Da’vatchilar qonini qanchalar to’kishmasin, ular da’vat yo’lidan bir lahza ham chekinishmaydi!!!

499
0

01

Payg’ambarlik minhoji asosidagi to’g’ri yo’lni tutuvchi ikkinchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir safida zolim Karimov rejimiga qarshi faoliyat olib borgan toshkentlik Salohiddinov Samariddin Sirojiddinovich 35 yoshida mustabid qamog’ida o’lgunga qadar qiynoqqa solindi.

Birodarimiz Samariddin (Alloh uni mag’firat qilsin) yoshligidan o’z matonati, xarakatchanligi va zehni o’tkirligi bilan maktab hamda Toshkentdagi Imom Al-Buxoriy nomli diniy institutdagi o’qishi mobaynida tengdoshlaridan ajralib turar edi. U maktabni oltin medalga, institutni esa qizil diplomga tugatgan edi. Karimov rejimining buzuqligini va O’zbekiston xalqi qanday qattiqqo’llik bilan boshqarilayotganini anglab etgani uchun Hizb ut-Tahrir siyosiy partiyasining g’oya va intilishlari bilan tanishgach Hizb safiga qo’shildi. O’zini to’laligicha islomiy turmish tarzini qayta tiklashga bag’ishladi, Alloh uchun bu yo’lda malomatchining malomatidan, zolimning zulmidan qo’rqmay xarakat qildi.

1999 yili Islomga dushman bo’lgan qonxo’r Karimov rejimi Samariddinni qo’lga oldi va 17 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uni “Jasliq” qamoqxonasidan Zarafshonda joylashgan Uya 64/48 qamoqxonasiga jo’natishdi. Nosog’lom aqldan kelib chiqadigan usullar bilan mahbuslarni qiynash va taxqirlash zolim qamoqxonasi nazoratchilari, jinoyatchi rejimning qullari uchun odat bo’lib qolgan. Ular birodarimizni o’z e’tiqodi, fikr va g’oyasidan qaytarishga xarakat qilishdi. Ammo o’zini Allohga bag’ishlagan sobitqadam inson qat’iyati oldida xarakatlari chilparchin bo’lgach, ularning yuragi kin-adovatga to’ldi hamda birodarimizni jismonan yo’q qilish xarakatiga tushib qolishdi va oxiri o’zlarining jirkanch maqsadlariga erishishdi.

2013 yil 21 oktyabr yarim kechasi shahidning muborak jasadini Shayxontoxur tumani maxsus bo’linmasi xodimlari va uchastka noziri bo’lgan militsioner olib kelishdi. Tanada shish va jarohat izlari yaqqol ko’rinib turar edi. Samariddinni oxirgi marta ko’rgan qarindoshlari va mahbuslar, u mutlaqo sog’ bo’lganligini va hech narsadan shikoyat qilmaganini ta’kidlashmoqda. Qarindoshlari Samariddinni jasadi yorib ko’rilgandagi ekspertiza natijalarini talab qilishdi. Ekspertizada yozilishicha, bosh suyagi singan, miya jarohatlangan va butun badandagi suyaklar sinib ketgan. O’z jinoyatlarini yashirish uchun zolim Karimovning xizmatkorlari Samariddinni bomdod namozi vaqtida ko’mishlikni talab qilishdi va jasadni o’zlari yuvib, qabr kavlashni taklif qilishdi. Qarindoshlari va yaqinlarini qamoq bilan qo’rqitib, janoza namoziga qarindoshlari va qo’shnilarini chaqirishga yo’l qo’ymay birodarimiz Samariddinni ko’mishdi.

Biz Qodir Allohdan bu birodarimizni xolis xarakatini O’zining dargohida qabul qilishini, Qiyomatda payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan bir safga qo’yishini so’rab qolamiz. Oila a’zolariga esa Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) Ummatidan mana shunday mard, haqiqiy mo’min yigitni tarbiyalab etishtirganlari uchun uning o’limidan g’amgin bo’lmaslikni va Alloh ularga sabru jamil ato etishini hamda Qiyomatda birodarimizning shafoatiga muyassar qilishini so’raymiz.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shahid o’z ahli baytidan etmish kishini shafoat qiladi”, – dedilar”.

Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

O’z navbatida biz zolim Karimovning xizatkorlari va jallodlariga shuni eslatamizki, Allohning yordami bilan tez kunda Xalifalik davlati barpo bo’ladi. Sizlarda o’ylab ko’rish, musulmonlarga azob berishni to’xtatish uchun imkoniyat bor. Aks holda, Xalifalik davlati barpo bo’lganidan so’ng na rahm-shavqat bo’ladi, na Islomni yoyilishiga dushmanlik qiluvchilarni qarshiliklari yordam bermaydi, qochib qutulishning payti bo’lmay qoladi. Qiyomatda esa sizlar amalga oshirgan jinoyatlar uchun Allohning qiladigan xisobi qattiq bo’ladi!

Alloh Taalo aytadi:

Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo’lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi – azobi alamli va qattiqdir” [11:102]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

26. 10. 2013 y.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.