«Pekin+25: ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi?» nomli muhim va olamshumul onlayn-konferentsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi

427
0

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanotining «Pekin+25: ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi?» nomli muhim va olamshumul onlayn-konferentsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti 4 aprel shanba kuni internet orqali: «Pekin+25: ikki jins o‘rtasidagi tenglik niqobi o‘z kuchini yo‘qotdimi?» nomli muhim va xalqaro konferentsiyani muvaffaqiyatli darajada o‘tkazdi. Ushbu konferentsiya shu mavzu haqida uch hafta davom etgan olamshumul kampaniyaning yakuni bo‘ldi. Konferentsiyada Hizb-ut-Tahrirning Falastin, Turkiya, Indoneziya, Tunis, Avstraliya, Livan va Britaniyadagi a’zolaridan iborat opa-singillarimizning nutqlari yangradi. Konferentsiya ingliz, arab, turk, indonez tillarida olam bo‘ylab uzatildi va uni o‘n minglagan odamlar tomosha qildi.

Konferentsiya feminizm va gender tenglik tushunchasining o‘tmish va hozirda tarqalishidan ideologik maqsadlar nima ekani to‘g‘risidagi nutq bilan boshlandi. Unda mustamlakachi kapitalistik davlatlar o‘z e’tiqodlari hamda ilmoniy liberal nizomlarini islomiy yurtlar va butun dunyodagi islomiy diasporalarga majburan kirgizish, o‘z hukmronligi va manfaatlarini saqlab qolish va Islomning qayta tiklanishini oldini olish uchun o‘sha tushunchadan vosita sifatida foydalanayotgani tushuntirildi. Konferentsiyada ayol haqidagi xalqaro masalalar siyosiylashtirilgani hamda u G‘arbning ilmoniy fikrlari va rejalari asosida yurgizilayotgani to‘g‘risida aytildi. Shuningdek, ayollar yo‘liqayotgan son-sanoqsiz va katta muammolarning echimlari va haqiqiy sabablari hamda turli qadriyatlar, shu jumladan Islomning ayol hayoti, oila hayoti va jamiyatga bo‘lgan haqiqiy ta’siri o‘rganilmayotgani to‘g‘risida aytildi.

Ikkinchi nutq «Gender tenglik tushunchasini parchalash» haqida bo‘ldi. Unda ayolga imkoniyat yaratish va himoya qilish hamda uning hayotini yaxshilash haqidagi siyosat va qonunlar muvaffaqiyatsizlikka uchragani keng yoritildi. Shuningdek, ayol kishi bugun yo‘liqayotgan turli muammolarning asosiy sababi gender tenglik yo‘qligidan emas, balki muammolarning sababi olamning barcha joylaridagi davlatlarda inson o‘ylab topgan aqidalar, qiymatlar hamda kapitalistik va sotsialistik nizomlar ekani yoritildi.

Uchinchi nutqda Pekin deklaratsiyasining musulmon yurtlari ichkarisidagi ijtimoiy islomiy ahkomlarni bekor qilishga qaratilgan programmasi va rejalari hamda ayni maqsadni amalga oshirish uchun islomiy yurtlardagi hukumatlar va xalqaro tashkilotlar qo‘llayotgan mexanizmlar fosh qilindi.

To‘rtinchi, beshinchi va oltinchi nutqlarda xotin qizlarni ta’lim bilan ta’minlash, ayol kishining iqtisodiy huquqlarini kafolatlash va qurolli to‘qnashuvlarda ayolni himoya qilish kabi strategik g‘oyalarning muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida aytildi. Shuningdek, ayol kishining ushbu huquqlarini ta’minlash uchun islomiy programmaning sof echimi taqdim etildi. Bundan tashqari, «Ayol kishini turli vazifalarga tayinlash» nomli gender tushuncha qoralandi. Yana kapitalistik davlatlar ayollarning yashash sharoitini haqiqiy shaklda tuzatish o‘rniga ularni o‘z iqtisodlarini harakatlantiruvchi motor sifatida ishlatish uchun o‘sha tushunchadan foydalanayotgani haqida aytildi.

Oxirgi nutq «Islom: ayolga haqiqiy imkoniyat beradigan yagona yo‘l» nomi ostida bo‘ldi. Unda Islom hamda uning siyosiy nizomi bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik asoslar, qonunlar va sog‘lom nizomlarni tamsil etishi haqida aytildi. Nutqda aytilishicha, bu asos, qonun va sog‘lom nizomlar ayolning jamiyatdagi o‘rnini, onalik rolini mustahkamlaydi, ayol yo‘liqayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiladi, qashshoqlikka barham berib, farovonlikni ro‘yobga chiqaradi, ayolni zo‘ravonlik, ekspluatatsiya va zulmdan himoya qiladi, uning yaxshi ta’lim olishiga va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishiga imkoniyat yaratib beradi hamda xavfsiz muhitda o‘z rolini natijali va faol bajarishiga yo‘l ochadi. So‘nggi nutq olamning barcha joylaridagi muslima ayollarni roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun faoliyatga qo‘shilishga chaqirish bilan tugadi.

Kelgusi haftalarda Alloh xohlasa bir necha maqolalarni o‘z ichiga olgan hamda konferentsiya va kampaniya davomida ko‘tarilgan masalalarni yoritgan kitobcha turli tillarda chiqariladi.

Konferentsiyada so‘zlangan nutqlar, kampaniya materiallari va kitobchani olish uchun ushbu adresga murojaat qilishingiz mumkin:

https://hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/66354.html
https://www.facebook.com/WomenandShariaAR

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.