Erdoʻgʻan musulmonlarning nima sababdan yomon holatda ekanini aytdi

1058
0

Erdoʻgʻan musulmonlarning nima sababdan yomon holatda ekanini aytdi

Kuni kecha Turkiya prezidenti Erdoʻgʻan BMT sammitida ishtirok etish maqsadida AQShga borgan edi. Bugun AQShda Turkiya-Amerika milliy birdamlik jamiyati (TASC) tomonidan tashkil qilingan Nьyu-Yorkdagi anjumanda nutq soʻzladi.

Nutqi davomida koʻplab masalalar haqida soʻz yuritgan Erdoʻgʻan musulmonlarning bugungi holati haqida ham oʻz fikrini bildirib oʻtdi: “Soʻnggi yillarda sodir boʻlayotgan voqealar hammamiz uchun ibrat vazifasini bajarishi kerak. Musulmonlarning dunyodagi dolzarb masalalarga oz taʼsir oʻtkazayotganining asosiy sababi… Sal avvalroq Qurʼoni Karimdan oyatlar tilovat qilindi, tarjimalari oʻqildi. Afsuski musulmonlar Qurʼonning amrlariga boʻysunmayapti. Mana shuning uchun Islom olami zayiflashib ketdi. Boʻysunmagani uchun bu parokandalik bizni rasvo qilyapti. Robbimiz: “Hammangiz Allohning arqoniga mahkam bogʻlaninglar, Allohning Qurʼoniga bogʻlaninglar, boʻlinmanglar, tafriqaga tushmanglar” deb xitob qilmoqda. Davomida esa “Agar tushsangiz kuchingiz ketadi, zayiflashasizlar” deydi”.

Izoh:  Xayratlanarli joyi shundaki, Erdoʻgʻan qoʻlida katta kuchi boʻlaturib, juda koʻplab mintaqalardagi musulmonlar yordam soʻraganida yordam berish u yoqda tursin, ularga zulm qilayotganlar bilan hamkorlik qilib, ularni qatl qilayotganlar bilan til biriktirib, yana musulmonlarning Qurʼonga amal qilmagani bois mana shunday ahvolga tushib qolganini aytyapti. Xoʻsh Erdoʻgʻan Qurʼondagi ushbu oyatga boʻysunyaptimi:

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْر

“Agar (ular) sizlardan din xususida yordam soʻrasalar, ularga yordam berish sizning zimmangizdadir!”. (Anfol:72)

Turkiyadagi soʻnggi saylovlardan keyin davlat tizimidagi qonun chiqarish, ijroiya va sud organini, yaʼni davlatning barcha salohiyatini oʻz qoʻliga olganiga qaramay, oʻziga qarshi chiqayotganlarni xohlagan vaqtida qamoqqa olayotganiga qaramay, saylov oldi kampaniyalarda agar oʻziga ovoz berilsa koʻplab muammolarni bartaraf qilishini vaʼda berganiga qaramay, hozirgacha musulmonlarning manfaatiga biror foyda keltiradigan qonun chiqarmadi. Aksincha sport musobaqalariga pul tikish oʻyinlarini (qumorni) yana ham kengaytiradigan qonunni imzoladi. Biroq Erdoʻgʻan yana musulmonlarning Qurʼonga amal qilmayotganini aytyapti. Xoʻsh Erdoʻgʻan Qurʼondagi ushbu oyatga:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey moʻminlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (oʻynash), butlar (yaʼni ularga sigʻinish) va choʻplar (yaʼni choʻplar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan boʻlgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq boʻlingiz!” (Moida 90)

Erdoʻgʻan Misrga borganida jurnalistning “hozirgi arab olamidagi muammolarning sababi nimada? Bu muammolarga Islomni yechim deb bilasizmi?” degan savolga javoban: “men bu gapni avval ham aytgan edim. Men arab olamiga ilmoniylikni tavsiya qilaman” degan edi. Yana uyalmay musulmonlarning Qurʼonga amal qilmaganini aytyapti. Xoʻsh Erdoʻgʻan Qurʼondagi ushbu oyatga boʻysunyaptimi:

وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ… الظَّالِمُونَ… الْفَاسِقُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir… Zolimlardir… Fosiqlardir.” (Moida 44,45,47).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.