Hindiston davlati Kashmirda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

453
0

Hindiston davlati Kashmirda boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Bajva-Imron rejimi esa, Kashmirni ozod qilish uchun qurolli kuchlarni ishga solish o‘rniga muammoni echib berishlarini so‘rab mustamlakachi davlatlarga murojaat qilmoqda

Hindiston davlati bosib olingan Kashmir ustida o‘z changalini mustahkamlash uchun yana bir hujumni amalga oshirdi. Bajva-Imron rejimi esa, eski odatiga ko‘ra, tvitterdagi tvitlari orqali Hindistonni qoralashni davom ettirmoqda. Go‘yo bu tvitlar ularning o‘z mas’uliyatini bajarayotganiga kifoyadek. Shuningdek, qurolli kuchlarni safarbar qilish uning vazifasi bo‘lgan bu rejim – go‘yo uning yolg‘iz vazifasi yuz berayotgan hodisalarni olamga etkazishdan iboratdek – xabar tarqatish bilan kifoyalanmoqda. Yana u mas’uliyatni o‘z qo‘liga olishlarini so‘rab BMTdagi katta kuchlarga, shu jumladan Amerikaga ko‘z yosh to‘kmoqda, go‘yo ular Islomni qabul qilgandek. Hindiston davlati esa, 2020 yil 31 martda kashmirlik bo‘lmagan kishilarga ayrim ramziy shartlarni bajarganidan keyin Kashmir fuqarosi bo‘lishiga ruxsat berilishi to‘g‘risida xabar berdi. Hukumatning to‘rtinchi toifali vazifalaridan (xizmatkorlardan) tashqari barcha yuqori lavozimlarda kashmirlik bo‘lmagan kishilar ishlashi aytildi. Hindiston davlati 2019 yil 5 avgustda Kashmir mustaqilligini bekor qilib, uni Hindistonning bir qismiga aylantiradigan qonun qabul qilgan edi. Kashmir ahli esa, bor kuchi bilan bu yurishga qarshi chiqdi. Komendantlik soati e’lon qilinganiga sakkiz oy bo‘ldi, qama-qamalar, qiynoqlar va qurol yordamida yo‘q qilib yuborishlar davom etmoqda. Lekin Hindiston Kashmirni o‘z tarkibiga qo‘shib olish qaroriga u erdagi musulmonlarni itoat qildira olmadi. Hindiston hukumati aksar aholisi musulmon bo‘lgan Kashmirning demografik holatini musulmonlar etnik ozchilikni tashkil qiladigan holatga aylantirishga kirishdi. Hukumat bu ishni musulmon ham bo‘lmagan, kashmirlik ham bo‘lmagan kimsalarga Kashmir fuqaroligini berish orqali amalga oshirmoqda… Maqsadi, o‘z hukmronligini kuchaytirishdir.

Milliy davlat degan tushunchani qabul qilgan ushbu demokratik kapitalistik rejim o‘zining «milliy manfaat»ga asoslangan tashqi siyosati bo‘yicha ham harakat qilmadi. Shuning uchun mustamlakachi kuchlarga murojaat qilib, Kashmirdagi musulmonlardan yuz o‘girmoqda. Pokiston bunday siyosat bilan hech qachon Kashmirni ozod qila olmaydi. Bu har bir ko‘zi ochiq va ongli kishi uchun yorqin haqiqatdir. Darhaqiqat, musulmonlar Xalifalik davlati soyasida o‘n uch asrdan ko‘proq vaqt davomida o‘z manfaatlarini ta’minlab kelishdi. Xalifalik davlatining buyukligi shu darajaga etdiki, xalifaning qurolli kuchlarni ishga solish bilan qo‘rqitishi ayrim hollarda musulmonlar manfaatini himoya qilishga kifoya qilar edi. Allohning ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan eng kichkina maxluqotlaridan biri bo‘lgan koronavirus bugungi olamiy nizom jon talvasasida ekanini va olamshumul iqtisodiy inqiroz yuz berishi aniqligini fosh qildi. Agar sigirga sig‘inuvchilar Kashmir ustida o‘z changalini mustahkamlash uchun koronavirusdan foydalanayotgan ekan, musulmonlarning Xalifalikni qayta barpo qilish uchun bunday qulay fursatdan foydalanishlariga nima to‘sqinlik qilyapti? Amerika, Britaniya Rossiya, Frantsiya va Xitoy kabi davlatlar koronavirus tarqalishi sababli falajlanib, iqtisodi qulash arafasida turganida musulmonlarni bundan nima to‘syapti?! Bugun Pokistonda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilish uchun va Afg‘oniston, O‘rta Osiyo, O‘rta Sharqni birlashtirish vaqti keldi. Bugun mintaqada Ummatga jon kiritish va qo‘zg‘atish yo‘liga to‘sqinlik qiladigan birorta kuch yo‘q. Kashmir, Falastin, Birma va Afg‘oniston kabi bosib olingan musulmon yurtlarni ozod qiladigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikdan boshqa biror davlat bormi?! Aqli bor kishi mustamlakachi kuchlarga ko‘r-ko‘rona malaylik qilayotgan Bajva-Imron rejimidan umid qiladimi?! Axir, bu rejim ochiq ko‘r bo‘lsayu, qanday qilib undan qurolli kuchlarni bosib olingan Kashmirni ozod qilish sari safarbar qilishni kutish mumkin?! Ey Pokiston qurolli kuchlaridagi zobitlar nimani kutyapsiz? Oldinga qarab qadam tashlang va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilish uchun qurolli kuchlarni ishga soling.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.