Amerika Tolibon harakatiga qarshi qanday fitnalar uyushtirmoqda?

616
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Tolibon harakatiga qarshi qanday fitnalar uyushtirmoqda?

Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston viloyati matbuot bo‘limi raisi Ustoz Sayfulloh Mustanir qalamiga mansub

AQSh-Tolibon o‘rtasida kechayotgan tinchlik muzokaralari qisqa vaqt to‘xtab qolgandan so‘ng, AQSh davlat departamenti Tolibon harakati bilan qayta so‘zlashuvlar boshlanganini ma’lum qildi. AQShning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha maxsus vakili Tolibon bilan muzokaralarni rasmiy ravishda davom ettirish uchun Qatar poytaxti Davhaga jo‘nab ketdi. Bir necha oy oldin, aniqrog‘i, 2019 yil 8 sentyabrda Tramp o‘zining tvitterdagi sahifasida ayni muzokaraning vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilguniga qadar mazkur tinchlik muzokarasi ma’lum nuqtaga yaqinlashib qolgan edi.

Muzokaralar boshlangandan buyon, Tolibonga bosim qilish uchun so‘zlashuvlar to‘xtatib qo‘yilishi mumkin va ertami, kechmi muzokaralar yana qayta boshlanadi, degan mazmundagi mantiqiy tahlil bor edi… Aslida esa, Amerika Afg‘onistonda real tinchlik o‘rnatishga harakat qilayotgani yo‘q, balki Tolibon harakatiga qarshi turli fitnalarni rejalashtirmoqda.

Boshqa jihatdan, Amerika Afg‘onistonda nazoratni yo‘qotgan. Chunki Afg‘oniston urushida bu mustamlakachi davlat nafaqat Afg‘onistonda harbiy mag‘lubiyatga uchradi, balki ayni urush sababli xalqaro maydonda o‘z pozitsiyasini yo‘qotdi. Shuning uchun Amerika o‘z omadsizligini tinchlik muzokaralari orqali yopib, siyosiy manfaatlarini ta’minlab olmoqchi.

Quyidagi punktlarda Amerikaning Tolibonga qarshi til biriktirish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan uslublari bayon qilinadi:

1 – Amerika va butun G‘arb davlatlari turli shartnoma va kelishuvlarni makr va firibgarlik qilish uchun bir imkoniyat, deb hisoblashadi. Afg‘onistonliklar va barcha musulmonlar bo‘lsa, bu kelishuvlarni o‘zlari uchun yutuq, deb bilishyapti. Binobarin, Amerikaning niyati firibgarlik o‘yinini olib borish bo‘lsa, Tolibon esa, yarashish uchun haqiqiy kelishuv va imkoniyat to‘g‘risida fikrlayapti.

2 – Amerika diplomatiya sohasida uzoq yillik tajribaga va muzokaralar olib borishda katta mahoratga ega. Tolibon bo‘lsa buning aksi. Siyosiy muzokaralarda hech qanday tajribaga ega emas va bu sohada etarli ma’rifat ham kasb qilolmagan.

3 – Tolibondagi mavjud real qudrat harbiy va jangovar sohada. Chunki jangchilarining qalblarida Islom aqidasi mustahkam joylashgan bo‘lib, bu narsa amerikalik kuchlarga qarshi kurashlarida o‘z tasdig‘ini topgan. Demakki, Tolibonning u erdagi muvaffaqiyatining siri Amerikaga qarshi jihodidadir. Shu sababdan ularni aksar odam qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerika ham bu haqiqatni bilyapti va bilgani bois Tolibondagi jangovar qudratni zaiflashtirishga urinyapti. Chunki Amerika ayni maqsadini harbiy tarafdan bosim o‘tkazish bilan bajara olmagan. Bugun u o‘z maqsadlarini siyosiy vositalar orqali amalga oshirmoqchi. Shuning uchun qachon Tolibon Amerika bilan bitim imzolaydigan bo‘lsa, uning mashhurligi odamlar orasida hayratlanarli darajada pasayib ketadi, o‘z navbatida, bu jangovar qudratiga ham salbiy ta’sir qiladi.

4 – AQSh diplomatlari bitim tuzishda odatda so‘z o‘yini qilishadi, chunki bunda nopok maqsadlarni ko‘zlashgan. Bu maqsad, bitimda tushunarsiz qorong‘i so‘z va iboralar ishlatish va shu orqali matnni ularning kelajak manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda boshqacha tushunishga olib kelishdan iborat.

5 – Amerika kelishuv loyihasida o‘zining Afg‘onistondagi harbiy va razvedka ishiga yakun yasashini ta’kidlagan. Biroq amerikalik aksar harbiy rasmiylar, shu jumladan Tramp hatto tinchlik kelishuvi amalga oshgandan keyin ham o‘zlarining Afg‘onistondagi harbiy va razvedkalarining mavjudligini saqlab qolishlarini tinmay gapirib kelishmoqda. Ular Afg‘onistonda harbiy va razvedkalarining mavjudligini ta’minlay olsa, afg‘onlarning Tolibon harakatiga nisbatan ishonchlari yo‘qolishi mumkin. Amerikaliklar ayni ishonchsizlik orqali afg‘onlarda Amerikaning yurtda harbiy va razvedka jihatidan mavjudligini Tolibon zimdan tan olyapti, rozi bo‘lyapti, degan taassurot paydo qilishi, ularda Tolibonga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqarishi mumkin.

