Atambayev: Tekebayev kabi siyosatchilar parlamentga juda lozim

471
0

Atambayev: Tekebayev kabi siyosatchilar parlamentga juda lozim

Sobiq prezident Almazbek Atambayev 16-iyul kuni Koy-Tashdagi dala hovlisida oʻz taravdorlari bilan uchrashuv chogʻida “Ata Meken” partiyasining turmada jazo muddatini oʻtayotgan rahbari Omurbek Tekebayevning ishini qayta koʻrib chiqilishiga izoh berdi. U jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, “Tekebayevning ishi boʻyicha ogʻir muammoga chidab berishi kerek”ligini takidlab oʻtdi. Bu haqida mahalliy axborot vositalari habar tarqatishdi.

•      – Faktlar sudda oʻz isbotini topgan. Biroq u jazosini allaqachon oʻtab boʻlgan. Men Tekebayevning jinoyati boʻyicha, ogʻir muammoga chidab berishim kerek edi. Chunki parlamentda Tekebayev kabi odamlar juda lozimligi koʻrinib turibdi. Ammo u Atamabevning davriga nisbatan Sooronbayning (Jeenbekovning – tahririt.) davrida koʻproq oʻtiradi,- dedi Atambayev. Manba “Azattыk radiosi”

Izoh:  Tekebayevning qamalishi – Atambayevning shaxsiy ambitsiyasi yoki manfaatidan kelib chiqqan mustaqil qarori emas edi. Balki bu oʻsha davr siyosiy voqeligining talabi edi. Yaʼni Tekebayevning qamalishi Atambayevning Putin tomonidan tasdiqlangan loyihasidan keyin amalga oshirilgan qaror boʻlgan edi. Mazkur loyihaga koʻra, Atambayev eski siyosiy doirani siyosiy maydondan chetlatib, oʻrniga yangi yetakchi guruhni siyosiy maydonga olib kelishni rejaashtirgan edi. Oʻzini siyosiy elita deb hisoblayotgan yangi yetakchi guruh, hozir ham oʻz oʻrnida yangi prezidentga siyosiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Tekebayev hozir ham hali pishib yetilmagan, yaʼni siyosiy doira ichida mustahkam oʻrnasha olmagan oʻsha yetakchi guruh olib borayotgan qalbaki siyosiy jarayonlar uchun katta muammolar paydo qilishi mumkin boʻlgan kuchli siyosatchilardan biridir. Demak u oʻzining “Ata meken” partiyasi bilan, kutilayotgan deputatlar saylovida jiddiy muammolar paydo qilishi mumkin. Shuning uchun Atambayev oʻzini sotib ketgan deputatlar uchun Tekebayevning kerakligini ayib, uni ularga ravo koʻryapti.

16 iyunda oʻtkazilishi kerak boʻlgan Tekebayevning sud jarayoni 21 avgustga kechiktirildi. Jeenbekov ham xuddi Atambayev singari kutilayotgan saylovda parlamentga oʻziga tobe siyosatchilarni olib kelishni maqsad qilyapti. U ham shu masalada oʻz loihasini Putin bilan maslahatlashib, tasdiqlatib keyin amalda ish yuritib boryapti. Tekebayev va boshqa bir qator aktiv siyosiy doira asoschilari boʻlgan eski siyosatchilarni yetakchi guruh tarkibiga kirishiga yoʻl bermayapti. Shuningdek u sud tizimini ham butunlay oʻz taʼsiri ostiga oldi. Demak hech narsa oʻzgargani yoʻq, oʻzgarmaydi ham.

Shuning uchun bu qalbaki siyosatchilar, bizda yangi umidlar paydo qilishga harakat qilib, bizni saylovga qatnashishga chaqirishadi. Oʻzlarini xalqparvar, vatanparvar va baʼzilari dindor qilib koʻrsatishga harakat qilishadi. Aniqki hech narsa oʻzgarmaydi. Shu paytgacha Atambayev tarafdori boʻlib kelgan guruh endi boshqa libos kiyib, Jeenbekov tarafdori sifatida namoyon boʻladi! Hech narsa oʻzgarmaydi….

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.