Qirg‘iziston O‘zbekistondan mahsulotlar olib kirishni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi

626
0

Qirg‘iziston O‘zbekistondan mahsulotlar olib kirishni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi

2019 yil boshidan buyon O‘zbekistondan olib kelingan mahsulotlar EOII fitosanitariya talablariga javob bermasligi bo‘yicha 365ta holat qayd etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Elgezit.

Qayd etilishicha, 10ta holatda mahsulot kasallikka chalingani aniqlangan.

«Aniqlanishicha, O‘zbekistondan olib kelingan anor zararlangan bo‘lgan. Mahsulotlar O‘zbekistonning fitosanitariya nazorati bo‘yicha organi guvohnomasi bilan birga kelgan. O‘shdagi laboratoriyada tekshiruvdan o‘tkazilganda, Grapholitha molesta Busck virusi aniqlandi. Ushbu holatdan keyin 35 tonna boshqa mevalar nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kiritilmadi», – deya ta’kidlab o‘tishgan Qishloq xo‘jaligi vazirligida.

Ta’kidlanishicha, EOII qoidalariga muvofiq, bunday hollarda mahsulotlarni olib kirishga taqiq joriy qilinishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonning tegishli idoralariga vaqtincha taqiq joriy etilishi to‘g‘risida ogohlantiruvchi xat yuborgani aytiladi.

Tahlil:  Qirg‘iziston Rossiyaning EOII orqali O‘zbekistonga qarshi quroliga aylanib boryapti! Qirg‘iz hokimiyati bosim ostida mamlakat va o‘z fuqorolari manfaatlariga zid qarorlarga rioya qilishga majbur bo‘lmoqda.

Shuningdek Rossiya O‘zbekistonni EOIIga kirishga majburlanyapti. Tojikiston tomondan strotegik beqarorlik paydo qilish maqsadida harbiy vahima paydo qilmoqchi bo‘layotgan bo‘lsa, EOIIning a’zosi bo‘lgan Qirg‘iziston va Qozog‘iston tomondan esa, unga iqtisodiy bosim o‘tkazmoqchi. Qozog‘iston-O‘zbekiston transportlariga tovar olib o‘tish yo‘lida sun’iy to‘siqlar paydo qiladi. Qirg‘iziston-Xitoy tovarlar tranzit o‘tuvida O‘zbekistonga to‘sqinchilik qilish bilan bir qatorda ho‘l mava, kiyim kechak va boshqa Qirg‘iziston fuqorolari uchun kerakli xo‘jalik tovarlariga cheklovlar qo‘yish bilan unga bosim bermoqchi bo‘ladi.

Rossiyaning manfaati yo‘lida Qirg‘iziston o‘z manffatiga zid yo‘nalishga majbur bo‘lyapti. Yuqoridagi cheklovlar hamda O‘zbekiston Rossiya shartlariga rozi bo‘lmasa kelajakda yana kutilayotgan keskinliklar Qirg‘iz davlati yoki fuqorolari manfaatiga zid va zararli oqibatlarga olib keladi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.