10 mingdan ortiq tojik fuqarosi Rossiyada jazo oʻtamoqda

704
0

10 mingdan ortiq tojik fuqarosi Rossiyada jazo oʻtamoqda

Tojikistonning Rossiyadagi elichxonasining hisobotiga koʻra, ayni damda Rossiyada 10 mingdan ortiq Tojik fuqarosi qamoq jazosi oʻtamoqda.

Elchixona manbasi 26 yanvar kunioʻz hisobotida maʼlum qilishicha, shu kunlarda Rossiya boʻylab oʻnlab tojikistonliklarning terrorizm va ekstremizm aybi bilan sud jarayoni boʻlib oʻtgan.

“Terrorizm va ekstremizm boʻyicha qoʻlga olinganlarning soni aniq emas. Ammo oxirgi 2-3 yil ichida ushbu bandga taalluqli ketma ket jinoiy ish qoʻzgʻatilmoqda”, deyiladi hisobotda.

Rus hukumatining maʼlumoti koʻra, ayni zamonda Rossiya boʻylab bir mln atrofida tojikistonliklar kun kechirishmoqda. Bundan bir necha yil ilgari tojik muhojirlari narkotik savdosi (narkotrafik) aybi bilan sud zaliga chiqarilgan boʻlsa, 2013 yildan buyon Rossiya matbuotida boshqa mavzu tarqala boshlandi va eng koʻp qoʻlga olingan Tojik fuqarolari terrorizm va ekstremizm bilan ayblnayotgani aytilmoqda. Mahkum boʻlgan tojiklarning bir qismi Rossiyada jazo muddatini oʻtashayotgan boʻlsa, boshqa bir qismini Tojikistonga ekstraditsiya qilindi.

Inson huquqi himoyachilarining taʼkidla, Rus kuch strukturalari koʻpincha terrorizm aybi bilan qoʻlga olinganlarning yaqinlariga xabar bermaydi.Mahbuslarning eng koʻp qismi hatto advokat yollashga ham imkon topmaydi, sud jarayoni mutlaqo yopiq eshiklar ortida, yoki mahbusning yaqinlaridan ayri holatda boʻlib oʻtadi. Garchi Rossiya qonunchiligiga binoan sud ishlariga Elchixona vakillarining ishtiroki shart boʻlsa-da, biroq elchixona vakillari jinoiy ish toʻgʻrisida biror maʼlumotga ega boʻla olmaydi.

Soʻnggi yillarda Rossiyada yoʻla qoʻyilgan turli maxsus amaliyotlar natijasida Oʻrta Osiyo, shu jumladan Tojikistonning yuzlab fuqarolari qoʻlgan olingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.