Allohga bergan axdiga sodiq birodarimiz vafot etdi

697
0

Cw14vFr7UqYQirg’izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi 2014 yil 11 sentyabr kuni og’ir judolikka duchor bo’ldi. Aynan shu kuni Qirg’izistonda Hizb ut-Tahrirni tashkil etilishida o’zining munosib hissasini qo’shgan birodarimiz Doniyorov Nosiriddin aka uzoq davom etgan kasallikdan so’ng, bu yorug’ olamni tark etdi.

Garchi biz birodarimizni o’lmidan qattiq qayg’uda bo’lsakda, Allohni rozi qiluvchi so’znigina aytamiz.

 إنا لله وإنا إليه راجعون

“Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz U Zotga qaytuvchimiz”

Doniyorov Nosiriddin aka 1959 yili Islomga muhabbati kuchli bo’lgan ilmli oilada tavallud topdi. Uning ota-bobolari hudosiz kommunistlar ta’qibidan qochib, O’sh viloyatining Qorasuv shahriga O’zbekistonning Farg’ona viloyati Quva tumanidan ko’chib kelishgan edi. Nosiriddin aka dunyoviy ilmlarni Qorasuv shahrida joylashgan Engels maktabida oldi. 1974 yili maktabni bitirgach, Mansurjon qori akadan dastlabki islomiy ilmlarni o’rganadi. Shundan so’ng, garchi Allohni borligini inkor qiluvchi kommunistlar ta’qib va tazyiqiga qaramay, uning otasi 1975 yili Marg’ilon shahriga olib borib, Abdulhakim qori (Qori dada)ga topshiradi. Nosiriddin aka Qori dadadan uch yil taxsil olgach, 1978 yili Qorasuv shahriga qaytib kelib, Allovuddin Mansurdan bir yil davomida ilm o’rganadi. 1980 yili Andijon shahriga borib, kommunistlar tomonidan shahid qilingan Rahmatulloh allomadan uch yil mobaynida islomiy ilmlarni o’rganadi. 1983 yili Qorasuv shahriga qaytib hujra tizimini keng rivoshlantirishga o’zining salmoqli xissasini qo’shdi va minglab shogirdlar chiqardi.

1987 yili Qirg’izistonda Hizb ut-Tahrirga asos solinib, birinchi jihoz shakllantirishda ulkan xizmat qiladi va 1992 yili o’zi xam avvalgilardan bo’lib Hizbga a’zo bo’ldi. Qirg’izistondagi Hizb a’zolarining deyarli barchasi uni o’ziga ustoz deb e’tibor qilishadi.

2009 yili insult (miyaga qon quyilish) kasaliga chalinib, erkin harakatlana olmay qolishiga qaramay bir daqiqaga ham Hizbiy faoliyatini to’xtatmadi. Umrining so’ngi kunigacha Hizbiy majburiyatlarini baholi qudrat bajarib, mahalliy jihozga bog’lanib faoliyat olib bordi.

Islom diniga bo’lgan muhabbati, barcha insonlarni Alloh tomonidan nozil qilingan hukmlar hayotga qayta tatbiq etilishini qattiq xohlaganligidan yurganda ham, turganda ham odamlarni Islomga da’vat qilar edi. O’zining sobit qadamligi, islomiy hayotni qayta boshlashga bo’lgan xarisligi sababli bir necha marotaba kuch organlari tomonidan vahimali suratda qamoqqa olingan va sudlangan edi. Xatto, kasal bo’lishiga, erkin harakatlana olmasligiga qaramay umrining so’ngi kunlarida ham tergovga chaqiruvlar davom etib keldi.

Nosiriddin aka garchi minglab shogirdlar chiqargan bo’lsada, xalq ichida o’zining kamtarligi, xolisligi, haqiqatparvarligi bilan tanilgan. Munkar ishni ko’rganda esa malomatchining malomatidan, zolimning zulmidan qo’rqmay xaqni gapiruvchi, keskin so’zli inson edi. Biz Qodir Allohdan Nosiriddin akamizni qilgan solih amallarini o’ziga yo’ldosh qilishini, tortgan dardini gunohlariga kafforat etishini hamda O’zining jannatlarida payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga qilishini so’rab qolamiz.

Birodarimizning ortida qolgan oila a’zolari, do’stu birodarlari va safdoshlariga sabru- bardosh, ajru-azim tilab, o’z hamdardligimizni izhor qilamiz.

 Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.