Kapitalizm hazorati mevalaridan: narxlarni ko‘tarish, tovlamachilik va tibbiy niqoblar urushi

406
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizm hazorati mevalaridan: narxlarni ko‘tarish, tovlamachilik va tibbiy niqoblar urushi

«Frans 24» veb-sayti (hijriy 1441 yil 11 sha’bon, milodiy 2020 yil 4 aprel shanba kuni) nashr qilgan maqolada bunday deyiladi:

«Etarli miqdorda tibbiy niqoblar ishlab chiqishdan ojiz bo‘lgan davlatlar koronavirus tarqalishi sababli bunday niqoblardan milliardlabini qidirib, asosan Osiyoga yuzlanmoqdalar. Raqobat shiddatli tus olgani sababli jahon iqtisodiy almashinuvini boshqarishi kerak bo‘lgan yaxlitlik qoidalari buzildi.

Bir tomonda amerikaliklar ko‘proq pul taklif qilib, Frantsiya uchun mo‘ljallangan tibbiy niqoblarni Xitoy aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidayoq «o‘g‘irlab olishgan» bo‘lsa, boshqa tomonda, frantsiyaliklar yoki chexlar ham xuddi shunday qimmatbaho mollarni «egallab olishdi»… Koronavirus tarqalishini oldini olish uchun barcha darajalarda kurash avj olayotgan bir paytda, tibbiy niqoblar uchun ayovsiz musobaqa ketmoqda.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo «Kanada radiosi» xabarida aytilgan ma’lumotlar borasida «qattiq xavotir» bildirib, bu borada tergov-surishtiruv olib borilishini talab qildi. Xabarda aytilishicha, Xitoydan Kanadaning Kvebek provintsiyasi uchun sotib olingan tibbiy niqoblar savdo kelishuvida ko‘rsatilgan miqdordan juda kam bo‘lgan va uning aksar qismi «yuqori talabgor» bo‘lmish AQSh tomonidan sotib olingan.

Mart oyida jo‘natmalarga kuzatuvchilik qilish uchun Xitoyga borgan Ukraina deputati Andrey Motovilovetsь o‘zining feysbuk sahifasida «tibbiy ashyolar ustida dahshatli raqobat»ga guvoh bo‘lgani haqida yozadi. «Xitoy fabrikasiga borgan bizning konsullik vakillari u erda Rossiya, AQSh va Frantsiyadagi hamkasblariga duch kelishdi, ular fabrikaga biz buyurtma bergan mollarni olgani borishgan ekan. Ammo Xitoy bilan bitim imzolab, buyurtmalarimiz uchun oldindan pul o‘tkazmalarni amalga oshirib qo‘ygandik. Biroq ular naqd pul to‘lab, mollarning aksar qismiga ega chiqib olishdi. Biz har bir jo‘natmalar uchun o‘zaro talashib-tortishyapmiz», deydi o‘z sahifasida.

Frantsiyaning Ilь-de-Frans regioni meri Valeri Pekress xonimning ta’kidlashicha, «Amerikaliklar o‘ylanib o‘tirmasdan naqd pul to‘lab qo‘yishyapti. Bu esa, aslida, ma’lum tomonlarni bir-biriga yovlashtirish hisoblanadi va har bir tomonning savdo bitimini butun dunyoga ziyon-zahmat etadigan tarzda imzolashiga olib bormoqda».

Slovakiya sobiq bosh vaziri Peter Pellegrini 15 mart kuni «TA-3» telekanaliga bergan intervьyusida o‘z mamlakati Ukraina bilan naqd pulga millionlab tibbiy niqob sotib olishga kelishib olganini aytar ekan, bunday deydi: «Biz 1.2 million evro solingan chemodanni tayyorlab qo‘ygandik. Tibbiy niqoblar olish uchun maxsus hukumat safarini amalga oshirishimiz kerak edi. Biroq bizdan oldin nemis vositachilari etib borib, molni kimoshdi savdosi bilan sotib olib qo‘yishdi».

Bunga o‘xshash voqealar Evropa Ittifoqida tez-tez kuzatilmoqda. Masalan, Frantsiya kabi bir qator Ittifoqqa a’zo davlatlar tibbiy mollarni eksport qilishni taqiqlashdi yoki musodara qilishni talab qilishdi.

«L’Express» jurnalida aytilishicha, «Frantsiya 5 mart kuni o‘z erlarida Shvetsiyaning tibbiy mollar bilan shug‘ullanuvchi «Myolьnlyukke» kompaniyasining tibbiy niqoblarini musodara qilgan. Bu mollar Ispaniya va Italiyaga ketayotgan bo‘lgan. Chexiya Respublikasi ham niqoblar partiyasini musodara qildi, ularning bir qismi Italiyaga topshirilishi kerak bo‘lgan».

Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.