Boqura va G‘amr… Erni qayta qo‘lga kiritishmi yoki suverenitetni qo‘ldan boy berishmi?!

461
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Boqura va G‘amr… Erni qayta qo‘lga kiritishmi yoki suverenitetni qo‘ldan boy berishmi?!

Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Iordaniya bilan yahudiy vujudi o‘rtasida xoinona Vodiy-Araba shartnomasi imzolanganiga yigirma besh yil to‘ldi. Bir yil oldin, 2018 yil oktyabrda qirol Abdulloh II Boqura va G‘amr rayonlariga oid maxsus ilovani amaldan to‘xtatishga qaror qildi. Bu qaror Iordaniyaning bu ikki rayonni yahudiy vujudiga qayta ijaraga berishini bekor qiluvchi huquqiy protokolga muvofiq qabul qilindi. Shundan so‘ng Iordaniya haqiqatdan ham ikkala rayonni qo‘lga kiritib, suverenligini qayta tikladi. Qirol rayonlarni ziyorat qilib, «ozodlik» nutqini so‘zladi hamda vatanning har bir qarichini asrash haqida otashin gaplarni aytdi.

Xo‘sh, bu qanday voqea bo‘ldi va nimani anglatadi? Yahudiy vujudi ikki rayonni berib yuborish bilan qanday yutuqqa erishdi?

Boqura rayoni Iordaniya vodiysi shimolidagi Iordaniya daryosining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, maydoni 6000 donum¹ ni tashkil qiladi. Bu mintaqa 1948 yilgi fojia ortidan yahudiy vujudi nazoratiga o‘tgan edi. G‘amr rayoni esa, Iordaniya janubidagi Vodiy Araba shahri sharqida joylashgan bo‘lib, maydoni 4000 donumni tashkil qiladi. Bu mintaqa 1967 yilgi mag‘lubiyat ortidan yahudiylar nazoratiga o‘tgan. 1994 yilda imzolangan Vodiy Araba shartnomasi bilan yahudiylar bu ikki rayonni qaytadan qonuniy ravishda nazorat qila boshlashdi. Ikkala rayonga berilgan maxsus status orqali yahudiy dehqonlari shartnoma imzolanganidan boshlab 25 yil mobaynida bu erlardan to‘laqonli erkin foydalanib kelishdi va bu vaqt ichida Iordaniya tomonidan hech qanday cheklov qo‘yilmadi. Shu kunlarda muddat tugadi va ikkala rayon ham Iordaniyaga qaytarildi, hech qanday to‘sqinlik qilinmadi hamda bu yahudiylarning bosib olingan erlarga oid shartnomalarni tatbiq qilishni kechiktirish odatlariga ham teskari ravishda amalga oshdi.

Darhaqiqat, ayni jumboqli vaziyatni yahudiylar bosh vaziri Netanьyaxu o‘zining bayonoti bilan izohlab qo‘ydi. Vodiy Araba shartnomasi imzolanishining 25 yilligi munosabati bilan Knessetda qilgan murojaatida bunday dedi: «Biz uchun aniq manfaat, Iordaniya bilan bo‘lgan tinchlik shartnomamizdir. U bizning eng uzun chegaramiz bo‘ylab joylashgan va O‘rta er dengizining eng uzun masofasini tashkil qilgan mamlakatdir. Iordaniyadagi barqarorlik, xuddi Misr kabi ahamiyatlidir. Bu ikki mamlakat tinchlik shartnomalariga imzo chekkan bo‘lib, bu shartnomalarning davomati biz uchun aniq manfaatdir. Bizda har qanday islomiy tomonning bu ikki davlatni egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun etarli kuch bor, buning tafsilotiga kirishishimga hojat yo‘q».

Demak, Netanьyaxuga ko‘ra, masala ikkita rayonni Iordaniyaga topshirib yuborishdan ko‘ra bir muncha muhimroqdir. Ya’ni, Misr va Iordaniya rejimlarini ehtiyot qilish masalasidir. Bu yahudiy vujudi xususan, Iordaniyaning islomchilar qo‘liga tushib qolishidan qo‘rqyapti… Shu bois, bu vujud bu ikki mamlakat rejimlarini himoya qilishga tayyorligini bildiryapti. Bu esa, boshqa har qanday manfaatdan muhimroqdir. Chunki Netanьyaxu bu ikki mamlakat bilan tinchlik shartnomasini to‘xtatmay davom ettirishning ne chog‘lik muhimligini anglayapti, hatto bu ikkisidagi rejimlarning xalqchilligi yo‘q bo‘lsa ham.

