Abdusalom Azizov AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qildi

516
0

Abdusalom Azizov AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qildi

 8 noyabr kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov AQSh mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisining oʻrinbosari Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Kolin Jeksonga AQShning Oʻzbekistondagi muvaqqat ishlar boʻyicha vakili Alan Melьtser ham hamrohlik qildi.

 AQSh qurolli kuchlari delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad ikki mamlakat mudofaa idoralari oʻrtasida xalqaro harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

 Uchrashuv davomida Afgʻonistondagi vaziyatni oʻnglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish boʻyicha fikr almashildi

 “AQSh biz uchun ishonchli, uzoq yillar davomida sinalgan hamkor boʻlib, oʻrtamizdagi doʻstlik va oʻzaro munosabatlar doimiy ravishda oldinga qarab siljimoqda. Dunyodagi qudratli jangovar imkoniyatga ega mamlakat bilan mustahkam aloqa oʻrnatish, shubhasiz, bizning armiyamiz jangovar shayligini oshirishga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi”,- dedi uchrashuv davomida Abdusalom Azizov.

 Oʻzbekiston mudofaa vaziri bilan uchrashuvdan soʻng AQSh delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasida boʻldi.

 Mehmonlar akademiya binosida joylashgan AQSh mudofaa sohasiga oid mavzuviy mashgʻulot xonasi bilan ham tanishib, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

 Mazkur tashrif davomida Oq uy, Davlat departamenti va Pentagon rasmiylari bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida tomonlar mudofaa sohasida amaliy hamkorlik yoʻnalishini aniq belgilab olishlariga keng imkon yaratildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.