Korruptsiya hukumatning jirkanch yuzini fosh qildi

423
0

Koronavirus epidemiyasi sababli yurtda joriy qilingan karantin manzarasida oziq-ovqat yordamining talon-toroj qilinishi korruptsiyasi hukumatning jirkanch yuzini fosh qildi

Korruptsiyani keltirib chiqaruvchi ilmoniy demokratiyani uloqtirib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo eting, Xalifalik Bangladesh xalqini qutqaruvchi yagona xaloskordir

Bangladesh xalqi «karantin» holatida kuchli oziq-ovqat krizisidan aziyat chekayotgan bir paytda, yurt bo‘ylab yordam uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinmoqda. Keng tarqalgan ushbu korruptsiya Shayxa Hasinaning siyosiy murojaati va taklifidan keyin boshlandi. Chunki hukumat koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun joriy qilgan keng ko‘lamli «karantin» orqali odamlarni aldar ekan, 30000 tonnadan ko‘proq guruch va 220 million tonna un yordam ajratilishi haqida e’lon qilgan edi. Taxmin qilinishicha, bu ish turli mintaqalardagi kam ta’minlanganlarga yordam berish uchun amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Shayxa Hasina video konferentsiya orqali, hech kim och qolmasligi uchun kunlik maoshga ishlaydiganlar, yo‘lovchilarni tashish transporti haydovchilari, transport xodimlari va boshqalarning ro‘yxatini tuzish haqida buyruq chiqargan. (Dakka Tribyun, 2020 yil 31 mart). Shayxa Hasina: «Hali odamlar gullab yashnagan hayotda yashashadi, hech kim hech qachon och va boshpanasiz hamda ilojsiz qolmaydi», deya Bangladeshning kuchliligi va gullab yashnashi haqida tinmay odamlarga eslatdi. Lekin shunga qaramay, barcha odamlar uning yolg‘onlar bilan ularni aldashi hamda ularni kasallik va baxtsizliklardan himoya qilishga harakat qilmasligini bilishadi. Hatto Shayxa Hasina kambag‘allarga ajratilgan oziq-ovqat yordamlarining suiiste’mol qilinishiga qarshi keskin choralar ko‘rilishi haqidagi ogohlantirishidan keyin ham ommaviy talon-toroj davom etmoqda. Minglagan zaifhol kambag‘allar esa, mahalliy hukumatlardan oziq-ovqat yordami ola olmasdan har kuni ko‘chalarda sarson bo‘lmoqda. Ular mahalliy hukumat vakillarining uylari va ofislarga murojaat qilganlaridan keyin ham ahvol o‘zgarmayapti. (Dakka tribyun, 2020 yil 16 aprel).

Haqiqat shuki, xoin hukumatning va’da va xitoblariga xilof ravishda kambag‘allarga hech qanday yordam ko‘rsatilmayapti. Shubhasizki, ayrim yordam va pullar har kuni provintsiyalarning idoralari orqali sarf qilinmoqda. Lekin ko‘pincha ular hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosatchilar, maslahatchilar va hukumat partiyasi a’zolaridan iborat talon-toroj bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga ketmoqda. Hukmron partiya a’zolari soxtakorlik bilan, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini odamlarga yordam mollarini tarqatayotgan qilib ko‘rsatishayotgan bir paytda, keksa yoshdagilar oziq-ovqat yordami olish uchun hukumatning ishonch raqami (333)ga bog‘langani sababli prezidentning «zarbasi»ga yo‘liqmoqdalar. (Dakka tribyun, 2020 yil 14 aprel). Boshqaruvdagi partiyaning ayrim a’zolari oziq-ovqat yordamlarini suiiste’mol qilgani uchun ahyon-ahyonda qamalayotgan bo‘lishiga qaramay, aslida ular katta kitlarni himoya qilish va rejimning jirkanch suratini yaltiroq qilib ko‘rsatish uchun balogardon sifatida ishlatilmoqda. Shayxa Hasina oldin o‘z partiyasidagi muayyan guruhning «Taraqqiyot loyihalari» orqali boylik to‘plashlariga qo‘yib bergan bo‘lsa, bugun «sistematik korruptsiyaga qarshi kurash» qarori orqali partiyadagi qolgan korruptsiyachilarning ham boyishlariga keng yo‘l ochib berdi.

Ey insonlar! Ilmoniy demokratiya saqlanib qolar ekan, korruptsiya davom etaveradi, insonlarga qonun chiqarish huquqini berayotgan ushbu korruptsiyachi rejim kuchi etganicha boylik yig‘ish uchun hukumatga ochko‘z korruptsionerlarni jalb qilaveradi. Ilmoniy hukmdorlar korruptsiyasiga qarshi kurashish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali bo‘ladi. Chunki Xalifalik davlatida hech kim qonun chiqarish huquqiga ega emas. Unda odamlarga Qur’on va Sunnatda kelgan ahkomlar tatbiq qilinadi.

Ey musulmonlar! Umar ibn Xattob roziyallohu anhudek hukmdorlarni tayyorlaydigan Xalifalikni barpo etish uchun harakat qiling. Zero, Umar roziyallohu anhu: «Agar biror tuya (yoki qo‘y yoki qo‘zi) Furot daryosi qirg‘og‘ida nobud bo‘lsa, Alloh u haqda mendan so‘rashidan qo‘rqaman», degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.