado qilolmaydilar. Alloh Taolo aytadi:

فَبِمَا رَحْمَةٍ مِنْ اللَّهِ لِنْتَ لَهُمْ وَلَوْ كُنْتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لَانْفَضُّوا مِنْ حَوْلِكَ فَاعْفُ عَنْهُمْ

 وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الْأَمْرِ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ

(Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq dil bo‘lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar. Bas, ularni afv eting, ular uchun Allohdan mag‘firat so‘rang va ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning — tavakkal qiling! Albatta Alloh O‘ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi. [3:159].

 Abu Zarr(r.a.) rivoyat qiladi:

«قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ, أَلاَ تَسْتَعْمِلُنِي, قَالَ فَضَرَبَ بِيَدِهِ عَلَى مَنْكِبِي, ثُمَّ قَالَ: يَا أَبَا ذَرٍّ, إِنَّكَ ضَعِيفٌ,

وَإِنَّهَا أَمَانَةُ, وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ, إِلاَّ مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا, وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا»

«Men: «Ey Rasululloh meni ham hokim qilmaysizmi?», dedim. U kishi elkamga urib: «Ey Abu Zarr, sen zaifsan. Hokimlik omonatdir, kimki uni etarli darajada e’tibor bilan qabul qilib olib, ustiga yuklangan burchni ado etmasa, Qiyomat kunida u sharmandalik va nadomatdir», dedilar». (Muslimdan).

Bu omonatni mas’uliyatni xis qilgan er yigitlargina ko‘tara oladi. Huzayfa ibn Yamon(r.a.)dan rivoyat qililadi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) bizga shunday dedilar:

«أَنَّ الأَمَانَةَ نَزَلَتْ فِي جَذْرِ قُلُوبِ الرِّجَالِ …»

«Omonat er kishilarning qalbi to‘riga joylangan…» (muttafaqun alayh)

Omonatdorlik yo‘qolgan sari jamiyat qoloqlashib boraveradi, ikki dunyoda xor bo‘lamiz.(Alloh saqlasin). Omonatdor bo‘lmagan insonlarni bu dunyoda zakovatli-aqlli insonlar albatta biladilar va ularga nisbatan “amru-ma’ruf va nahiy-munkar” qiladilar. Lekin Qiyomatda esa hammaga ayon bo‘lib turadigan belgisi bo‘ladi. Abu Said Xudriy(r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar(s.a.v) shunday deganlar:

«لِكُلِّ غَادِرٍ لِوَاءٌ عِنْدَ اسْتِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ, يُرْفَعُ لَهُ بِقَدْرِ غَدْرِهِ, أَلاَ وَلاَ غَادِرَ أَعْظَمُ غَدْرًا مِنْ أَمِيرِ عَامَّةٍ»

«Qiyomat kunida har bir xoinning dumbasida bir bayrog‘i bo‘lib, xiyonatiga qarab yuqoriroq ko‘tarilib boraveradi. Ogoh bo‘linglarki, omma amirining xiyonatidan ko‘ra buyukroq xiyonat yo‘qdir». Muslim.

Abu Zar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.