Hizb ut-Tahrir a’zolari G‘azo sektori markazida «Tramp kelishuvi va unga qarshi turish yo‘llari» nomli forum o‘tkazdilar

543
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir a’zolari G‘azo sektori markazida «Tramp kelishuvi va unga qarshi turish yo‘llari» nomli forum o‘tkazdilar

Hizb ut-Tahrir a’zolari 2020 yil 27 fevral payshanba kuni oqshomda G‘azo sektori markazida «Tramp kelishuvi Oslo shartnomasining nopok mevasi va davomchisidir, bas, unga qarshi qanday kurashish kerak» nomli forum o‘tkazdilar. Forumda ustoz Toriq Abu Aribot nutq so‘zladi.

Ustoz o‘z nutqining boshida Trampning bir yarim milliard sondagi Ummatni pisand qilmay, mana shunday provokatsion kelishuvni taqdim etishiga asosiy sabab Xalifalikning qulashi, qolaversa, Islom Ummatining bo‘linishi va anavi rejimlarning xiyonati va til biriktiruvi ekanini ta’kidladi.

Tramp kelishuviga qarshi qanday kurashish haqida bunday dedi:

«Kelishuvga norozi bo‘lish Ummat aqidasi va shariatidan kelib chiqishi kerak. Bu esa, ikki davlat echimini ham, bitta davlat echimini ham, taklif qilinayotgan barcha tinchlik echimlarini ham inkor etishni hamda shariatni mahkam ushlab, Falastin masalasini birlashtirishni, ya’ni, uni to‘la ozod etib, Islom Ummat bag‘riga qaytarmoqni talab qiladi».

Ustoz ayni masalani shunday badbo‘y botqoqqa olib kelgan kimsalar (hukmdorlar va Falastin rejimi)dan qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa urish zarurligini ta’kidladi va xalqaro adolatsiz qonunlarga ishonishdan ogohlantirdi. Chunki bosqinchi yahudiy vujudining mana shu qonunlar bag‘rida etishib chiqqanini bildirdi.

Falastin masalasini qanday hal qilishga kelsak, ustozning ta’kidlashicha, ayni masalani jangchi guruhlar, millatchilar va vatanparvarlar orqali hal qilib bo‘lmaydi, balki uni avvaliga qaytarish, ya’ni, butun Ummat masalasiga aylantirish bilan hamda ushbu yurt tuprog‘ini to‘la ozod etish javobgarligini Islomiy Ummat armiyalari zimmasiga yuklash bilan amalga oshadi.

So‘zining nihoyasida ustoz «Tramp kelishuvi g‘irt yolg‘on. Rosulullohning bosqinchi yahudiylarning albatta zavol topajagi haqidagi va’dasigina rostdir. Musulmonlar u kun qachon bo‘ladi, deydilar, shoyadki u yaqindir», dedi.

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.