6 – Amerika kelishuvdagi asosiy mavzularga rozi bo‘ldi. Biroq yaqinda masala amaliy choralarni ko‘rishga taqalgan paytda esa, o‘sha rozi bo‘lgan mavzularni rad qiladi. Yoki ayni kelishuvdan voz kechishga olib boradigan til biriktiruvlarni o‘ylab topadi. Agar Amerika bir yil ichida kuchlarini olib chiqib ketishga va’da qilsa, shu va’daga asosan Tolibon bir yil ichida afg‘on erlaridan Amerika va uning ittifoqchilariga qarshi foydalana olmaydi. Shunga o‘xshash holatlarda Amerika Vashington yoki Nьyu-Yorkda biror portlash uyushtiradi va sal o‘tib, portlashning afg‘on erlarida rejalashtirilganini da’vo qiladi… binobarin, o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash uchun Afg‘onistonga kuchlarini yuborishi kerak bo‘ladi… Bu kabi holatlarda Amerika kelishuvni o‘z-o‘zidan buzadi.

7 – Amerika zudlik bilan Tolibon tomoni o‘t ochishni to‘xtatishi kerakligiga chaqiradi, tabiiyki, Tolibon o‘t ochishni to‘xtatgan paytda, Tolibon safida bo‘linish-ixtilof kelib chiqadi. Chunki uning safidagi turli guruhlarni birlashtirib turuvchi narsa, dushmanga, ya’ni, Amerikaga qarshi urushni to‘xtatmaslik va G‘arbga qarshi dushmanlik g‘oyasida qat’iy turishdir. Qachon mana shunday bo‘linish paydo bo‘lganda, Amerika darhol fursatdan foydalanib, Tolibon pozitsiyalariga kirib oladi va ularni boshqara boshlaydi.

8 – Tinchlik va kelishuvlar orqali Amerika Tolibondagi jang qilib g‘alaba qozonish mafkurasini yo‘q qilishga harakat qiladi. Chunki Tolibon, ayniqsa, uning harbiy kuchlari Amerikani mag‘lub qildik, urushda uning ustidan nusrat quchdik, deb hisoblashadi. Lekin tinchlik amaliyoti orqali Amerika Tolibonning ayni fikrini o‘zgartirishi va «hamma narsaga ham kuch orqali erishib bo‘lmaydi», degan fikrni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun Tolibonlar muzokara stoliga o‘tirishlari hamda qator shartlarga rozi bo‘lishi kerak bo‘lyapti.

9 – Amerika Tolibonni ba’zi shartlarni qabul qilishga undab, odamlarning ko‘z o‘ngida obro‘sizlantirish niyatida. Bunga misol, Tolibon amirlik va mo‘minlar amirligi tushunchalaridan ko‘z yumib turishi, inson huquqlari va xotin-qizlar huquqini e’tirof etishi kerak. Agar Tolibon ayni masalalar bo‘yicha «islomiy xarakter»dagi ba’zi cheklovlarni qo‘shgan taqdirda ham, Amerikaga ko‘rsatayotgan ulkan moslashuvchanlikni hamon namoyish qilaveradi.

10 –            Amerikaning niyati Tolibon bilan afg‘on bo‘lmagan mujohidlar o‘rtasida uzoq masofani, hatto dushmanlikni paydo qilish. Qachon Amerika afg‘on erlari o‘ziga qarshi foydalanilmayotganiga ishonch hosil qilsa, demak, bu afg‘on bo‘lmagan mujohidlarning Afg‘onistonda mavjud bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Buning oqibatida, Tolibon harakati Al-Qoida va boshqa qurolli jamoalar bilan aloqani uzishga majbur bo‘ladi, ularning Afg‘onistonda faoliyat qilishlari taqiqlanadi.

Shunday qilib, Amerika Tolibonni mag‘lub etish orqali o‘zining harbiy muvaffaqiyatsizligini oldini olishga qat’iy qaror qildi va bu tinchlik muzokaralarini olib borish orqali amalga oshadi. Toki Tolibon harakatidagilar o‘z maqsad va intilishlaridan voz kechishga majbur bo‘lsinlar… oxir oqibat, siyosiy maydonda mag‘lubiyatga uchrasinlar.

Amerikaning bu yo‘ldagi missiyasi o‘z samarasini berish arafasida. Shu bois, uning samara bermasligi uchun Tolibon barcha vositalardan foydalanib, Islom arqonini mahkam ushlamog‘i hamda yaqin vaqtda amalga oshajak so‘zlashuvlardan voz kechib, jangni to‘xtatmay davom etmog‘i kerak. Ana shunda Amerikani mag‘lub etishga va Afg‘onistonga qaytib kelmaydigan qilib quvib solishga muvaffaq bo‘ladi.

Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.