Bosqinchi yahudiy vujudi G‘arbiy Sohilning uchdan birini anneksiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda

511
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bosqinchi yahudiy vujudi G‘arbiy Sohilning uchdan birini anneksiya qilishga hozirlik ko‘rmoqda

Falastin rejimi Arab davlatlari Ligasining tashqi ishlar vazirlari darajasida mumkin qadar tezroq vaqt ichida favqulodda virtual uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi. Bu uchrashuv yahudiy vujudining G‘arbiy Sohil qismlarini anneksiya qilish niyatlariga qarshi turish uchun ko‘riladigan bir qancha choralarni muhokama qilishga qaratilgani aytildi. Bu haqda Falastinning Arab davlatlari Ligasidagi vakili Diyob Lavh o‘z bayonotida bildirdi. U jumladan bunday dedi: «Shubhasiz, «Isroil»ning G‘arbiy Sohilni yoki uning bir  qismini anneksiya qilish rejasini amalga oshirishi xalqaro qonuniy qarorlarga ziddir».

Ayni shu kontekstda, Falastin rejimi rahbari Mahmud Abbos «Agar «Telь-Aviv» G‘arbiy Sohilning biror qismini anneksiya qilishini e’lon qiladigan bo‘lsa, Falastin rejimi ham «Isroil» va Qo‘shma Shtatlar bilan tuzgan barcha shartnoma va kelishuvlarni bekor qilajagi» bilan tahdid qildi.

Yahudiy vujudi AQShning «Asr kelishuvi», deyilayotgan tinchlik rejasi bandlarini amalga oshirish uchun ketma-ket qadamlar tashlamoqda. Ma’lumki, «Asr kelishuvi» bandlarida Iordan vodiysi va G‘arbiy Sohildagi yahudiylar qurib olgan turar joylarni anneksiya qilish qayd etilgan. G‘arbiy Sohilning uchdan birini tashkil qiluvchi bu mintaqani Binьyamin Netanьyaxu bilan Beni Gants «yahudiy davlatining qutblari bo‘lgan va boy bermaslik uchun muhim imkoniyat hisoblangan mintaqa», deb aytishdi. Darhaqiqat, bu mintaqa bu ikki rahbarni o‘zaro kelishmovchiliklarni engib o‘tishga va uchinchi marta saylovlardan keyin hukumatni navbatma-navbat boshqarish uchun vazirlik portfellarini bo‘lishib olishga undadi.

Erlarni anneksiya qilishning bunday aniq yo‘nalishi annektsiya va uni amalga oshirish vaqti borasida yahudiy vujudi hukumatidagi bir qancha tomonlarning murosaga kelishi bilan yanada mustahkamlandi. Ular bu ishni iyul oyida amalga oshirishga kelishib olishdi. Shuningdek, AQShning bu yo‘nalishga javobi bilan ham bu ish yanada mustahkamlandi. Zero, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo yahudiy vujudining ayni e’loniga izoh berib: «G‘arbiy Sohildagi bu mintaqani anneksiya qilish to‘g‘risidagi nihoiy qaror Isroilga bog‘liq. Vashington esa, bu xususdagi o‘z pozitsiyasini yaqinda oshkor etilmagan tarzda yangi Isroil hukumatiga bildiradi», dedi. Bu bilan anneksiya masalasi vaqt masalasiga aylandi.

Biz muborak Falastin zamini va ahliga qarshi mana shunday harakatlar va til biriktiruvlar bo‘layotgan bir paytda shunga guvoh bo‘lyapmizki, Falastin rejimi muvaffaqiyatsizlik va omadsizlik pozitsiyasini tutib, turli uslublarni qo‘llash bilan Falastin masalasini zoe ketkazdi… yurt ahli va uning qo‘shinlarini o‘nlab yillar davomida aldab-karaxtlab keldi. Mana, Arab davlatlari Ligasi yig‘ilishini chaqirgani ham shu aldovlaridan biridir. Holbuki, bu Liga so‘nggi paytlarda uyalibgina qoralash va past ovozda qarshilik bildirishdan nariga o‘tmayapti. Falastin rejimi rahbari Mahmud Abbos ham yurt ahli va musulmonlar juda kam uchratgan o‘zining «tahdid»larini qo‘llashga o‘tdi. Chunki u har safar bosqinchi yahudiy vujudi bilan xavfsizlik va siyosiy sohada hamkorlikni davom ettirishni tinmay ta’kidlab keladi.

Ha, yahudiy vujudining G‘arbiy Sohil va Iordan vodiysini anneksiya qilishi vaqt masalasiga aylangani aniq. Bu – Falastin masalasi va Falastin ahliga echim berishga qaratilgan navbatdagi musibatdir va uning ushbu ahlimiz uchun xavfsizlik va siyosiy oqibatlari mavjud. Uni yo‘q qilishning birdan-bir yo‘li esa, Islom Ummati va uning butun armiyasining qo‘zg‘alib, zudlik bilan yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlashi hamda uning yovuzligidan nafaqat Falastin ahli va musulmonlarni, balki butun insoniyatni qutqarishidan iborat.

Falastin rejimi Xalqaro qonun, Xavfsizlik Kengashi, BMT, Evropa, Xitoy, Evropa Ittifoqi va Arab davlatlari Ligasiga kecha ham suyangan, bugun ham suyanmoqda. Biroq ularga suyanish na bir rejani bekor qilsin, na biror dushmanni tiysin. Aksincha, bu narsa yahudiylar bilan mustamlakachi kofir G‘arbning zo‘ravonligini oshirgandan oshirib, qirg‘inbarot jinoyatkor rejalarini amalga oshirishlariga yordam bermoqda. Ushbu bugungi voqelik siyosiy haqiqatlardan va shar’iy ahkomlardan g‘aflatda qolib, dushmanlardan umid qilayotgan va ularning yolg‘on va’dalariga ishonayotgan kishilar uchun yaqqol guvohlik bermoqda.

Roya gazetasining 2020 yil 6 may chorshanba kungi 285-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.