Kapitalizmda inson qadri

475
0

Kapitalizmda inson qadri

Kapitalizm tuzumida har narsadan avval iqtisodiy jihatga e’tibor qaratiladi. Chunki kapitalizm tuzumining tabiati shuni taqozo qiladi. Dunyoning barcha davlatlarida olib borilayotgan siyosatda buni ko‘rish mumkin. Ayniqsa, hozirda koronavirus dunyoni larzaga solayotgan bir paytda bu holat yana ham yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Masalan AQShda sog‘lik sug‘urtasi va davolanish uchun etardi mablag‘i bo‘lmagan kishilar shifoxonalarga qabul qilinmadi va ko‘chalarda jon taslim qildi. Uysizlar deb atalgan davlat fuqarolarining ko‘chalarda qarovsiz qolishiga davlat rasmiylari parvo ham qilmadi. Evropa davlatlarida, hatto AQShda ham qariyalar uyida qarovsiz qolgan yuzlagan insonlar yotoqlarida o‘lik holda topildi.

Bundan tashqari rivojlangan kapitalistik davlatlarda siyosatchilar inson hayotini saqlab qolishdan ko‘ra shirkatlarni saqlab qolish ahamiyatliroq ekanligini ta’kidlashmoqda. Shunday ekan, dunyodagi kapitalist davlatlar iqtisodiy barqarorlikni xalqning sog‘ligidan va hayotidan ustun qo‘yishi tabiiydir. Ularning nazarida virusning eng katta xatari insonlarni hayotdan olib ketishi emas, balki iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishidir. Ular insonlar o‘lsa ham, kapitalizm tuzumi har doim davom etishi shart deb bilishadi. Agar kapitalizm charxining iqtisod tishi sinsa kapitalizm tuzimi aylanishdan to‘xtaydi. Shuning uchun ular kapitalistik iqtisodni saqlab qolish uchun jon-jahdi bilan harakat qilishmoqda.

Amerikada bir kunda minglagan odam o‘layotganiga qaramay, hukumat iqtisodni qayta tiklash payiga tushdi. AQSh moliya vaziri Stiven Tyorner Mnuchin Oq uy ma’muriyati koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini bartaraf etish uchun bir trillion dollar sarflashga tayyorligini bildirdi. AQSh prezidenti Donald Tramp virus haqida nutq so‘zlaganda asosiy mavzuni insonlar hayotini saqlab qolishga emas, balki iqtisodni saqlab qolishga qaratdi. U komendantlik soatini tugatish va iqtisodni tiklashga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlar ekan, “…chunki karantin oqibatida iqtisodning kasodga uchrash zarari koronavirusning zararidan kattadir», “Men AQSh davlatining iqtisodiy yo‘lini ochishga majburman”,  dedi.

Amerikada yashayotgan siyosiy mutaxassis doktor Mehmet Chilingiro‘g‘li shunday deydi: “Donald Tramp chegaralarni va karantinni tezroq ochishni xohlaydi. Unga ko‘ra o‘lgan o‘lsin, qolgan qolsin, iqtisodni ushlab qolish zarur. Ammo shtatlar gubernatorlari bunday qilolmayapti, chunki ular o‘zlarini va saylovdagi holatlarni o‘ylayapti. Hozirda virusga chalinganlar orasida tanlash va ularni bir biridan ustun ko‘rish odatiy holga aylandi, ya’ni Amerikada sog‘lik tizimi ham quladi”.

Bu hol G‘arb madaniyatini sharmandasini chiqarmoqda. Ularning inson huquqlarini himoya qilish va erkinliklarni kafolatlash, degan da’volarining soxtaligini ochib tashlamoqda.

