Evropada Rossiya gazining narxi arzonlab ketdi Qirg‘izistonda aksincha, qimmatladi

486
0

Evropada Rossiya gazining narxi arzonlab ketdi

Qirg‘izistonda aksincha, qimmatladi

 “Interfaks” agentligining 31-martdagi xabariga ko‘ra, Rossiyaning Evropaga eksport qilayotgan gazining narxi ming kubi uchun 80$ga tushgan. Jahon bozorida neftning narxi qariyb 60%ga arzonladi. O‘tgan yil mobaynida bir barrel neftning narxi 60-70 dollar atrofida sotilayotgan edi. Shu yilning mart oyidan uning narxi deyarli 60%ga arzonlab, 25 dollar atrofiga tushib qoldi. Olam energetika tendentsiyasiga ko‘ra, neftning narxi arzonlashishi gazning narxini ham tushirib yubordi. Rossiya har ikkala energoresurslarini dunyoda arzon narxda sotyapti. 

 Lekin Rossiyaning Qirg‘izistonga etkazib berayotgan gazining narxi ham, sotayotgan neft mahsulotlarining narxi ham arzonlamadi. Aksincha, qimmatladi! Rossiya O‘zbekiston gazini Qirg‘iziston fuqarolariga 221$ dollar, hozirgi kursga muvofiq 17600 som, korxonalarga 267 dollar ya’ni 21300 comga sotadi.

 Belorusiya, Rossiyadan ming kubometr gazni 127 dollardan olayotganidan norozi bo‘lib, 45 dollarga tushirib berishini qattiq talab qildi.

 Qirg‘iziston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga mamlakatning butun gaz etkazish tarmog‘ini 1 dollarga sotib yuborgan. Bu tarixiy xiyonat bo‘lib, xoin hokimiyat o‘z kreslolarini xalq manfaatidan afzal ko‘rish oqibatidan kelib chiqqan ahmaqona shartnoma edi. Oqibatda hukumat, o‘z fuqarolari uchun gaz narxini arzonlatishini so‘rashga ham botina olmaydi. Rossiya (gazprom) esa Qirg‘iz fuqarolari oldida hech qanday javobgarlikni zimmasiga olgan emas. Demak gazpromga talab qo‘yishdan faqat Qirg‘iziston hukumati javobgar! Biz Gazpromdan gazning narxini olamiy baho bo‘yicha o‘zgaruvchan qilib, arzonlatib berishini hukumatdan talab qilishimiz kerak!

 Shu kunda Tojikiston O‘zbekistondan gazni ming kubiga 120 dollardan sotib olyapti. Qirg‘iziston hokimiyati esa, gazprom bilan til biriktirib, o‘sha vaqtda O‘zbekiston bilan o‘rtada keskinlik paydo qilishdi. Bir necha muddat O‘zbek gazini to‘xtatib qo‘yish bilan yuqoridagi shartnomani imzolashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu juda katta davlatlararo firibgarliklardan biri edi.

 Islomiy mamlakatlar bir birimiz bilan kelisha olmagan manfaatlarimizni kufr olami etakchilari kelishtirish yo‘li bilan har ikkimizni ham to‘nab borishyaptdi. Rossiya O‘zbekistonning gazini bevosita o‘zi so‘rib oladi. O‘zbek gazini olam narxidan bir-necha barobar qimmat narxda sotib, xalqni qiynalib topayotgan naqd pullarini shilib olish yo‘li bilan bizni ham to‘namoqda.

 Qirg‘iz hukumati esa, koronavirus vahimasi ortiga berkinib olib, xalq oldida zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelyapti. Shu kunlarda karantin holatida ham gazning narxi osmonda. Fuqarolar uy qamog‘ida saqlanishga qattiq majburlanmoqda. Lekin hukumat gazni vaqtincha bekor qilib turish u yoqda tursin, uning narxini bir-oz arzonlatish haqida hatto fikr yuritishga ham yo‘l bermayapti. Vaholanki Qirg‘iziston xalqi Evropa fuqarolaridan deyarli bir necha o‘n barobar nochor hayot kechiradi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.