Livandagi norozilik harakati hamda Amerika

467
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livandagi norozilik harakati hamda Amerika

Ustoz Abdulatif Douq. Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi raisi o‘rinbosari

Livan rejimi islohotlar o‘tkazish da’vosi bilan avval odamlar ishonchini qayta qozonishga va namoyishchilarni uylariga qaytarishga urindi, ammo bunga muvaffaq bo‘lolmadi. So‘ng hukumat iste’fo berdi… Keyin, hukumat tarafdorlari namoyishini uyushtirib, namoyish o‘rniga namoyish yaratmoqchi bo‘lishdi… Mana shunday omadsizliklardan so‘ng Livan ishidan manfaatdor mustamlakachi davlatlar faoliyati namoyon bo‘ldi. Masalan, Frantsiya Livanga o‘zining tashqi ishlar bo‘yicha davlat departamentining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika masalalari bo‘yicha vakili Kristof Farnoni jo‘natdi. Farno o‘z qonuniyligini yo‘qotgan hokimiyat arkonlari bilan uchrashdi.

Keyin Frantsiya delegati Farno bilan AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Shenker hamda Britaniya tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika masalalari bo‘yicha direktori Stefani Kak o‘rtasida Parij uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Parij uchrashuvidan quyidagilar oshkor bo‘ldi: Frantsiya Livanda muammolarni birgalikda hal qilish mumkin bo‘lgan va livanliklar ishonchini qozongan bir hukumat bo‘lishini istaydi hamda siyosiy mutaxassislar bilan payvandlangan hukumatni, ya’ni, texnik-siyosiy hukumatni afzal ko‘radi. AQSh bilan Britaniya pozitsiyasi esa, Livanning moliyaviy qulashini oldini olish va hokimiyatni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun Xalqaro Valyuta Fondi bilan Jahon Bankini kiritish yo‘llarini muhokama qilishni istashadi.

22 noyabr mustaqillik, deyishayotgan xotira kunida AQSh prezidenti Donolьd Tramp Livan respublikasi prezidenti Mishel Aunga tabrik telegrammasi yubordi va «AQSh Livanning barqaror, gullab-yashnagan, mustaqil va xavfsiz yurt qurish ehtiyojlariga javob beradigan yangi Livan hukumati bilan ishlashga tayyor» ekanligini bildirdi. Bu esa, yurt ahlining butun siyosiy rahbariyatga ishonchi yo‘qolganiga qaramay, AQShning hamon Aun tomonida turganiga dalolat qiladi.

Biroq AQShning Livandagi sobiq elchisi Jeffri D. Feltmanning nutqi diqqatni jalb qildi. U AQSh Vakillar palatasining tashqi ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga qarashli Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va xalqaro terrorizm bilan shug‘ullanuvchi komissiya oldida qilgan ayni nutqida ikki muhim masalani ko‘tardi:

Birinchi, Livandagi Eron Hizbi qurollari bilan bog‘liq masalada bunday dedi: «Vashingtondagi ba’zilarda – hozir Livan qurolli kuchlari bu partiyaga (Eron Hizbiga) qarshi jadal ravishda kurashib, uni kuch bilan qurolsizlantirishga tayyormi, degan tabiiy savol tug‘ilmoqda. Bu savollar shunday fuqarolar urushini ifodalashi mumkinki, bu urushda Eron va uning agentlari Al-Qoida tashkiloti tomonga o‘tishlari va fuqaroviy urush sharoitida kuchayishlari mumkin bo‘ladi». Feltmanning bu so‘zlari Eron Hizbining Amerika tomonidan qurolsizlantirilishi ehtimoldan uzoq ekaniga dalolat qilmoqda.

