Konstitutsiya kuni: inson aqli qonun chiqarishdan ojiz…

592
0

Konstitutsiya kuni: inson aqli qonun chiqarishdan ojiz…

SSSR qulaganidan so‘ng uning merosxo‘ri Rossiya, shuningdek, undan ajrab chiqqan va sohta mustaqillik olgan respublikalar ham – sotsializmdan kapitalizmga olib o‘tgan – konstitutsiyalarni qabul qilishdi. Ya’ni, mazkur konstitutsiyalar demokratik aqidadan kelib chiqib, uning nomi ostida kapitalizm qonunlarni tatbiq qilinishiga asos bo‘lib berdi. Shunday qilib, sohta mustaqillik olgan respublikalarda bu konstitutsiyalar mustamlakachilar nufuzlarini mustaxkamlovchi uslublardan biri bo‘lib qoldi. Bizdagi konstitutsiyalarni “demokratik printsiplarga mos kelishi”, “xalqaro normalarga zid kelmasligi”, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat qilib turilishi – jozibador so‘zlar bilan qanchalik bezatilmasin – bizning mustamlaka ekanligimizga dalolat qiladi.  

 “Mustaqillikka erishgan”lar qatorida Qirg‘izistonda ham “afsonaviy parlament”1993-yil 5-mayda mamlakatni sotsializmdan kapitalizmga olib o‘tgan konstitutsiya qabul qildi. Bundagi eng e’tiborli jihat davlat mulkini xususiylashtirish bo‘ldi (erdan boshqa).

 Mustamlakachilar mustamlaka davlatlar boyliklarini toshib ketish, xalqini qul qilish uchun ularning ustiga o‘z malaylarini hokim qilib qo‘yishadi. Bu hokimlar esa mustamlakachilarga malaylik qilishdan tashqari o‘z hokimiyatlarini mustahkamlashda biz so‘z yuritayotgan konstitutsiyalardan foydalanishadi.

 Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar birinchi bor 1994-yili kirgizildi. Bu orqali prezident Akaev o‘z salohiyatlarini kengaytirib, 105 odamdan iborat “qo‘lbola” qo‘shpalatali parlamentni olib kelishga yo‘l ochdi (bunga qadar 350 deputatdan iborat bo‘lgan “afsonaviy parlament” tarqatib yuborildi).

 Ikkinchi o‘zgartirish 1996-yili bo‘ldi. Bu orqali prezident vazirlar, mahalliy hukumat rahbarlarini o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi va parlamentni tarqatib yuborish huquqini oldi.

 1998-yilgi o‘zgartirishlarda, er xususiy mulk sifatida beriladigan bo‘ldi. Bu sotsializmdan kapitalizmga bosqichma-bosqich o‘tish loyihasi doirasida ishga oshdi.

 2001-yilgi o‘zgartirishlarda, asosan, rus tili rasmiy til bo‘lib kiritildi. Bu Rossiyaning bevosita xo‘jayin sifatida tan olish va uni rozi qilish ilinjida bo‘ldi.

 2003-yilgi o‘zgartirishlar bo‘yicha, fuqarolarning namoyishlar o‘tkazishlariga cheklovlar kiritildi, sobiq prezidentga nisbatan daxlsizlik qabul qilindi, sobiq prezidentning yaqinlari davlat byudjetidan ta’minlanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, prezident qatorasiga ikki martadan ko‘p saylanish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa Akaev prezidentligi uzluksiz davom etishini bildirar edi. Shuningdek, parlament 90 deputatdan iborat bo‘lib bir palataga aylantirildi va partiyaviy tizimda saylanadigan bo‘ldi. Bu o‘zgartirishlar ham Akaev oila a’zolarining hukmronligiga xizmat qilar edi. Shu sababli ham 2005-yilgi parlament saylovlarida Bermet Akaevaning “Olg‘a Qirg‘iziston” partiyasi ko‘pchilik ovoz bilan g‘olib chiqdi. Xalq bunga qarshi chiqib, 2005-yilgi to‘ntarishda Akaev quvib yuborildi, hokimiyat tepasiga Bakiev keldi. 

