Dog’istonda Hizb ut-Tahrirning 52 a’zosini qo’lga olishdi

451
0

01 (1)

Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirligining sayti 10 dekabr kuni tarqatgan xabarga ko’ra, Dog’istonda Hizb ut-Tahrir tashkilotiga a’zolikda gumonlanib 52 kishi qo’lga olingan.

Xabarda aytilishicha, tashkilot faoliyatini yo’q qilish bo’yicha maxsus amaliyot 9 dekabr kuni o’tkazilgan. Politsiya xodimlari bir vaqtning o’zida 47ta manzil bo’yicha etib borishgan. Tintuv davomida ikkita granata, elektroshokerlar va ko’p miqdorda ekstremistik adabiyotlar topilgan. Bundan tashqari, Maxachkaladagi tashkilotni ehtimoliy etakchisidan, qo’lda yasalgan portlovchi moslamaga o’xshagan buyum topilgan.

Tashkilot etakchilaridan deb hisoblangan uch nafari hibsda ushlab qolindi. Qolgan gumondorlarga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qo’lga olinganlardan biri Qirg’iziston fuqarosi bo’lgan Kozimjon Sheraliev Hizb ut-Tahrirning xalqaro amiri deb hisoblanmoqda. Xozir bu ma’lumot ham tekshirilmoqda.

Turkiston:

Islom va musulmonlarga qarshi kurashini kundan kunga kuchaytirib borayotgan Rossiya hukumati bu kurashda ham o’z tabiatiga mos ravishda “ayiqcha siyosat” olib bormoqda.

Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, uning mabdasi Islomdir. Siyosat uning ishi, Islom mabdaidir. U Ummat orasida va Ummat bilan birgalikda payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini tiklash hamda Rosululloh sallallohu alayhi va sallam yurgan tariqat orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib boradi. U hayot muammolariga Islom echimlarini berish bilan odamlar ishlarini boshqaradi, fikriy va siyosiy kurash orqali hokimlarni o’zgartiradi. Hizb ut-Tahrir 60 yildan beri ko’plab islomiy yurtlarda faoliyat olib boradi, to’g’ri so’z va hujjatga hujjat bilan qarshi chiqish orqali Alloh Subhanahu va Taologa da’vat qiladi, kuch ishlatish bilan moddiy yo’lga o’tmaydi, uning birorta ham harbiy bo’linmasi yo’q va buning aksini isbotlagan birorta ham hodisa bo’lmagan.

Faqatgina xudosiz kommunistlar tarbiyasini olgan va badbaxt Karimovga o’xshagan nodon rahbarlargina Hizbga moddiy ishni yopishtirishlikka behuda harakat qilib kelmoqdalar. Sobiq KGB (davlat xavfsizlik qo’mitasi) podpolkovnigi bo’lgan Putin ham bundan mustasno emas albatta.

Putin rus jamiyati ichida Islom diniga e’tiqod qilayotganlar ko’payib ketayotganini ko’rgach, buni oldini olishga qattiq harakat qila boshladi. Bu maqsadda Putin Rossiyada Islom bilan bog’liq barcha narsani ta’qiqlashga va musulmonlar qalbiga qo’rquv solishga bel bog’ladi . Novorossiysk shahar sudi Qur’on tarjimasini ekstremistik material deb atadi, kuch organlari tomonidan Hizb a’zosi Abdulloh Gappaev o’ldirildi, maktablarda hijob kiyish ta’qiqlandi, Allohning uyi –“Al-Ihlos” masjidi vayron qilindi hamda uning imomi Rustam Safin ozodlikdan mahrum qilindi. Mana shunday jirkan va tuban yo’llar orqali Putin Islomni jamiyatga yoyilishiga chek qo’ymoqchi bo’lyapti.

Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Ansoriy Badriydan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar hayo qilmasang, xohlagan ishingni qil” (Imom Buxoriy).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.