Rossiya prezidenti Putin Falastin va musulmonlar dushmani bo‘lib, uni olqishlab kutib olish ulkan jinoyatdir

499
0

Rossiya prezidenti Putin Falastin va musulmonlar dushmani bo‘lib, uni olqishlab kutib olish ulkan jinoyatdir

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2020 yil 23 yanvar payshanba kuni muborak Falastin zaminiga kelishi kutilmoqda. Uning tashrifi bosib olingan Quddus shahrida har yili o‘tkaziladigan «Xolokost» tadbirlari doirasida bosqinchi yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlash bilan boshlanadi. Keyin Putin tashrifi so‘nggida Baytlahmga borib, Annajma ko‘chasida nutq so‘zlaydi va Falastin ma’muriyati rahbari Abbos bilan uchrashadi.

Putin Islom va musulmonlar dushmanidir. U musulmonlar sha’nini ko‘taradigan va mustamlakachilar ildizini quritadigan Xalifalik davlatining tiklanishidan G‘arbni doim ogohlantirib keldi. Shuning uchun u Suriya, Liviya va boshqa joylarda musulmonlarga qarshi jinoyatkorona rollarni bajarishga intildi. Putinning Checheniston va Rossiyadagi musulmonlarga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari uning nafrati qanchalik darajada kuchliligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari Rossiya prezidenti va hukumati yahudiy vujudiga va uning xavfsizligiga qayg‘urishini doim ochiq aytib, ta’kidlab keladi. Ular yahudiy vujudini 1948 yili birinchilardan bo‘lib e’tirof etishgan. Shuningdek, ular ushbu bosqinchi vujud uchoqlariga Suriyani bombalashlari uchun muhit yaratib berishmoqda. Putinning ushbu tashrifi Rossiya va yahudiy vujudi bir safda ekanining dalilidir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاءَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

«Ey mo‘minlar, yahudiy va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas» [Moida 51]

Alloh Taolo yuqoridagi oyatda mana shunday deb turgan bir paytda, Putinning shuncha jinoyatlaridan keyin ham uning tashrifini Falastin muammosini hal etadi, deb hisoblash siyosiy tentaklik emasmi?!

Falastin ma’muriyatining ushbu qonxo‘r qotilni kutib olishi siyosiy jinoyatdir. Chunki bu ma’muriyat Alloh va Rosulidan yuz o‘girib, Rossiyaning vahshiyona hujumi oqibatida Shomda hatto shu lahzada ham qoni to‘kilayotgan musulmonlar tuyg‘ulariga rioya qilmadi. Shuningdek, jinoyatchi «Putin»ning yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlayotgani va turli yordamlarni berayotganidan ogoh bo‘lmadi. Balki, Putin Falastin ahli bilan birga, degan da’vosi bilan odamlarni chalg‘itishga urindi… Haqiqat shuki, Putin Falastin ahli bilan emas, balki Rossiya va Islom dushmanlari foydasiga ishlayotgan Falastin ma’muriyati va uning xavfsizlik xizmati bilan birgadir. Ya’ni u ta’lim sohasida va qonun chiqarishda Islom dushmanlarining musulmonlarni aqidasi va dinidan ajratishga qaratilgan siyosatlarini amalga oshirayotgan, Rosululloh ﷺ Tamim Doriyga vaqf qilib bergan erni tortib olib, uni Islom va musulmonlarga dushman bo‘lgan rus cherkoviga mulk qilib bergan ma’muriyat bilan birgadir. Rossiyaning haqiqiy pozitsiyasi Falastin ma’muriyatini va uning xavfsizlik xizmatini qo‘llab-quvvatlashdir. U Falastin ma’muriyatining Islom dushmanlari loyihalarini amalga oshirishini istaydi. Bu loyihalar Falastin ahlini Islomdan va Islom hukmlaridan ajratishga qaratilgan. Shuningdek, Falastin ahli yahudiylarga bo‘ysunishga va Falastin masalasini tugatishga doir echimlarni qabul qilishlari uchun ularga bosim o‘tkazishini ham istaydi. Bundan maqsad yahudiy vujudining xavfsizlik va tinchlikdan bahramand bo‘lishidir.

Falastin ma’muriyati kecha seshanba kuni nazorat punktlarini o‘rnatib, yuzlagan kishilarni qamoqqa oldi. Jinoyatchi Putinning tashrifiga qarshi Hizb ut-Tahrir Ramallohda uyushtirmoqchi bo‘lgan tinch namoyishni oldini olishga xavfsizlik xizmati xodimlarini safarbar qildi. Bularning barchasi Falastin ma’muriyati Islom dushmanlariga xizmat qiluvchi quroldan boshqa narsa emasligini ta’kidlaydi. Alamli joyi shuki, Falastin ma’muriyatiga mansub kishilar musulmonlar farzandlaridir. Ular xo‘jayinlari ko‘rsatmalarini bajarish uchun o‘z birodarlarini va xalqi farzandlarini qanday repressiya qilishmoqda?! Yoki ular Dayton aytgan va ular bilan yahudiylarni xotirjam qilgan yangi falastinliklarmi?! Ular yahudiylarga va Islom dushmanlariga xizmat ko‘rsatish uchun o‘z xalqini repressiya qiladigan va Ummatiga tajovuz qiladigan yangi falastinliklarmi?! Biz ularga Alloh Taoloning ushbu kalomini aytamiz:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَخُونُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ وَتَخُونُوا أَمَانَاتِكُمْ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!» [Anfol 27]

Alloh va Uning Rosuliga xiyonat qiluvchilar yoni olinmaydi va ular himoya qilinmaydilar.

إِنَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ وَلَا تَكُنْ لِلْخَائِنِينَ خَصِيمًا * وَاسْتَغْفِرِ اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا * وَلَا تُجَادِلْ عَنِ الَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنْفُسَهُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَنْ كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا * يَسْتَخْفُونَ مِنَ النَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ اللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَى مِنَ الْقَوْلِ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطاً

«Albatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qur’onni) odamlar orasida Alloh qo‘rsatgan yo‘l bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya qilguvchi bo‘lmang. Allohdan mag‘firat qilishni so‘rang! Albatta Alloh mag‘firat qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir. Siz o‘zlariga xiyonat qiladigan (jinoyatkor) kimsalarning yonini olmang! Albatta Alloh xoin va jinoyatchi bo‘lgan kimsalarni sevmaydi. Ular (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan yashira olmaydilar. U O‘zi rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini xufyona tuzayotgan paytlarida ham ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchi bo‘lgan zotdir» [Niso 105-108]

Xotima sifatida aytamizki: Falastin ma’muriyati ushbu jinoyatlari bilan mustamlakachi lageri tomonida ekanini hamda Falastin ahli va musulmonlardan ajralganini isbotlamoqda. Shuningdek, u G‘arb loyihalariga xizmat qiluvchi qurol ekanini hamda mustamlakachi va bosqinchiga malayligini isbotlash uchun Falastin ahlini repressiya qilishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda. U sodir etayotgan ushbu jinoyatlar Falastin ahli tomonidan muhosaba qilinishi lozim… Alloh xohlasa Ummat yaqinda o‘z azizligi va Xalifaligini qayta tiklaydi hamda Putin, kufr etakchilari va malaylaridan qattiq o‘ch oladi.

الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَيَبْتَغُونَ عِنْدَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا

«Ular mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutadilar. Ular o‘sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir» [Niso 139]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.