Qirgʻizistonda muftiyot juma xutbalarini Qirgʻiz va Rus tilidan boshqa tilda olib borilishiga chek qoʻydi

890
0

Qirgʻizistonda muftiyot juma xutbalarini Qirgʻiz va Rus tilidan boshqa tilda olib borilishiga chek qoʻydi

“Azattыk” radiosining xabariga koʻra, Qirgʻiziston muftiysi Maqsatbek Toqtomushev 6 fevral kuni juma xutbalarini faqat Qirgʻiz va Rus tilida tilida olib borilishi haqidagi qarorga qoʻl qoʻygan. 

Millatlararo keskinliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan yuqoridagi qonunni kimga keragi bor? Bu qonun nima uchun aynan shu vaqtda ijroga kiritilishi kerak boʻlib qoldi?! Milliy muammolarni paydo qilishda nega aynan diniy muhitdan foydalanishmoqchi?!

Bu qaror diniy, milliy yoki mamlakatda Qirgʻiz tilini rivojlantirishdan kelib chiqqan yoxud shunday maqsadlarga qaratilgan buyruq emas. Bu siyosiy taktika muftiyot vositasida milliy va diniy keskinlikni paydo qilishdan manfaatdor taraflar tomonidan olib borilayotgan buzuq loihadir! Muftiyot mamlakatga qarashli idora ekanligini va u oʻz xohshicha ish olib bora olmasligini hisobga olsak, bu loiha davlat organlari boshchiligida olib borilayotganiga amin boʻlamiz. Lekin Qirgʻizistonning hozirgi zaif siyosiy holatida bu keskinlikdan hokimiyatga nima foyda?

Daʼvat bu – odamlarning oʻz nafslariga nisbatan va oʻzaro bir birlariga nisbatan doimiy muomalalarini, shuningdek Allohga nisbatan aloqa (ibodat)larini Din bilan tartibga solish maqsadida olib boriladigan harakat va chora tadbirlardir. Hatto tarixda ham Xalifalik davlati oʻzi fath qilgan biror mamlakat yoki millatni arab tilida daʼvat olib borishga cheklagan emas! Demak bu qarorda islomiy manfaat yoʻq! Aksincha daʼvatga cheklov, toʻsiq va xavf xatar mavjud!

Baʼzi tahlilchilar bu buzuq loiha ortida Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston xavfsizlik xizmatlari turgani haqida fikr bildirishmoqda. Yaʼni Oʻzbekiston tomon, millatchilik tuygʻulari asosida shakllanib qolgan Qirgʻiziston yetakchi guruhi bilan til biriktirib, oʻzbekzabon diniy ulamolarni islomiy muhitdan mutlaq chetlatib yuborishmoqchi. Shunday savol tugʻiladi, hozirda Oʻzbekiston yoki Qirgʻizistonga milliy va diniy keskinlik kerakmi?

Yana boshqa tahlilchilar esa, bu diniy keskinlik Rossiya xavfsizlik xodimlari tomonidan boshqarib borilayotganini aytishmoqda. Ularga koʻra, Ruslar ham, Qirgʻizistondagi yetakchi guruhning milliy tuygʻularidan va vataniga nisbatan befarqliklaridan foydalanib, ularga yuqoridagi bemaʼni qarorni qabul qildirgan. Maqsadlari, mamlakatda musulmonlararo parokandalik paydo qilish bilan oʻzining xarbiy va siyosiy pozitsiyalarini mustahkamlab olishdir!

Biz tahlil qilmoqchi emasmiz. Har qaysi tahlil toʻgʻri boʻlganida ham yoki yana boshqa siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan boshqa maqsadlar boʻlsa ham, bu qaror qirgʻiziston musulmonlari va xalqi uchun foydasi yoʻq hamda xavfli bir harakat boʻldi. Yaʼni bu qaror millatchilik muhiti diniy muhit ustidan hukumron boʻlib olishi uchun yanada keng shart-sharoyat tuzib beradi. Millatlararo ittifoq faqat din bilan asta-sekin yana mustahkamlanib kelayotgan edi. Demak kimlargadir diniy birodarlik muhiti yoqmadi yoki bu uning buzuq maqsadlariga mos kelmayapti.

Toʻgʻri, mamlakat fuqorolari mamlakat tilida bemalol muloqot qila olishlari kerak. Lekin bu taʼlim muassasalaridan boshlanishi kerak! Yaʼni barcha millatlar uchun birdek oʻquv programmasi qabul qilinishi bilan boshlanishi kerak. Mamlakat oʻz fuqorolari uchun til oʻrganish imkoniyatlarini masjidda emas, taʼlim muassasalarida yaratib berishdan boshlashi kerak. Nega davlatga oid maktablar Qirgʻiz tiliga oʻtkazilmay turib, barcha fuqorolardan Qirgʻiz tili talab qilinyapti. Bu masalaning huquqiy tomoni!

Paygʻambarimiz SAV “kimda kim asabiyatga (millatchilik)ga chaqirsa, urushsa va oʻlsa, u bizdan emas” dedilar.

Ey Qirgʻiziston musulmonlari! Kufrning provokatsiyalariga aldanib, millatchilarga qoʻshilib, Allohning qahriga doxil boʻlib qolmaylik! Daʼvatni Qirgʻiz tilida olib borishda sharʼan hech qanday karohiyat yoʻq. Lekin daʼvat odamlarga yetib borishi kerak! Moʻʼminning yashashdan maqsadi daʼvat boʻlsa, biror til yoki millatni undan ustun qoʻyish durust emas! Alloh bir qavmga biror imkoniyat bergan boʻlsa va dinda faqih yoki martaba bergan boʻlsa, uni faqat dinimiz manfaati yoʻlida foydalanishi kerak! Kofirlar ichimizdan nizo chiqarish maqsadida daʼvatimizga putur yetkazishmoqchi. Birodarlar, biz Islom ummatimiz, demak tuygʻularimizni iymonimiz bilan jilovlab, kufr va millatchi toʻdalar manfaatlariga qarshi daʼvat olib boraylik! Muhosaba qilish farz, muftiyot va uning ustida turgan yetakchilarimizni amru maʼruf va nahiy munkar qilaylik! Kofirlar bir oʻq bilan ikki quyonni nishonga olishyapti. Birinchi tomondan milliy nizolar paydo qilish uchun qulay sharoit yaratib olishayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan oʻsha milliy nizoga diniy muhitni aralashtirib yuborish bilan islomiy iymoniy muhitni buzib, parokanda qilib yuborishmoqchi! Ogoh boʻlaylik va imkoniyatimiz boricha qarshilik koʻrsataylik, zora bu bilan Alloh oldida biz ulardan emasligimizni koʻrsatib qoʻysak!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.