NATO: Biz Rossiyani izolyatsiya qilishga urinmayapmiz

469
0

NATO: Biz Rossiyani izolyatsiya qilishga urinmayapmiz

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO ittifoqi Rossiya bilan muloqot qilishni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, garchi NATO Rossiyaga qarshi kiber mudofaa tizimini mustahkamlayotan boʻlsada, lekin uni izolyatsiya qilishga harakat qilmayotgani yoʻq.

“Biz hech qachon Rossiyani izolyatsiya qilishga urinmadik. U bilan amaliy muloqot olib borishga ishonamiz va biz Rossiya bilan muloqot qilishni muhim deb bilamiz”, dedi Stoltenberg “Axios” axborot agentligiga bergan intervьyusida.

“Agar bu yerda xalqaro muammolarni qanday hal qilish boʻyicha turli fikrlarga ega boʻlgan mamlakatlar mavjud boʻlsa, bu NATO harakatlaridagi odatiy holdir”, deya qoʻshimcha qildi u.

Biroq Stoltenberg Rossiyadan elektron hujumlar sodir boʻlgan taqdirda NATO oʻz xartiyasining beshinchi moddasini qoʻllash mumkinligini eʼtibordan chetda qoldirmadi. Uning taʼkidlashicha, NATOning javobi avtomatik tarzda boʻlmaydi. Bu elektron hujumlar xarakteriga bogʻliqdir.

Stoltenberg intervyusi davomda bir necha yil avval, NATO jiddiy kiber hujumlarga uchrasa oʻz xartiyasining beshinchi moddasini qoʻllashga ruxsat beruvchi qaror qabul qilinganini eslatib oʻtdi.

“Bu faqat anʼanaviy qurol-aslaha hujumlariga xos emas, balki kiber hujumlarga ham taalluqlidir. Muhimi shuki, agar vaziyat talab qilsa, biz beshinchi moddani qoʻllash imkoniyatimiz borligini aniq maʼlum qildik. Bundan tashqari biz elektron mudofaa tizimini kuchaytirganmiz” dedi u.

NATO xartiyasining beshinchi moddasiga koʻra, uning aʼzolaridan biriga qilingan hujum butun ittifoqqa qarshi hujum sifatida koʻriladi. AQSh 2001 yil 11 sentyabr hodisalaridan soʻng Islom olamiga qarshi ushbu meʼyorni ishga solgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.