Iqtisodiy krizis bilan moliyaviy inqirozning farqi

610
0

Iqtisodiy krizis bilan moliyaviy inqirozning farqi

Qirg‘iziston mustaqillik e’lon qilganidan shu kungacha tashqi qarzi qariyb 4 milliard dollarga etdi. Davlat mamlakatni qarzga botirdi, o‘zi ham rivojlanmadi, odamlarining yashash darajasi ham, deyarli o‘zgarmadi.

Qirg‘iz hukumati bugungi kunda pandemiyani bahona qilib xalqaro tashkilotlardan yana qarz ola boshladi. Olinayotgan pullar yana xuddi erga sepilgan suv singari singib yo‘q bo‘lib ketaveradi. Chunki mamlakatniing mustaqil iqtisodiy tizimi (mexanizmi) yo‘q. Tashqi moliyaviy qo‘llov ko‘rsatilishi mexanizmi muammoni tamoman hal qila olmaydi. Aksincha bu atayin korruptsiyani rivojlantirish yo‘li bo‘lib, mamlakatninng ichki siyosati va iqtisodini parokanda holatiga olib boradi!

Davlat iqtisodi – faqat mustaqil o‘z sanoatiga ega bo‘lish bilan rivojlanadi. Mustaqil sanoat bu – davlat o‘ziga tegishli og‘ir sanoatiga ega bo‘lishini anglatadi. Ya’ni mamlakat o‘zining engil sanoati uchun o‘zida texnika, dastgohlar va asbob uskunalar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston singari agrar davlatlarda bu iqtisodiy mexanizm yo‘q, bo‘lgan ham emas. Xalqaro siyosat bu davlatlarda aynan shu iqtisodiy mexanizm tizimi shakllanishiga tish tirnog‘i bilan qarshilik qiladi. BMTning asosiy vazifalaridan biri, olamda etakchi davlatlar bilan agrar davlatlar o‘rtalaridagi muvozanatni saqlab turishdan iborat. Buning uchun u aynan mana shu iqtisodiy mexanizmni nazorat qilib boradi.

Mamlakatda iqtisodiy mexanizmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, moliyaviy krizis bo‘lmaydi. Bo‘lsa ham vaqtinchalik ko‘rinish bo‘lib, iqtisod uni tez orada bartaraf qiladi. Aksincha iqtisodiy krizis yoki mexanizmining mavjud emasligi, mamlakatni moliyaviy krizisga olib borishi muqarrar.

Qirg‘izistonda to‘g‘ri iqtisodiy mexanizm mavjud emas. Moliyaviy tashqi yordam yoki qarzga olingan pullar unga vaqtincha muammolarni bartaraf qilgandek bo‘lib, Mamlakatning tashqi qarzi ortib boraveradi. Olinayotgan moliyaviy qarzlar, ichki qarzlarni ya’ni hukumatning o‘z fuqorolaridan va byudjetdan qarzini to‘lashga sarflanadi. Bu aylanma jarayon bo‘lib, hokimiyat har safar ichki qarzini to‘lash uchun yana tashqaridan qarz olishga majbur bo‘laveradi. Hukumat har qancha kuchli, uddaburon bo‘lmasin, bu tizim ostida mamlakatni iqtisodiy inqirozdan qutqara olmaydi. 

Demak xalqaro siyosatning olamiy g‘irrom siyosiy tizimi ostida, mamlakatning ichki iqtisodiy mexanizmini qurib bo‘lmaydi. Etakchi davlatlar bunga yo‘l berishmaydi. Albatta buning uchun mamlakat bu sistemadan tashqariga yorib chiqishi kerak! Bu esa faqat boshqa sistema (mabda’) asosida amalga oshirilishi mumkin.

Kommunistik mabda yo‘q bo‘lganidan keyin olamda kapitalizmga qarshi faqat Islom mabdasi qoldi. Kapitalizm mabdasi ichida bu olamiy tabaqachilikdan qutilib, mustaqil iqtisodiy mexanizm tizimini qurib bo‘lmaydi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.