Hukumat valyuta savdosi va pul o’tkazmalari nazoratini kuchaytirmoqda

507
0

000

25 noyabrdan boshlab O’zbekistonda “Tijorat banklarida jinoiy yo’llar bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalash bo’yicha ichki nazorat qoidasi” kuchga kirdi. Qoida Markaziy bank boshqaruvi va Bosh prokuratura qoshidagi soliq, valyuta va jinoiy daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurash departamenti qarorlari bilan yangilandi.

Jumladan, bir martalik operatsiyalar qoidalari o’zgargan bo’lib, bunday vaqtda bank mijozni tekshirishi zarur bo’ladi. Endilikda horijiy valyutani eng kam ish haqini yuz barobariga (avval 1000 barobar) teng yoki oshiqcha bo’lgan miqdorda sotmoqchi yoki eng kam ish haqini 25 barobari (avval 100 barobar) miqdoridagi naqd valyutani almashtirish yoki maydalamoqchi bo’lgan shaxslar tekshiruvdan o’tkaziladi.

Ayni vaqtda O’zbekistonda eng kam ish haqi 91 ming 530 so’mni tashkil etadi. Demak kimda kim rasmiy kurs bo’yicha 3269 dollar (qora bozor kursida 4179 $) sotmoqchi yoki 817 dollar (1044$) almashtirmoqchi bo’lsa tekshiriladi.

Xalqaro pul o’tkazmalariga nisbatan esa endilikda, tijorat banklariga mijozning ma’lumotlarisiz horijiy valyutada pul jo’natishi yoki qabul qilishi ta’qiqlanadi. Tijorat banklari manzili aniq bo’lmagan banklar va xalqaro pul o’tkazmalari tuzilmalaridan mijoz haqida eng kam miqdordagi ma’lumotni talab qilishga majburlar. Agar jo’natma eng kam ish haqini 25 barobariga etmagan miqdordagi mablag’ni tashkil etadigan bo’lsa, jo’natuvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va hisob raqami haqida xabar berishlari zarur bo’ladi. Agarda jo’natilgan mablag’ eng kam ish haqini 25 barobariga teng yoki undan ortiq miqdorda bo’lsa, jo’natuvchining pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi xujjatning seriyasi va raqami, yashash manzili yoki tug’ilgan yili qo’shib ko’rsatilishi shart.

O’zbekistonda yirik miqdorda pul jo’natish yoki qabul qilib olish, “shubhalilar” jumlasiga tushib qolishga olib keladi. Bu qoidaga ko’ra, eng kam ish haqini 500 barobari (avval 1000 barobar bo’lgan) miqdorida horijiy valyutada pul o’tkazish, sotish yoki sotib olish “shubhali” xisoblanadi.

Shuningdek, offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro’yxatdan o’tgan shaxslar bilan tuzilgan bitim natijasida O’zbekistondan jo’natilgan yoki shunday shaxslardan O’zbekistonga bir yo’la yoki 30 kun mobaynida ko’p marta kelgan mablag’lar ham eng kam ish haqini 500 barobaridan ortiq bo’lsa “shubhalilar” turkumiga tushib qolishiga olib kelishligi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.