NATO va Rossiya kelishib oldi

453
0

001

NATO bosh sekretari Anders Rasmussen Suriya masalasini harbiy yo’l bilan hal qilish mumkin emasligini va bu borada Rossiya bilan bir konferentsiya tashkil qilish mavzusida kelishib olganligini ma’lum qildi.

NATO Suriyada harbiy echim foyda bermasligini e’lon qilar ekan, ikki taraf orasida raketa himoya tizimi mavzusidagi kelishmovchilik hanuz davom etayotganini ham oshkor qildi.

NATO mudofa’a vazirlari sammitining ikkinchi kunida NATO-Rossiya majlisi bo’lib o’tdi. Suriya bosh mavzu qilib olingan bu sammitda O’rta Sharq mavzusi ham bahs qilindi. Suriya mavzusida har ikki taraf ham kelasi oy ichida xalqaro konferentsiya tashqil qilish xususida ham fikr ekanliklarini bildirishdi. Suriyada harbiy echim foyda bermasligini ta’kidlagan NATO bosh sekretari Anders Rasmussen, BMTning kimyoviy qurollarni yo’q qilish haqida chiqargan qarori amalga oshishi uchun Rossiya bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Rasmussen raketa himoya tizimlari mavzusida birgalikda harakat qilish borasida hanuz bir yo’l topa olmaganligini ochiqlar ekan bu masala uchun yanada ochiq mulohaza yuritilishi lozimligini urg’uladi

Turkiston:

To’g’ri, Suriya masalasini harbiy yo’l bilan xal qilib bo’lmaydi. Bu erda mafkuraviy kurash borayotganidan, kufr sistemasining, ichki maxalliy xalqdan tuzulgan quvvatlardan foydalanishdan o’zga choralari yo’q. Shuning uchun NATO, Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishga majbur.

AQSh bu safar ham musulmon inqilobchilarni himoyachisi pozitsiyasini tutgan edi. Lekin bu inqilob, u o’zi boshliq butun sistemaga qarshi yo’naltirib yuborildi. Ularga qarshi Quvaytda koalitsiyalik muxolifot tashkil qildi, xalq qabul qilmadi. Vaqtinchalik hukumat tuzdi, hech kim tan olmadi. So’ng Asadni go’yoki Rossiyaga bog’lab, quvvatlantirdi. U orqali musulmonlarga zulmni kuchaytirib, inqilobchilarni dunyo hamjamiyatiga, terroristlar deb tan oldirishga qattiq e’tibor qaratdi. Inqilobni Islom asosidan chalg’ita olmadi. Shunday qilib, Suriya ichida islomiy quvvatga qarshi Asad rejimidan o’zga quvvat qolmadi. AQSh Asad qo’li bilan inqilobchi musulmonlarga qarshi qattiq zulmlar uyushtirishda, yana Rossiyani guyo ularga bosh qilib ko’rsatishni maqsad qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.