Ukrainada harbiy holat joriy etildi

548
0

Ukrainada harbiy holat joriy etildi

 Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududida harbiy holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini imzoladi. Ushbu hujjat davlat rahbari saytida eʼlon qilingan.

 Farmon 26-noyabrdan kuchga kirdi. Harbiy holat 2 oy muddatga – 2019 yilning 25 yanvarigacha kiritilmoqda

 Bugun ushbu hujjatga Oliy Rada deputatlari tomonidan ovoz beriladi.

 Ukraina konstitutsiyasiga koʻra, Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashi harbiy holat kiritish boʻyicha taklif beradi. Keyin uni prezident qoʻllab-quvvatlab, maxsus farmon chiqarishi kerak boʻladi. Shundan soʻng Ukraina parlamenti uni qabul qilishi mumkin.

 Bundan avvalroq Poroshenko mamlakatda harbiy holat joriy etilishi zudlik bilan safarbarlik amalga oshirilishini ham anglatmasligi haqida aytgandi.

 Ukraina prezidentining bu farmoni Kerchь boʻgʻozida sodir boʻlgan voqea bilan bogʻliq. 25 noyabrь kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining 3ta kemasini Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim suvlari hududiga kirgani uchun qoʻlga olgandi.

 Ayni vaqtda Ukraina armiyasi toʻliq jangovar shay holatga keltirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.