O‘zbekiston prezidentining qaror loyihasi eng yirik korxonalardagi davlat ulushini ochiq tendersiz sotishga imkon beradi

447
0

O‘zbekiston prezidentining qarori loyihasi eng yirik korxonalardagi davlat ulushini ochiq tendersiz sotishga imkon beradi

26 fevralь kuni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquiy hujjatlar loyihalari muhokamaga qo‘yiladigan regulation.gov.uz saytida prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan hozirlangan loyiha “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” deb nomlanadi.

Hujjatga ko‘ra¸ unga ilova qilingan 1115 ta korxonadagi davlat ulushi 2025 yilga qadar xususiylashtiriladi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib¸ unga Bosh vazir¸ uning o‘rinbosarlari va prezident maslahatchilari kiritiladi.

Prezident qarori loyihasi Tender komissiyasiga¸ davlat ulushlarini “auktsion, tanlov, tender, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali, IPO,SPO va boshqa” mexanizmlar orqali xususiylashtirish vakolati berishni ko‘zda tutadi.

Qarorga davlat ulushi to‘liq ëki qisman sotiladigan korxonalar ro‘yxati ilova qilingan.

Bu ro‘yxatga kiritilgan Ucell¸ Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “Dori-Darmon”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”¸ “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” kabi mamlakatdagi monopolist maqomida qolaëtgan yirik korxonalardagi davlat ulushlari ham sotuvga qo‘yiladi.

26 fevralь kungi rasmiy xabarga ko‘ra¸ davlat ulushi xususiy qo‘lga sotiladigan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” O‘zbekistondagi eng yirik sanoat korxonasi sanaladi va mamlakatdagi jami sanoat mahsulotining 10 foizini va byudjet daromadining esa¸ 18 foizini ta’minlaydi.

Tahlil: Xususiylashtirish talabi G‘arb olami tomonidan O‘zbekistonga qo‘yilayotgan navbatdagi talablardan biri bo‘lib, Qirg‘iziston bu jarayonni bir necha o‘n yil avval amalga oshirgan. “Mulk erkinligi” demokratiya aqidasidan balqib chiqqan “qadriyat”lardan biri bo‘lib, kapitalizmga asoslangan xalqaro siyosat bundan – davlatlarni mustamlaka qilish quroli sifatida foydalanadi.

Xususiy mulk yirik kapital egalarini paydo qiladi va vaqt o‘tishi bilan ular mamlakat mulkiga egalik qila boshlashadi. Kapitalistlar asta-sekin manapolistlarga aylanib mamlakatdagi vaznlari bilan davlatga bosim o‘tkaza boshlashadi. Kapitalizm ana shu kapital egalarining to‘ymas ehtiyojlarini qondirish asosiga quriladi. Kapitalistlarning xoinligi va shaxsiy manfaatlari yo‘lida har qanday razilliklarga tayyor turishi, mustamlakachi davlatlarga o‘sha mamlakatni o‘ziga tobe’ qilishida juda qo‘l keladi.

O‘zbekiston rejimi o‘tish davrida, ya’ni rejimni demokratiyaga moslashtirish jarayonida kapitalistik boshqaruv sistemasiga Rossiya singari aligarxlar paydo qilish yo‘lidan boradi. Chunki O‘zbek rejimi o‘zidan tashqarida mustaqil kapitalistlar paydo bo‘lishiga yo‘l bera olmaydi. Chunki mulk egalari – mamlakatning bir qismiga egalik qilib, rejimni parchalanishiga yoki davlatni tashqi kuchlar oldida zaiflashishiga ya’ni inqilobiy muxolif fikr va harakat uchun yo‘l ochilishiga sababchi bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun strotegik obektlar, neft-gaz singari energetik tarmoqlar davlat nazorati ostida yoki etakchi guruh (aligarhlar) qo‘l ostiga o‘tadi. Shu yo‘l bilan rejim davlatni o‘z ta’siri ostida ushlab qolgan bo‘ladi. Mayda va strotegik ahamiyatsiz bo‘lgan obektlar xalq vakillariga sotilishi mumkin.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.