Tramp Rossiya, Xitoy va KXDR tahdidi sababli razvedka hamda josuslikka harajatlarni oshirdi

534
0

Tramp Rossiya, Xitoy va KXDR tahdidi sababli razvedka hamda josuslikka harajatlarni oshirdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp razvedka amaliyotlari, jumladan, Rossiya, KXDR va Xitoyga qarshi qaratilgan josuslik faoliyatini moliyalashtirish hajmini keskin oshirdi. Bu haqda Fox News telekanali AQSh Mudofaa vazirligi va Milliy razvedkasi tomonidan eʼlon qilingan hujjatlarga asosan xabar bermoqda.

 Byudjet oshirilishi Trampning axborot urushiga nisbatan “tajovuzkor yondashuvi”dan dalolat beradi. Pentagon aynan shundan kelib chiqib yangi kiberxavfsizlik strategiyasini taqdim etdi, AQSh Adliya vazirligi esa kiberxavfsizlik boʻyicha, jumladan, maʼlumot sizib chiqishining oldini olish uchun manzilli guruh tashkil qildi.

 Oʻtgan moliyaviy yil davomida AQSh fuqarolik va harbiy razvedka amaliyotlariga 81,5 milliard dollar sarfladi. Bu bir yil avvalgi koʻrsatkichga nisbatan 11,6%ga koʻp, deyiladi materialda. Ulardan 59,4 milliardi MRB, MXA va FQB boʻlinmalarini qamrab oluvchi Milliy razvedka dasturiga ajratilgan. Oʻtgan yilgi raqamlar bilan solishtirganda, byudjet 5 milliard dollarga koʻpaydi.

 Bularning bari AQSh sarmoyani koʻpaytirish orqali, oʻzining eng katta raqiblari bilan kiberurushga tayyorgarlik koʻrayotganini koʻrsatdi, deya taʼkidlanadi materialda.

 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida deyarli barchaning kulgisiga qolgan Tramp Xitoy josusligi rus xakerlari kabi jiddiy tahdidga ega ekanini aytgan va kelasi yili, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “buzib kirib boʻlmaydigan kiberxavfsizlik boʻlinmasi” tashkil etishni taklif qilgandi. Hozirgi harajatlar uning turli ehtimoliy tahdidlar boʻyicha eski tashvishlarini koʻrsatadi.

 Razvedka va josuslik faoliyatiga harajatlar Trampning ehtimoliy kibertahdidlar boʻyicha uzoq muddatli tashvishlarini aks ettiradi, deya qoʻshimcha qiladi Fox.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.