Tolibon harakatiga: jinoyatkor AQSh bilan muzokara qilish bu dunyo va oxiratdagi ochiq halokatdir
«Frans 24» veb-sayti (hijriy 1441 yil 11 muharram, milodiy 2019 yil 10 sentyabr seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Tolibon harakati Afonistonda AQSh kuchlariga qarshi jangni davom ettirish bilan tahdid qildi. Bu tahdid Donald Trampning isyonchilar bilan muzokara olib borish muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ma’lum qilishi va Tolibon o‘z zimmasiga olgan Qobul hujumidan so‘ng uni «o‘lik muzokara», deya atashi ortidan yangradi. Ma’lumki, o‘n sakkiz yildan beri bu yurtda mavjud bo‘lib turgan amerikalik kuchlarni olib chiqib ketish maqsadida Vashington taxminan bir yildan buyon Afonistondagi isyonchilar harakati bilan muzokara olib borishga kirishgan. Tramp Vashington yaqinidagi Kemp-Devid prezidentlik saroyida bevosita Tolibon rahbarlari bilan muzokara qilish orqali olib borilayotgan g‘oyat maxfiy rejani bekor qilgan».
Roya gazetasi sharhi:
Amerika bosqinchi davlat. U 2001 yil Afg‘onistonni bosib oldi va hamon bosib olib turibdi. Bu yurtni bosqinchilikdan ozod etishning faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa jihod qilish. Muzokara esa, biror erni ham ozod qilmaydi, biror dushmanni ham quvib chiqarmaydi. Faqat sharmandali va Alloh Subhanahu va Taoloning shariatiga zid shartlar bilan dushman chiqib ketishi mumkin, xolos. Bizning Tolibon harakatidagi aka-ukalarimizga aytar so‘zimiz: siz Amerikaga o‘n sakkiz yildan beri jang qildingiz
إِنْ تَكُونُوا تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ وَتَرْجُونَ مِنْ اللَّهِ مَا لاَ يَرْجُونَ
«Agar qiynalayotgan bo‘lsangizlar, ular ham sizlar qiynalganingizdek qiynalmoqdalar, sizlar Alloh tomonidan ular umid qilmagan narsani (ya’ni shahidlikni) umid qilmoqdasizlar-ku?!» [Niso 104]
Shuning uchun amerikaliklar ham kuchlarini o‘lib-tirilib bo‘lsa ham olib chiqib ketishga urinishyapti. Biroq mag‘lub va sharmandai-sharmisor ahvolda chiqib ketishni istashmayapti. Balki mag‘lubiyatlarini g‘alabaga, zaifliklarini kuchlilikka aylantirishmoqchi. Bas, shunday ekan, amerikaliklarning bunday qilishlariga imkon bermang. Unutmang, Amerika kirishgan urushida hech qachon yutgan emas, faqat ikkinchi jahon urushida yutuqqa erishgan, xolos. Ikkichi Jahon urushidan so‘ng esa, qilgan barcha urushlarida yutqazdi… Masalan, Vьetnam, Koreya, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Yaman, Liviya… kabi. Agar anavi xoin hukmdorlar bo‘lmaganida, unga yordam berishmaganida, bu yutqazishlari yaqqol namoyon bo‘lgan bo‘lardi. Lekin u dialog va manyovr qiluvchi davlat, jangovar mag‘lubiyati o‘rnini siyosiy kurashlaridagi yutuq bilan qoplayapti. Shuning uchun u bilan muzokara qilmang, aks holda, yutqazasiz, u yutadi va sizdan o‘n sakkiz yil ololmagan narsasini muzokaralar orqali qo‘lga kiritadi.
Roya gazetasining 2019 yil 25 sentyabr chorshanba kungi 253-sonidan