Putin zamonaviy qurol yaroqari bilan maqtandi

819
0

Putin zamonaviy qurol yaroqari bilan maqtandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangi qurollari davlat armiyasi va dengiz kuchlarining salohiyatini sezilarli darajada oshirib, kuchlar muvozanati va global barqarorlikka hissa qoʻshishini bildirdi. Putinning bu soʻzlari Rossiya mudofaa vazirligining yigʻilishida yangradi. Putinga koʻra, bu holat militaristlarni (har bir masalani harbiy yoʻl bilan hal qilish tarafdorlarini) oʻylantirib qoʻyadi.

“Armiyaning yangi qurollari kelgusi 10 yil uchun Rossiyaniing xavfsizligini xatosiz va aniq holda taʼminlaydi. Kuchlar muvozanatini, yaʼni dunyoda barqarorlikni oshiradi. Yangi tizimlarimiz, umid qilamanki, militaristlar va agressiv soʻzlar ishlatadigan kishilarni oʻylashga mabur qiladi”, dedi Putin.

Putin Rossiyaning mudofaa qobiliyatlari va havfsizligini kuchaytirish hamda uni tashqi tahdidlardan himoya qilish asosiy vazifalardan biri ekanligini qayd etar ekan, buning ahamiyatini mamlakat siyosatchilari, hukumat amaldorlari, jamoatchilik va barcha fuqarolar yaxshi tushunishligini taʼkidladi.

“Global tenglikni taʼminlashda muhim rol oʻynagan bizning yadro guruhimiz sezilarli darajada mustahkamlandi”, dedi u.

Rossiya yadroviy arsenaldagi yangi qurol nisbatining 80 foiziga erishganligiga urgʻu bergan Putin yangi qitʼalararo ballistik raketa “Sarmat”ning sinovlari ham muvaffaqiyatli oʻtganligini maʼlum qildi.

“Dunyoda oʻxshashi boʻlmagan yangi qurollarni ishlab chiqishda jiddiy va yangi qadamlar tashlandi. Avangard raketa kompleksi qator-qator ishlab chiqarila boshlandi. Smartlar muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi”, dedi Rossiya prezidenti.

Putin shuningdek Kinjal gipertononli raketa tizimlarini sinov maqsadida ishlatila boshanganini va Peresvet lazerli tizimlari ham sinovdan oʻtkazilganligini ham taʼkidlab oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya armiyasi kelajakda raketa mudofaa tizimini uddasidan chiqadigan avangard kabi zamonaviy qurollar bilan jihozlangan boʻlishi kerak hamda mavjud xavf-xatarga muvofiq armiyani ham rivojlantirish zarurdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.