Hizbut Tahrirga qarshi va mustamlakachini qo’llab quvvatlovchi mashhur jurnalist

481
0

01

Hizbut Tahrirning Afg’onistondagi matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

Bugungi kunda Islom Ummati er yuzining barcha joylarida islomiy uyg’onish tomon tez sur’atda odimlab bormoqda. Ummat Hizbut Tahrirni va uning Islomiy Xalifalikni tiklash uchun da’vatni yoyishdagi tariqatini keng miqyosda qo’llab-quvvatlamoqda. Bu tariqat suyukli Payg’ambarimiz Muhammad A tariqatining aynan o’zidir.

Hizbut Tahrir taqiqlanganiga va Afg’onistondagi axborot vositalari unga qarshi turli uydirmalar to’qiyotganiga qaramay, uning ta’siri yurtning barcha tomonlardagi musulmonlar orasida boshqa har qanday hizbning ta’siridan ko’ra ko’proq kengaymoqda. Hizbning bunday keng ta’siri va Afg’onistonda erishgan kuchli tayanchi ayrim doiralar va unsurlarning hasad qilishiga, unga qarshi kek saqlashiga olib bordi. «Hizbut Tahrirga yuzaki bir nazar» nomli maqola bunga yorqin misoldir. Bu maqola Xo’ja Bashir Ahmad Ansoriy qalamiga mansub, uni kundalik «Mandijor» gazetasi bosib chiqardi. Hizbut Tahrir – Afg’oniston viloyati maqola o’z ichiga olgan tushunchalarni keskin qoralaydi va quyidagi nuqtalarga e’tiborni qaratadi:

1 – Maqolaning yozilish uslubi «janob Ansoriy Hizbut Tahrirga nisbatan gina va nafratga to’la bu maqolani yo josuslik agentliklaridan yoki ayrim g’arazgo’y tomonlardan yozib olgan yoki uni yozgani uchun ulardan pora olgan» degan ehtimolni quvvatlaydi. Chunki uning Hizb tushunchalarini atayin buzib izohlagani ko’rinib turibdi.

2 – Bashir Ansoriy bu maqolasida sharqshunoslar va mustamlakachilarning yo’lidan borib, Islomiy Xalifalikka hujum qilgan, u haqda: mustabid zolim boshqaruv nizomi va uning vaqti o’tib ketdi, degan. Buning muqobilida demokratiyani Islomiy Xalifalikdan afzal boshqaruv nizomi deb atagan. Shuning uchun u Afg’onistondagi musulmonlarga demokratiyani qattiq tavsiya etgan. Holbuki Afg’oniston 12 yildan buyon mustamlakachining yordamlari, qashshoqlik, korruptsiya, buzuqlik, ommaviy qirg’in, Islomga tajovuz qilish va bulardan boshqa bir qancha demokratiyaning achchiq mevalarini totib kelmoqda.

3 – Bashir Ansoriy sevimli Payg’ambarimiz A Alloh Subhanahu va Taoloning vahiysi bilan asos solgan boshqaruv nizomiga hujum qilgan. Buning muqobilida Jan Jak Russo, Monteske, Jon Lok kabi G’arbning kapitalist mufakkirlari asos solgan va rivojlantirgan boshqaruv nizomini qo’llab-quvvatlagan.

4 – Xo’ja Bashir xalifaning umrining oxirigacha boshqarishi haqida shubha uyg’otmoqchi bo’lgan. Vaholanki bunga sahobalar ijmosi dalolat qiladi. Sahobalar ijmosi esa Qur’on va Sunnatdan keyingi uchinchi dalil hisoblanadi. Biz uning Islom shariatiga qarshi bu jur’ati va adovatini qattiq qoralaymiz.

5 – U o’zining Islom fiqhini bilmasligiga qaramay, Hizbut Tahrirning Islomiy tushunchalarini masxaralagan. Vaholanki bu tushunchalarni tushunish uchun arab tilini, Qur’on ilmlarini, usuli fiqhni, hadis usulini va istinbot tariqatini etarli darajada tushunish lozim. Afsuski Ansoriy bulardan bebahradir.

6 – Xo’ja Ansoriy Hizbut Tahrirni amr ma’ruf va nahiy munkar, axloq, islomiy ta’limni o’stirish va xayriya ishlariga e’tibor qaratmaydi, deb ayblagan. To’g’rirog’i u o’zini bularni bilmaslikka olgan. Yoki u har kuni o’nlagan Hizbut Tahrir yigitlari amr ma’ruf, nahiy munkar qilgani uchun Islom yurtlarining barcha taraflarida zolim hokimlar tomonidan qamoqqa olinayotganini ko’rmayaptimi? Ulardan ko’pchiligi uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, ko’pchiligi shahid bo’lguncha azoblandi. Hizbut Tahrir a’zolari boshqalardan Alloh Subhanahu va Taoloning shar’iy ahkomlariga rioya qiladilar (vojib va mandublarni bajaradilar, harom va makruhdan, hatto ayrim muboh amallardan ham tiyiladilar). Biroq bu erda taqdiriy masala, ya’ni Xalifalikni tiklash masalasiga bevosita aloqasi bo’lmagan ayrim ahkomlar ham bor. Bular axloqqa chaqirish, xayriya ishlarini tashkil qilish va masjidlar qurish kabi jamiyatning asoslaridan bo’lmagan ishlardir, shuning uchun Hizb ular bilan shug’ullanishi mumkin emas. Bu ishlar baxtsizlikdan chiqish va uyg’onish sari qadam tashlashda Ummatga yordam bermaydi. Shuning uchun Hizb hizb sifatida bu ishlar bilan shug’ullanmaydi. Biroq bu – Hizbut Tahrir a’zolari shaxsiy turda axloqqa va fazilatli ishlarga e’tibor bermaydi, degani emas. Chunki bular Islom farz qilgan va buyurgan axloqlardir.

Va nihoyat biz kufr va johiliyat nizomini qo’llab-quvvatlovchilarni mustamlakachining, qonho’r hokimlarning va josuslik agentliklarining manfaati uchun qalamlarini ishlatmaslikka chaqiramiz hamda tavba qilib Alloh Taolodan mag’firat so’rashini va musulmon Afg’on xalqidan uzr so’rashini talab qilamiz.

«Halok bo’lguvchilar ochiq hujjat bilan halok bo’lishlari, tirik qolguvchilar ham ochiq hujjat bilan tirik qolishlari uchun» [Anfol 42]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.