Koronavirus qarshisida Amerika sog‘liqni saqlash tizimining og‘ir ahvolda qolshining asosiy sababi ham sug‘urta shirkatini insonlar sog‘ligidan ustun qo‘yilishiga borib taqaladi. Masalan Amerika sog‘liqni saqlash sektoriga har yili 3.6 trillion dollar sarflaydi. Bu mablag‘ning asosiy qismini sug‘urta shirkatlari cho‘ntagiga uradi. Ya’ni AQSh hukumati sog‘liqni saqlashdek hayotiy muhim masalani xususiy shirkatlar qo‘liga topshirgan va ushbu shirkatlar huquqini himoya qilish uchun davlat hatto qonunlar ham ishlab chiqqan. Bu esa, ushbu ulkan mablag‘larning aksar qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir hovuch kapitalistlarning hamyoniga tushishini ta’minlaydi.

Demak, G‘arbning koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatsizligi boylik va imkoniyatlarning ozligidan emas, balki kapitalistik sistemada mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash mexanizmining yo‘qligidan kelib chiqmoqda.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Kapitalistik tuzumda inson huquqini himoya qilish deganda boylarning huquqi nazarda tutiladi. Bu tuzumda doim badavlat va mashhur guruhga e’tibor beriladi, oddiy odamlar esa ularining manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. G‘arb da’vo qilayotgan «inson huquqlari» uning jirkanch mustamlakachilik basharasini yashirishdan o‘zga narsa emas.

Mana shulardan ko‘rinib turibdiki, G‘arbning “inson huquqlarini himoya qilish” va “ayollar huquqini himoya qilish” iddaosi quruq safsata va o‘z dunyo qarashlarini Islomiy o‘lkalarga tiqishtirish uchun qo‘llaydigan hiyla nayranglaridir. Masalan, sog‘lik ham inson huquqlaridan biridir. Agar kapitalizmga asoslangan G‘arbning inson huquqlarini himoya qilishni har narsadan ustun qo‘yish da’vosi rost bo‘lsa, u avvalo o‘z fuqarolarining huquqlarini himoya qilishi kerak emasmi?!

Aslida G‘arbning Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yaqin Sharqda qilgan ishlari ularning inson huquqlarini himoya qilish da’vosining sohtaligini allaqachon isbotlab qo‘ygan edi. Kapitalizm “inson huquqlari” va “ayollar huquqini himoya qilish” haqida gapirayotgan bir vaqtning o‘zida Iroq, Afg‘oniston, Vьetnam va boshqa yurtlarda minglagan odamlarni vahshiylarcha o‘ldirdi. Odamlar ko‘z o‘ngida xalqaro taqiqlangan qurollarni ishlatib, eng xunuk terroristik jinoyatlarni sodir etdi. Yoshu qari, ayolu erkak demay shafqatsizlarcha qirdi.

G‘arb o‘zi chaqirayotgan «inson huquqlari» qadriyati uchun o‘zining iqtisodiy manfaatlaridan aslo voz kechmaydi. Chunki kapitalizm mabdasi manfaatparastlik fikratiga asoslanadi. Shuning uchun bu olam kapitalizm changalidan qutulib, uning o‘rnini insoniyat uchun faqat yaxshilik olib keladigan Islom siyosiy nizomi egallasagina adolat va insof nimaligini his qilishi mumkin, aks holda zulmat girdobida qolib ketaveradi.

Ammo bu o‘z-o‘zidan bo‘lib qoladigan ish emas. To‘g‘ri, kapitalizm mabdasining qulab borayotganligi va uning qarshisida Islom mabdasining qad rostlab turganligini G‘arb mufakkirlarining o‘zlari ham tan olishmoqda. Lekin bu kapitalizmning o‘rnini Islom egallaganini anglatmaydi. Aksincha bu ish Musulmonlardan mehnat, mashaqqat va qurbonliklar talab qiladi. Bu Ilohiy qonundir. Allohning nusrati ro‘yobga chiqishi va Islom hukmlarining hayotga qaytishi uchun albatta ongli harakat lozimdir. Shunday ekan, qadrli Musulmonlar, belni mahkam bog‘lab Islomiy hayotni qayta boshlash uchun ongli, muxlis Musulmonlar bilan elkama-elka harakat qilinshga shoshiling, fursatni qo‘ldan boy bermang.

إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ ۩ لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ

Albatta mana shu ulug‘ baxtning o‘zidir. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.