Ikkinchi, taklif etilgan echimlar xususida bunday dedi: «Bizning Livan ishiga aralashishimiz va moliyaviy iqtisodiy yordam jalb qilishimiz, livanliklarning qarorlariga, jumladan, kelasi hukumat va uning siyosatiga bog‘liq. To‘g‘ri, biz Livan tarafida turishga tayyormiz, biroq buning uchun haqiqatan ham livanliklar oldinga siljishlari kerak. Qachon Livan hukumati boshqaruv va javobgarlik masalasini hal qilsagina xalqaro hamjamiyat buni qabul qilishi mumkin. Ammo hukumat yana avvalgi ahvoliga qaytadigan bo‘lsa, u holda, biz qulashni oldini olish uchun yordam jalb qila olmaymiz». Bu erda Feltman AQSh pozitsiyasini, ya’ni, amaldagi hokimiyatni qo‘llab-quvvatlashni yana bir bor ta’kidlamoqda. Shuningdek, Feltman hukumat sektorlarini xususiylashtirishi mavzusiga shama qilyapti. Chunki bu iste’foga chiqqan bosh vazir Sa’d Haririy e’lon qilgan va namoyishchilar yo‘qqa chiqargan islohotlar loyihasini ta’kidlamoqda.

Feltmanning bu so‘zlari ortidan namoyishdagi ayrim maydonlarda Amerika bayrog‘ini yoqish bilan ajnabiy aralashuvga rad javobi berildi, ba’zi namoyishchilar Feltman gapiga norozilik bildirib, bu gap Eron va uning Hizbi foydasiga xizmat qiladi, degan bo‘lishdi. Bu esa, faqat Feltmanning shaxsiga hujum qilishga olib keldi. Boshqa tomondan, Eron Avkardagi AQSh elchixonasi oldida namoyish uyushtirdi va Feltmanning Eron Hizbiga qarshi so‘zlaridan foydalanib, Livandagi namoyishlarni Amerikaning ishi qilib ko‘rsatishda urindi.

24 noyabrda Britaniya – o‘zi ma’lum qilganidek – hukumat tuzishni tezlashtirish uchun o‘zidan delegatsiya yuborishini e’lon qildi.

Livanda hamon siyosiy elita sansalorlik va qasddan kechiktirish siyosati olib bormoqda hamda bir-birini hukumat tuzishni kechiktirayotganlikda ayblab, malomat toshi otishyapti… Banklar moliyaviy echimlarni cheklash va dollar olishni qisqartirish to‘g‘risida qarorlar chiqarishyapti.

Qisqasi, Amerika – Livan sahnasining murakkabligi tufayli – namoyish harakatini diqqat bilan o‘rganmoqda: bu harakatga haqiqatdan ham u bilan bog‘liq ma’lum masalalar sabab bo‘ldimi yoki rejimning o‘nlab yillardan beri korruptsiyaga botganligimi yoxud namoyishga rejimning toifachilikka asoslanganligi va toifachilik nizomi o‘yinida ishtirok etishning mashaqqatliligi sabab bo‘ldimi. Zero, bu toifachilik tuzumini Amerikaning o‘zi tuzgan va o‘n besh yillik urushdan so‘ng unga Toif bitimi orqali o‘zgartish kiritgan.

Amerika – o‘z harakatlariga muvofiq – hanuz Livandagi tuzum va uning hozirgi rejimini ushlab turibdi. Livandagi parlamentda juda ko‘pchilik amerikaparast deputatlarni keltirib chiqargan saylov qonunini tiqishtirgan ham, so‘nggi parlament saylovlaridan bir oy oldin Sidr konferentsiyasi orqali Livandagi hozirgi rejimni qo‘llab-quvvatlayotgan ham Amerika bo‘ladi. Bu shunga dalolat qilmoqdaki, Livan rejimi arkonlariga qarshi kelib chiqqan ushbu norozilik namoyishlari oxir oqibat, Amerikaga ziyon etishiga olib keladi. Amerika ham, o‘z rejalari bo‘yicha ayni namoyishlarni o‘zi uchun dushman, deb hisoblayapti.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.