 Bakiev hokimiyatga kelganida uning dastlabki davri “konstitutsiyaviy kurash” yillari bo‘ldi. 2006-yilning ikki oyi ichida (noyabr-dekabr) konstitutsiyaga ikki marta o‘zgartirishlar kiritildi. Bunga bakievchilar bilan uning muxoliflari kelishmovchiliklari sabab bo‘ldi. Bir yildan keyin, 2007-yili yangi konstitutsiya qabul qilindi va shu sababli 2005-yilda saylangan partament tarqatib yuborildi. Bo‘lib o‘tgan parlamentga saylovlarida Bakievning “Oq yo‘l” partiyasi g‘olib bo‘ldi.

 2010-yili Bakiev ag‘darilganidan so‘ng yana yangi konstitutsiya qabul qilindi. Bu konstitutsiya Rossiya mustamlakachiligiga qarshi, Qirg‘izistonga G‘arb mustamlakachilarining kirib kelishi doirasida bo‘ldi. Chunki, G‘arb mustamlakachilari Rossiyaga qarshi kurashda “demokratiyalashuv”, “oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “inson huquqlari”, “parlamentlik boshqaruv” va shu kabi fikrlarni ishga solib keladi. Bular orqali Rossiyaning mustamlakalariga qarata olib borayotgan zulmlarini ochib tashladi. Shunday qilib, Qirg‘izistonda 2010-yili hukumat tepasiga G‘arbga moyil siyosatchilar kelib, konstitutsiyani shular tuzishdi. Bu konstitutsiyaga o‘sha vaqtdagi Rossiya prezidenti Medvedev qarshi chiqqan, Venetsiya komissiyasi esa olqishlagan edi.

 2010-yilgi konstitutsiyada 2020-yilga qadar o‘zgartirishlar kiritilishiga taqiqlangan edi. Biroq, bu moratoriy 2016-yilga qadar tura oldi. Atambaev 2016 yili yana o‘zgartirishlar kiritdi. Xalqaro jihatdan qaraganda, Atambaev Rossiyaning ko‘nglini olish, inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bitimlari davlat qonunlaridan ustun bo‘lmasligi, shuningdek, bir jinsli nikohlarni ma’n qilinishini o‘z ichiga olgan o‘zgartirishlar kiritildi (bu moddalar bilan mahalliy xalq tuyg‘ularini ham qitig‘ladi). Mahalliy siyosatdan qaraganda, bosh vazir vakolatlarini kengaytirdi. Bu orqali o‘zi hokimiyatdan ketganida, o‘zi tayinlagan prezident bilan bosh vazir o‘rtasida muvozanatni saqlab, parda ortida hokimiyatni ushlab qolishni rejalashtirdi. Biroq, ishlar u o‘ylagandek chiqmadi.

 Amaldagi hukumat konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritadimi yoki yo‘qmi bundan qat’iy nazar, bu konstitutsiya kufr konstitutsiyasi hisoblanadi. Chunki, uning asosi – demokratiya kufr aqidasi, undan kelib chiqqan qonunlar esa – demokratik-kapitalistik qonunlar.

 Ey musulmonlar, bu konstitutsiyalardan kimlar qanday foydalanib kelayotganini ko‘rib turibsizlar. Ular sababli bo‘ynimizga qullik zanjirlari ilinmoqda. Shuningdek, ularga rozi bo‘lganlar uchun oxiratda azob bor.

 Bularga muqobil ravishda, Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi – asosi islomiy aqida, qonunlari shariat hukmlari bo‘lgan – Islomiy davlatning konstitutsiya loyihasini taklif qilib kelmoqda. Shuning uchun buni yana bir bor aql torzinglarga solib ko‘rishga chaqiramiz. Eslatib o‘tamiz, unda bu dunyodagi azizlik, Oxiratda ajr bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.