“Dinlararo muloqot” Islomdan emas
21-noyabrda Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat karorgohida “Islom va pravoslav – tinchlik dinlari” xalqaro konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada prezident Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etdi.
Prezident o‘z so‘zida davlat diniy muhitni nazorat qilish ishlarini jonlantirishini ta’kidladi. Uning aytishicha, davlat davlat-konfessiya hamkorligi uchun, har qanday konfessiyalarning tinch-totuv yashashlariga sharoit yaratadi.
Bunga qadar prezident Qirg‘iziston musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari Maksad Toktomushev va Qirg‘iziston rus pravoslav cherkovi eparxiyasining episkopi Daniilni qabul qilgan edi. Uchrashuvda jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, radikalizm va ekstremizmni oldini olish masalalari muhokama qilingan.
Bugungi kunda Qirg‘iziston dinlararo muloqotni rivojlantirish orqali G‘arb saqofati yoyilishiga targ‘ib qilmoqda. Chunki, kapitalistik tuzumning targ‘ibotchisi bo‘lgan G‘arb olami Islomni ham xristian dini kabi o‘zidan tuzum kelib chiqmaydigan din qilib ko‘rsatishga harakat qiladi. Mana shu loyiha doirasida teologiya (dinshunoslik) ilmini olayotgan talabalarga Islom dini bilan bir qatorda xristian va buddizm dinlari o‘qitilyapti, natijada ular ham shu fikrdagi mualimlarga aylanishmoqda. Islomning tariqatga taalluqli hukmlarini esa tarix sifatida yashirishmoqda. Mazkur loyiha olamiy bo‘lib bunda Saudiya karvonboshilik qilmoqda. Bunga qadar shaxzoda Muhammad bin Salmon Londonda Angliya cherkovi ruhoniysi bilan bo‘lgan uchrashuvida, milliy islohotlarning bir bo‘lagi sifatida dinlararo muloqotni kuchaytirishga va’da bergan edi.
Aslida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday ishlardan qaytarib, faqat Islomni mahkam ushlashga chaqirganlar. U zot Umar roziyallohu anhuning Tavrotning bir varog‘ini ushlab turganini ko‘rib qolganlarida g‘azablanib: “Buning o‘rniga oppoq, sof Kitobni keltirmadimmi?” – deganlar. Demak, biz ularga nisbatan faqat Shariat ruxsat bergan doiradagina muomila qilishimiz kerak.
Mumtaz Movaraunnaxriy