Netanьyaxu mana shu Vodiy Araba shartnomasi sababli Iordaniya bilan turli aloqalar o‘rnatilganini sanab o‘tarkan, ularni xavfsizlik, razvedka, suv va savdo kabi strategik munosabatlar, deya baholadi. U jumladan bunday dedi: «Biz Iordaniya qiroliga yashirin yo‘llar bilan yordam berib kelyapmiz. Buni tafsilotiga kirishish lozim, deb hisoblamayman. Chunki bu bizning xavfsizligimiz uchun muhim omildir». Yahudiylarning xavfsizlik xizmatiga qarashli «EdyCohen» axborot agentligi Netanьyaxuning so‘zlarini nashr qildi. Netanьyaxu qisqa va aniq so‘zlar bilan bunday dedi. «Bu ishlardan qirol Abdullohning obro‘sini yaxshi qilib ko‘rsatish ko‘zlangan bo‘lib, bunga ikkala davlat ham kelishib olishdi. Chunki qirol Quddusni fath qilgan va Salohiddin kabi Falastinni ozod etgan bo‘lib ko‘rinsa ham, bizga buning zarari yo‘q. Chunki Iordaniyadagi ishlarni izga tushirib olish hamda portlash arafasida turgan beqarorlikni barqarorlashtirish, norozilik namoyishlarini to‘xtatish maqsadida biz qirol bilan mana shu o‘yinni boshladik. Bizning barcha sohada Iordaniya bilan bo‘lgan manfaatimiz, juda muhim. Iordaniya hozir havas qilib bo‘lmas ahvolda. Shuning uchun ham unga muddat tugaganidan so‘ng ikkala rayonni qaytarib berdik. Buning evaziga biz Iordaniyani oldik. Iordaniya mamlakati bilan bizning o‘rtamizdagi aloqalar aql bovar qilmas darajada muhimdir».

Mana, Boqura bilan G‘amr rayonlarini Iordaniyaga qaytarish ortidagi asl sabab. U ham bo‘lsa, Iordaniya mamlakatiga ega chiqish va uning kelajagini yahudiy vujudi kelajagi bilan mustahkam bog‘lashdir. O‘n minglab donum erni nazorat qilish-qilmaslikning o‘zi muhim emas.

Darvoqe, Britaniya Iordaniya, degan bu vujudni yahudiy vujudining xavfsizlik qo‘riqchisi va mavjud bo‘lib turishini kafili qilib yaratgan. Umuman, G‘arbning Iordaniyaga nisbatan qarashlari, yahudiy vujudiga nisbatan qarashlaridan farq qilmaydi, xuddi egizaklar kabi, bunisiga yordam bersa, unisini ham yordamsiz qo‘ymaydi. Bu ikki davlat barcha nozik masalalarda, asosan, xavfsizlik masalasida kelishgan holda ish qilishadi. Xususan, bu masalalar ikkalasining ham mavjudliklarini ta’minlaydi.

Muxtasar qilib aytganda, masala Falastinda yahudiy vujudining mavjud bo‘lib turishi hamda Iordaniyaning mavjudligini ta’minlash orqali yahudiy vujudini saqlab turish mumkinligi masalasidir. Ikkalasi o‘rtasidagi da’vo qilingan tinchlikning, o‘ziga xos ta’siri va vaqt-muddati bor. Shuning uchun ikkala davlat ham o‘rtalaridagi uzviy aloqalarni to‘xtatmaslik yo‘lida ayni omillarga amal qilishni to‘g‘ri, deb hisoblashadi. Boqura bilan G‘amrni berish ayni aloqani tasdiqi sifatida hamda yaqinda bo‘lib o‘tgan silkinish ortidan Iordaniyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun amalga oshirildi. Bu silkinishga Amerikaning bosimlari, ya’ni, Saudiyaga Iordaniyadan yordamlarni uzib qo‘yishni buyurishi sabab bo‘ldi. Shu bois, yahudiy vujudi Iordaniyadagi vaziyatning buzilishi sababli o‘z kelajagidan xavotirga tushib qoldi va ayni vaziyatni yumshatish va Iordaniya rejimiga nisbatan qayta ishonch paydo qilish maqsadida qo‘lidan kelganini qilib, ikki rayonni unga qaytarib berdi… Natijada, jamoatchilikda mamlakat ham, qirol ham yaxshi siyosiy holatda, degan fikr yuzaga keldi.

Aslida esa, erni ozod qilish na muzokaralar bilan amalga oshadi va na bitimlar bilan. Chunki urush boshlash va jang qilish dunyodagi bosib olingan har qanday erni ozod etishning yagona yo‘lidir. Erni qaytarib olishdan oldin, haybat va suverenitetni qaytarib olmoq lozim. Bu ikkisini qaytarmoq esa, Ummatning o‘z qudratisiz aslo imkonsiz va bu xalqaro shartnomalar bilan bo‘lmaydi. Ummatning o‘z qudrati Iordaniya va boshqa musulmon yurtlaridagi insonlar e’tiqod qilgan sistemaning, ya’ni, Islomning qudratiga tayanadi va shunday bo‘lishi shart. Faqat Islom bilan suverenitet, haybat va erni qaytarib olish mumkin. Biroq buning uchun Islom amalda bo‘lmog‘i darkor hamda uning amalda bo‘lmog‘i uchun davlat va hokimiyat kerak. Shuning uchun albatta Islom davlati, Payg‘ambarlik minhojiga asoslangan Xalifalik kerak. Ushbu Xalifalik davlatigina o‘zining quyidagi vazifalarini ado etadi: u Islom da’vatini butun olamga etkazib, haqni ro‘yobga chiqaradi, mazlumlarga adolat qilib, yurt va fuqaroni zolimlar va adovatchilar iflosligidan ozod etadi hamda mustamlakachilar payini qirqib, musulmon yurtlaridan supurib tashlaydi.

¹ Donum – 910 m² ga teng maydon o‘lchovi

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.